4. Organizmning postembrional (postnatal) rivojlanishi


Ontogenez va uning bosqichlari


Download 1.01 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/15
Sana08.01.2022
Hajmi1.01 Mb.
#248843
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
ontogenez

Ontogenez va uning bosqichlari 

  Hayotning  boshlang‘ich  nishonalari  bо‘lmagan  erkak  va 

urg‘ochi  jin-siy  hujayralarning  qо‘shilishidan  yangi  organizm 

rivojlanishi  mumkin  bо‘lgan  zigotaning  hosil  bо‘lishi  tirik 

tabiatning  mо‘jizalaridan  biridir.  Uruglangan  tuxum  hujayraning 

bir  necha  marta  mitoz  bо‘linishidan  sо‘ng  yangi  organizmning 

organlari,  belgi  va  xususiyatlari  rivojlanadi  va  nihoyat  yapgi 

organizm dunyoga keladi. 

  Bu  jarayonlarni  о‘rganish  genetikaning  qiyin,  lekin  muhim 

vazifalaridan bо‘lib hisoblanadi. 

  Organizmning individual rivojlanishi ontogenez deyiladi va bu 

davr  urug‘langan  tuxum  xujayra  zigota  xrsil  bо‘lganidan, 

organizmning  tabiiy  nobud  bо‘lgunicha  bо‘lgan  davrni  о‘z  ichiga 

oladi. 


  Ontogenez organizm va tashqi muhitning о‘zaro munosabati 

natijasida  shakllangan  tarixiy  jarayondir.  Bu  jarayon  tanlash  va 

tanlanish  natijasida  organizm  genotipida  mustahkamlanadi. 

Shunday  qilib,  individual  rivojlanishi  genotip  asosida  tashqi 

sharoit ta’siri ostida amalga oshadi. 



  Ontogenez  kо‘p  yillar  organizmning  nasl  almashinishi 

davomida takrorlanib keladi. Shuping uchun har bir organizmning 

ontogenezida  uning  tarixiy  rivojlanishi,  Ya’ni  filogenezini  kо‘rish 

mumkin.  Filogenez  deb,  organizmning  turi  paydo  bо‘lganidan 

hozirgacha bо‘lgan tarixiy rivojlanish davriga aytiladi. 

  Ontogenezda somatik tо‘qimaning hujayralari tabaqalanish 

bosqichini о‘tab, avval о‘xshash bо‘lgan hujayralar, keyin esa bir-

biridan 


farq  qiladigan  hujayralarga  bо‘linadi.  Natijada 

organizmning  tashqi  kо‘rinishi  va  ichki  tuzilishi,  morfologik 

hamda fiziologik xususiyatlari о‘zgaradi. Bu hodisaga birinchi 

bо‘lib  I.V.Michurin  e’tibor  bsrdi.  Ya’ni  muayyan  sharoit  yaratish 

bilan  duragaylarda  ba’zi  belgi  va  xususiyatlarni  rivojlantirish 

mumkinligini  isbotladi.  Shunga  asoslanib,  u  duragaylarii 

tarbiyalash bilan yangi navlarni yaratishda foydalandi. 

  Ontogenezni  о‘rganishdagi  muhim 

masalalardan  biri 

genlarning  harakat  mexanizmini  о‘rganishdir.  Har  bir  organizm 

hujayralarida  genlarning  miqdori  bir  xil  bо‘lsa  ham  ularning 

faoliyati  turlichadir.  Bu  muhim  masala  genetikada  genlarning 

organizm  rivojlani-shining  har  bir  bosqichida  maxsus  oqsillar 

sintezidagi funksiyasini о‘rganish asosida о‘rganilmoqda. 

  Hamma  organizmlarning  individual  rivojlanishini,  Ya’ni 

ontogenezga  ketma-ket  keladigan  quyidagi  bosqichlarga  bо‘lish 

mumkin: 




Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling