50Sana 9-sinf Adabiyot 1-dars Dars mavzusi: Ruhiy kamolot vositasi


Download 0.85 Mb.
bet77/125
Sana13.01.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1090472
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   125
Bog'liq
9-синф адабиет конспект янги

IV. Mustahkamlash.


V. Uyga vazifa. Romanni to’liq holda o’qib kelish.
VI. Baholar tahlili.
O’TIBDO’________________________________________N.Qodirov
Sana13.01.2020 9-sinf adabiyot

Dars mavzusi: Odil Yoqubov hayoti va ijodi.
Darsning maqsadi:
1.Ta’limiy maqsad: o’quvchilarga yangi mavzuni tushuntirish
2. Tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarga nafosat tarbiyasini berish .
3. Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarning bilim va tafakkurini o’stirish, bilim olishga bo’lgan qiziqishini oshirish, mustaqil fikrlashga o’rgatish.
Axborot bilan ishlash kompetensiyasi:
mavjud axborot manbalaridan (kitob, ommaviy axborot vositalari, internet, lug‘at, ma’lumotnomalar, (audio-video yozuv), telefon, kompyuter) foydalana olish va ulardagi materiallarga munosabat bildirish.
O‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
shaxs sifatida ma’naviy, ruhiy va intellektual kamolotga intilishni ehtiyojga aylantira olish;
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va unda faol ishtirok etish;
Milliy va umummadaniy kompetensiya:
badiiy adabiyot va san’atda aks etgan vatanparvarlik, insonparvarlik g‘oyalarini, umuminsoniy va milliy qadriyatlar tasvirini anglash, ulardagi go‘zallik va ezgulikdan o‘rnak olishga intilish, yovuzlik va xunuklikdan nafratlana olish.
Darsning usuli: an’anaviy, bahs-munozara
Darsning jihozi: darslik, tarqatmali savollar.
Darsning borishi.
I. Tashkiliy qism: a) o’quvchilar bilan salomlashish:
b) davomatni aniqlash:
v) she’riy daqiqa.


II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) yakka tartibda (tarqatmali savollar asosida)
b) ommaviy tarzda (uy vazifasi nazorati)
III. Yangi mavzu bayoni
Hayot va ijod yo‘li. Odil Yoqubov o‘zbek adabiyotining yetakchi yozuvchsidir. U — tabiatan faol, jamoatchi shaxs. O. Yoqubov — jamiyat ishiga hayotini tikib, shu yo‘lda qurbon bo‘lgan kishining farzandi.
Hujjatlarga ko‘ra, Odil Yoqubov 1926- yilning 20— oktabrida Janubiy Qozog‘iston viloyatining Turkiston shahri yaqinidagi Qarnoq qishlog‘ida tug‘ilgan. Otasi — ishchan tashkilotchi, tadbirkor va o‘qimishli ziyoli Egamberdi Yoqubov o‘z vaqtida sho‘rolar hukumatining ishongan kishilaridan bo‘lib, Qozog‘istonda mas’ul lavozimlarda ishlagan. Keyinroq shaxsga sig‘inish avj olgan davrda avval amalidan paslatilgan, so‘ng 1937- yilda qatag‘onga yo‘liqib, qamoqqa olinganicha, qaytib kelmagan. Bo‘lajak adib 1944- yilda o‘rta maktabni bitiradi. 1945- yilda asli 1927- yilda tug‘ilgan bo‘lishiga qaramay, o‘zini 1926- yilda tug‘ilgan va o‘n sakkizga to‘lgan qilib ko‘rsatib, ko‘ngilli ravishda Ikkinchi jahon urushiga jo‘naydi. U avval Uzoq Sharqda xizmat qilgan, so‘ng Mo‘g‘ilistonning cheksiz Gobi sahrosini piyoda bosib o‘tib, Yaponiyaga qarshi olib borilgan urushda qatnashgan. Insoniyat erki uchun bo‘lgan janglarda shaxsan qatnashishni or-nomus masalasi hisoblab jangga kirgan romantik yigit urush tugagandan so‘ng ham yurtga tezda qayta olmaydi. Uni 1950- yilga kelibgina uyga jo‘natishadi.
Odil Yoqubov 1951-1956- yillarda SAGU (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti) filologiya fakultetining rus tili va adabiyoti bo‘limida o‘qiydi. O‘qishni tugatgandan keyin 1959 yilgacha O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida maslahatchi bo‘lib ishlaydi. Bolalikdan rus adabiyoti bilan tanish bo‘lgan, besh yillik harbiy xizmatda bu tilni mukammal o‘rgangan O. Yoqubov 1959-1963 1967—1970- yillarda butunittifoq miqyosida tarqaladigan «Literaturnaya gazeta»ning O‘zbekistondagi muxbiri sifatida faoliyat ko‘rsatadi. 1970-1982-yillar orasida «O‘zbekfilm» kinostudiyasida, Respublika kinematografiya qo‘mitasida bosh muharrir, G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyotda bosh muharrir o‘rinbosari lavozimlarida mehnat qiladi. 1982- yildan 1989- yilgacha «O‘zbekiston adabiyoti va san’ati» haftaligining bosh muharriri bo‘ladi. 1989— 1996- yillarda esa O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining raisi sifatida faoliyat ko‘rsatadi. Bu davrda adib shaxsiyatiga xos kengfe’llik to‘la namoyon bo‘ldi. U o‘zbek yozuvchilariga tegishli sharoit yaratish, ularga ijod erkinligi berish borasida katta ishlarni amalga oshiradi. O. Yoqubov 1996-2004 yil­larda Atamashunoslik qo‘mitasi raisi, 2005 yilgacha Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati Assambleyasining vitse prezidenti vazifalarini ado etgan.
Adibning ilk asari «Tengdoshlar» qissasi harbiy xizmatda ekanida yozilgan va 1951- yilda «Sharq yulduzi» jurnalida bosilib chiqqan. Keyinroq adib «Chin muhabbat», «Aytsam tilim kuyadi, aytmasam dilim» (1956), «Yurak yonmog‘i kerak» (1957), «Olma gullaganda» (1960) kabi qator dramatik asar­lar yaratgan. Uning bu asarlari Hamza nomidagi Respublika akademik drama teatri(hozirgi O‘zbek milliy akademik drama teatri)da ijro etilgan. 1956- yilda «Ikki muhabbat» nomi bilan nasriy asarlar kitobi bosildi. Keyin birin-ketin «Muqaddas» (1960), «Bir fel’eton qissasi» (1961), «Tilla uzuk», «Larza», «Qanot juft bo‘ladi» (1969), «Billur qandillar» (1975), «Izlayman», «Matluba» qissalari chop etildi.
Adib dramaturgiya, hikoya va qissachilikda qalamini charxlagach, roman janrida ham bir qator asarlar yaratdi. Uning «Er boshiga ish tushsa» (1969), «Ulug‘bek xazinasi» (1974), «Diyonat» (1973), «Ko‘hna dunyo» (1983), «Oqqushlar, oppoq qushlar» (1988), «Adolat manzili» (1997) kabi romanlarida turli davrlarda yashagan turfa odamlarning ruhiy olami, ma’naviy dunyosi, iztirob-u quvonchlari mahorat bilan aks ettirilgan.



Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling