4-mavzu: ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlarining asosiy funksiyalari tayanch iboralar


Download 251.17 Kb.
bet3/11
Sana30.03.2023
Hajmi251.17 Kb.
#1310190
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
4.Ma\'lumotlar bazasini boshqarish tizimlarining asosiy funksiyalari

Axborot



Boshqaruv obyekti holati to‘g‘risidagi axborotlarni yig‘ish, shuningdek meyoriy va reja
xujjatlarini yig‘ish hamda saqlash



Axborotni tahlil etish va qayta ishlash



Qarorlar qabul qilish




Obyektga boshqaruvchi ta’sir ko‘rsatish





Qarorlarni amalga oshirish
(obyekt holatining o‘zgarishi)

4.2 - rasm. Boshqaruvchi ta’sir ko’rsatishni ishlab chiqish chizmasi.


Quyidagi uchta asosiy boshqaruv darajasi farqlanadi.


Yuqori daraja tizimning kattaroq yoki kichikroq ma’lum bir istiqbolga mo’ljallangan asosiy yo’lini (rejalashtirish konturini) belgilab beradi.
O’rta darajada berilgan strategik yo’nalishni amalga oshiruvchi tarkibi shakllanadi yoki ko’rinishini o’zgartiradi(tashkil etish konturi). Quyi darajada yuzaga kelgan og‘ishlarni bartaraf etgan holda, tizimning tegishli rejimda bo’la olishini ta’minlaydi.
Mazkur modelda boshqaruvchi qism va boshqaruv ob’ektining o’zaro aloqasi aniq nomoyon bo’ladi. Ular uch xil ko’rinishdagi buyruq oladi, ya’ni: hech bir ko’rsatmasiz bajariladigan dastur; ma’lum bir ehtimoliy voqealar sodir bo’lgan hollarda bajariladigan tashkiliy qoidalar; atrof–muhitning taxminiy ta’siri va tizim faoliyatining meyoriy rejimdan chalg‘ish bilan bog‘liq bo’lgan boshqaruv buyruqlari. Quyida to’liq boshqaruv davri faoliyatining amaliy mohiyatini ko’rib chiqamiz.
1. Bashoratlash - bu tashqi muhitning yuzaga kelishi mumkin bo’lgan holatini, boshqariladigan ob’ektning o’zini tutishini aniqlash maqsadida ma’lumotlarni qayta ishlash hamda ular har birining ehtimolligini baholashdan iborat.
2. Rejalashtirish – bu tizimning kelajakdagi orzu qilingan holatini ishlab chiqish(rejali modelini ishlab chiqish) va ushbu holatga erishish uchun mablag‘larni taqsimlashga nisbatan qarorlar qabul qilishdan iborat. Rejalashtirish maqsad va mezonlarni tanlashni o’z ichiga oladi. Shu maqsad va mezonga nisbatan boshqaruv samaradorligi baholanadi.
3. Dasturlash rejasini amalga oshirish, ya’ni tizim faoliyatining algo-ritmini ishlab chiqish uchun boshqariladigan harakatlar ketma–ketligi hamda o’zaro aloqasini bayon etuvchi dasturlarni ishlab chiqishdan iborat.
4. Tashkil etish – mustahkam (bardoshli) ob’ektlar yoki jarayonlar tuzilmasini o’zgartirishi yoki ko’rishdan, ya’ni ma’lum bir holatlarida bosh-qariladigan ob’ektlar faoliyatini reglamentlashtirishda foydalanila-digan u yoki bu qoida, protsedura, usul, algoritmlarini belgilash yoki o’zgartirish demakdir.
5. Meyorlashtirish - tizimning xususiyatlarini ifodalovchi statistik ma’lumotlarni doimiy ravishda yig‘ish va ular asosida tizimning bir meyorda faoliyat ko’rsatishini ta’minlab turish.
6. Hisobga olish boshqariladigan ob’ekt va tashqi muhit parametrlari majmuini qayd etishdan iborat. U yana keladigan ma’lumotlarni dastlab qayta ishlash, jumladan, tasniflash, guruhlash va hokazo arifmetik hamda mantiqiy operatsiyalarni o’z ichiga oladi.
7. Nazorat qilish – boshqariladigan ob’ektlarning meyorida ishlashidan chalg‘ishi to’g‘risidagi ma’lumotlar mazmunini aniqlashdan iborat.
8. Boshqarish – tasodifiy ta’sirlar sababli tizim ishining me’yoriy rejasidan chetlashishini bartaraf etish maqsadida qaror qabul qilish, ya’ni qayta aloqa asosida tuzatish, olinadigan samaraning sifat va miqdor o’lchovlari o’zgarishiga ko’ra boshqariluvchi ob’ektga ta’sir ko’rsatishidir.
9. Tahlil – tizimning joriy holatini o’rganishda ish samaradorligini oshirish uchun uning imkoniyatlarini tahlil etishdan iborat.



Download 251.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling