4-mavzu. Ong taraqqiyoti va ongsizlik


Kishilar ongining o’zgarishi


Download 51.39 Kb.
bet6/10
Sana27.01.2023
Hajmi51.39 Kb.
#1129897
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
4-mavzu seminar

Kishilar ongining o’zgarishi.
Mamlakatimizda mustaqillikning g’alaba qilishi odamzod shaxsining -undagi barcha kuch va qobiliyatlarning yayrab-yashnashi uchun mislsiz katta imkoniyatlar yaratib berdi.
Ishlab chiqarish vositalarining ijtimoiy mulkligi ishlab chiqarish munosabatlarining asosi ana shu yangi munosabatlarni aks ettiradigan yangi ong ham paydo bo’ldi. Kishilar ongidagi bu yangilik kishilar o’rtasidagi munosabatlarning o’zgarishida, mehnatga munosabatning o’zgarishida, kishilar saviyasining o’zgarishi va kengayishida, ularning o’z faoliyatida oldilariga qo’yadigan g’oyalarning o’zgarishida o’z ifodasini topdi.
Kishilarning o’zaro munosabatlarida o’rtoqlarcha hamkorlik, va ishlab chiqarish jarayonida o’zaro yordam, hamkorlik qaror topdi.
Bizda kishilarning mehnatga munosabati ham tubdan o’zgardi: ilgari og’ir va mashaqqatli yuk deb hisoblangan mehnat shon-sharafga, shavkat va qahramonlik ishiga aylandi. Mehnatda zavq-shavq qo’zg’aydigan manbalar paydo bo’ldi. Bizda mehnat faqat yashash vositasi bo’libgina qolmay, balki, ehtiyojga shu bilan birga, shodlik va bardamlik manbalariga aylandi. Kishilarning yuksak hislari – Vatanimiz baxt-saodati uchun ijodiy mehnat qilishida yangilik yaratish, kashfiyot bilan shug’ullanishda o’z ifodasini topmokda.
Ozod kishilarning erkin mehnati zo’r ijodiyot ekanligini, bu ijodiyotda kishining barcha jismoniy va ma’naviy kuchlari munosib ravishda qo’shilishini, korxonalarimizning il.g’orlari va tadbirkorlari amalda ko’rsatmokdalar.
Kishilarning o’zaro munosabatlari o’zgarishi bilan mehnatga yangicha munosabat qaror topishi bilan kishilarning ongi ham o’zgardi. Ular o’z jamiyatiga qarshi bosh ko’taradigan kishilar emas, balki o’z jamiyatining a’zosi uning fidoiysidirlar. Ular Vatan oldidagi burchini, vazifalarini doimo yaxshi anglaydigan kishilardir. Mustaqillik davrida kishilarning fikr-hislari, intilishlari va irodasi ham o’zgardi.
Kishilar ongining o’zgarishida ijtimoiy tuzum qancha yuqori bo’lsa, ijtimoiy muhitning o’sib kelayotgan avlod ongiga ta’siri shuncha ortadi. Mustaqillikka erishishimizning o’zi kishilarning ongini o’zgarishiga sabab bo’ldi. Jamiyatning bolalar ongiga ta’sir etishida ta’lim-tarbiyaning roli kattadir. Chunki bolalar yoshligidan atrofdagi kishilar bilan munosabatda bo’lib, bilimlar, ko’nikma va malakalarni egallaydilar. Bolani o’rab olgan ijtimoiy muhit (tabiat, jamiyat, jamoa va guruh), mehnat va til faqat inson shaxsi taraqqiyotining shartlarigina bo’lib qolmay, bolalar uchun maktabda o’quv predmetiga aylanadi. Bilim va ko’nikmalarni egallash bolaning ma’naviy jihatdan o’sishiga yordam beradi, dunyoqarash shakllanadi.
Inson ongining o’zgarishida uni faollik ko’rsatishi ham muhim ahamiyatga ega. Agar bola tug’ilganidan boshlab faollik ko’rsata boshlasa, keyinchalik bu faollik faoliyatga aylanadi. Faoliyat esa kishini o’zini o’rab olgan tabiatga, ijtimoiy muhitga va ayrim kishilarga ta’sir ko’rsatishuvidir. Bularning hammasi kishilar ongining o’zgarishiga sabab bo’ladi.

Download 51.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling