4 a gap bo'laklari Shahlo


Download 395.92 Kb.
Pdf ko'rish
bet24/35
Sana09.01.2022
Hajmi395.92 Kb.
#262969
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   35
Bog'liq
gap bolaklarini oqitishda innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanish

guruhlarda ishlash usulidan foydalanish yanada ijobiylik kasb etadi. O‘quvchilar 

4  yoki  5  guruhga  bo‘linishadi.  Har  bir  guruh  uchun  alohida  matn  tuzish 

topshiriladi. Matnlar turli mavzularda bo‘lishi mumkin: Vatan, ota-ona, farzandlik 

burchi,  yurt  sog‘inchi,  an`anaviy  qadriyatlar,  muqaddas  urf-odatlar  kabi.  Guruh 

a`zolari  matn  tuzib  bo‘lishgach,  ularning  matni  boshqa  guruh  a`zolari  tuzgan 

matnlar  bilan  almashtiriladi.  So`ngra  o‘quvchilar  tuzilgan  matndagi  gaplarda 

ishtirok  etgan  hollarni  aniqlaydilar,  ularning  ma`no  munosabatiga,  tuzilishi  ko‘ra 

turlarini  ajratadilar.  Guruh  a`zolaridan  biri  turib  bajarilgan  topshiriqni  taqdim 

qiladi.  Hol  mavzusini  ta`lim  texnologiyalari  asosida,  xususan,  guruhlarga  bo‘lib 

o‘rganish jarayonida o‘quvchilarning faolligi teng ta`minlanadi, mashg‘ulot qizg`in 

tusga kiradi, o‘quvchilar mustaqil ish yuritadilar  




 

 

36



Holning  ma`no  turlari  nihoyatda  qizg`in  bahs-munozaraga  boy  bo‘lgani  bois 

o‘qituvchi  uni  tarmoqlashga  asoslangan  “klaster”  metodi  orqali  kengroq 

tushuntirib berishi maqsadga muvofiq. Bunda o‘quvchilar bilan birgalikda holning 

ma`no turlari, so‘roqlari aniqlanib, kerakli o‘rinlar to‘ldirib boriladi: 

Mavzularni o‘zlashtirish jarayonida mumtoz adabiy matnlargamurojaat  qilish, 

o‘z  navbatida,  fanlararo  aloqadorlikning  bir  ko‘rinishi  bo‘lib,  o‘quvchilarning 

badiiy-estetik didini yuksaltirishga, asarning lingvopoetik tahlili to‘g‘risidagi bilim 

va  malakalarini  rivojlantirishga  munosib  hissa  qo‘shadi.  G‘azal  baytlaridagi  gap 

bo‘laklarini  aniqlash  jarayonida  o‘quvchilar  badiiy  matnlardagi  poetik  sintaksis 

hodisasining  o‘ziga  xos  ko‘rinishini  kuzatadilar.  Ushbu  g‘azalda  bosh  bo‘laklar 

(ega va kesim)ning, to‘ldiruvchi, hol va aniqlovchilarning turli ko‘rinishlari (sodda 

va murakkab, birikmali, fe`l kesim va ot kesim; ot, olmosh, otlashgan so‘zlar bilan 

ifodalangan  to‘ldiruvchilar,  aniqlovchilar;  taqlid  so‘zlar  bilan  ifodalangan  hollar, 


Download 395.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling