4. Organizmning postembrional (postnatal) rivojlanishi


S  p  ye  r  m  a  t  o  g  ye  n  ye  z


Download 1.01 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/15
Sana08.01.2022
Hajmi1.01 Mb.
#248843
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
ontogenez

S  p  ye  r  m  a  t  o  g  ye  n  ye  z.  Spermatozoit  hujayrasining 

hosil bо‘lishida 4 davr tafovut etiladi: 

1.Kо‘payish. 2.О‘sish. 3.Yetilish. 4.Shakllanish (spirmiogenez). 

Organizmning embrional rivojidan boshlab jinsiy bez urug‘ 

naylarining  eng  tashqi  zonasida  joylashgan  hujayralar-

spermatogoniylarda  muntazam  ravishda  mitoz  yо‘li  bilan 

kо‘payish 

rо‘y  beradi.  Muntazam  kо‘payib  turuvchi 

hujayralarning  ikki  toifasi-A  va  B  spermatogoniylar  farqlanadi. 

A  toifadagi  spermatogoniylarda  rо‘y  berib  turgan  kо‘payish 

(mitoz)  jarayoni  shu  hujayra  miqdorining  kamaymasligini 

ta’minlab beradi. A spermatogoniylar о‘zak hujayra hisoblanadi. 

Shu 

hujayralarning 



kо‘p 

marta  bо‘linishi  bilan  V 

spermatogoniylar  hosil  bо‘ladi.  Balog‘atga  yetish  bilan  mana 

shu  V  spermatogoniylarda  mitoz  jarayon  bir  necha  bor  sodir 

bо‘lib,  hosila  hujayralar  keyingi  davrga  о‘tadi.  Shu  toifa 

hujayralar о‘sish davriga tayyor hujayralar hisoblanadi. 

О‘sish  davri  bilan  meyozning  boshlanishi  sodir  bо‘ladi. 

Profaza  sо‘ngida  yirik  I  tartibli  spermatotsit  hosil  bо‘ladi.  Bu 

hujayralar  urug‘  nayi  devorining  keyingi  qismiga  siljiydi. 



Meyozning birinchi bо‘linishi bilan, har bir shunday hujayradan  

gaploid  xromasoma  tо‘plamiga  ega  bо‘lgan  ikkita  II  tartibli 

spermatotsit  hosil  bо‘ladi  va  spermatogenezning  yetilish  davri 

boshlanadi.  Shu  bо‘linishdan,  keyin,  ketma  ket  sodir  bо‘lgan 

meyozning  ikkinchi  bо‘linishi  natijasida,  har  bir  II  tartibli 

spermatotsit  hujayrasi,  urug‘  nayi  teshigiga  yaqin  qismda 

joylashgan,  ikkitadan  spermatid  hujayralari  hosil  qiladi.  Bu 

hujayralar  mayda,  chо‘zinchoq  bо‘ladi.  Odamda  meyoz 

bо‘linishning birinchi davri bir necha xafta davomida kechadi, II 

bо‘linishda esa 8 soat davom etadi. 




Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling