5. Kuniga 3 yoki 4 marta ovqatlanilganida taomlanishlar orasida hech narsa yemay turish zarur.
Ushbu tartibning bosh mohiyati shundaki, oshqozon o„ziga tushgan ovqatning miqdori, tarkibiga qarab uni turli
vaqt saqlab turadi (qovirilgan va boshqa quyuq ovqatlar, palov, qovurma lag„mon va hokazo 8-10 soat gacha,
suyuqrog„i 1-2 soat va hokazo) va uni qayta ishlash bilan jadal “shug„ullanadi” (tegishli tarkibli va miqdorda
shira ajratadi, harakat qiladi, ovqatni ma‟lum qismini ichaklarga o„tish uchun tayyor holga keltiradi va hokazo).
Mana shu paytda biror narsaga ko„ngil ketib, tamaddi qilish (masalan, buterbrod, pirojki, somsa, pishiriqlar va
boshqalar) oshqozon ishini buzadi, uni oldin yeyilgan ovqatni “sarishta” qilmasdan yangi taom porsiyasi bilan
shug„ullanishga majbur qiladi. Inson oshqozoni ayrim hayvonlarnikidan farq qilib, bunday aralash-quralash
ovqatlanishni uddasidan chiqishi qiyin, chunki u bir kameralidir. Shuning uchun har kim bu o„rinda qanday
ovqatlar me‟dada qancha vaqt saqlanishini bilib taomlanishi muhim.
Do'stlaringiz bilan baham: |