3.2. Gap bo‘laklarini innovatsion pedagogik texnologiyalar asosida o‘qitishga
oid dars ishlanmalar
Mavzu: Ega va uning ifodalanishi
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: O‘quvchilarning gap, gap bo‘laklari haqidagi bilimini boyitish,
ega va uning ifodalanishi , gapdagi o‘rni haqida tushuncha berish.
Tarbiyaviy: Dars jarayonida xalq maqollaridan foydalanish orqali ularga
axloqiy tarbiya berish, muomala madaniyatini shakllantirish.
Rivojlantiruvchi: Ularning og‘zaki va yozma nutqini o‘stirish, mustaqil
fikrlashga , ijodiy ishlashga o‘rgatish.
Dars uslubi: Kichik guruhlarda ishlash, aqliy hujum, musobaqa .
Dars jihozi: Og‘zaki, yozma matn tuzish uchun suratlar, xalq maqollari
yoritilgan kitoblar, ega haqidagi ko‘rgazmali qurollar.
Do'stlaringiz bilan baham: |