Namunaviy seminar mashg‘uloti
Mavzu: Sotsial - iqtisodiy ehtiyojlar va ishlab chiqarish.
Darsning maqsadi: sotsial-iqtisodiy ehtiyojlar va ularning tarkibiga turli jihatdan yondoshish; ehtiyojlarni shakllanishida axborotning rolini anglash; resurslarning cheklanganligi sharoitida cheksiz ehtiyojlarni qondirish muammosi iqtisodiyotning bosh muammosi ekanligini tushunib yetish; tanlov va qaror qabul qilish muammosi, qaror qabul qilishning muqobil variantlari va mezonlarini ishlab chiqishni o‘rganish; qaror qabul qilish uchun axborotning ahamiyati naqadar katta ekanligini anglash.
Mavzu bo‘yicha seminar mashg‘ulotiga tayyorlanish uchun zarur bo‘lgan adabiyotlar ro‘yxati tuziladi.
Darsda yoritilishi lozim bo‘lgan asosiy tayanch tushunchalar va atamalar:
Individual ehtiyoj, moddiy ehtiyoj, umumjamiyat ehtiyoji, ma’naviy ehtiyoj, shaxsiy va ishlab chiqarish ehtiyoji, guruxiy ehtiyoj, muqobil qiymat, ishlab chiqarish imkoniyati.
Dars o‘tish uchun zarur jihozlar:
doska, bo‘r, latta;
proyektor, slaydlar, flomaster, kitob, gazeta-jurnallar.
Dars o‘tishda foydalaniladigan ko‘rgazmali qurollar (slayd yoki vatman qog‘ozga chizilgan bo‘lishi mumkin yoki dars davomida doskaga chizish mumkin):
Tarqatiladigan materiallar:
ishlab chiqish imkoniyati egri chizig‘i modeli tasvirlangan grafik asosida masalalar, darsda beriladigan topshiriqlar;
qaror qabul qilish setkasi.
Amaliy darsida muhokama qilinadigani savollar va ularga ajratilgan taxminiy vaqt:
Tashkiliy qism 5-8 minut
Muhokama qilinadigan savollar:
1. Sotsial iqtisodiy ehtiyojlarning mazmuni. individual, gurushiy va umum jamiyatehtiyojlari 10-15 minut
O‘zbekistonda ehtiyojlarning xususiyatlari. ehtiyojlarning tarkibi. 10-15 minut
Ehtiyojlarning cheksizligi. Ehtiyojlarning yuksalish qonuni. 10-15 minut
Resurslarning cheklanganligi. Ishlab chiqarish imkoniyati. Tanlov va muqobil qiymat. Qaror qabul qilish. 10-15 minut
Iqtisodiyotning bosh muammosi - 20 minut.
Darsni yakunlash 4-5 minut.
Do'stlaringiz bilan baham: |