6-mavzu. Disklarga xizmat ko’rsatuvchi dasturlar: shikastlangan fayllar va disklarni tiklash. Arxivlashtirish dasturlari Reja


Download 0.87 Mb.
bet22/27
Sana24.03.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1290525
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Bog'liq
6маруза

Arxivator dasturlar
Kompyuter texnologiyalar rivojlanishi bilan ma’lumotlar hajmi ko‘payishi boshlangan. Shu sababli yoki kompyuter xotirasini ko‘paytirish yoki ma’lumotlar hajmini kamaytirish ehtiyoji paydo bo‘lgan.
Arxivator dasturlar - bu kompyuterdagi ma’lumotlar hajmini ixchamlab, maxsus fayllarga ularni joylashtiradigan dasturlar. Ular hajmni o‘zgartirish tezligi va sikish holatlari bilan ajratiladi. Eng taniqli arxivator dasturlar bu ARJ, RAR, ZIP, UNZIP va bugungi kunda WinRAR, 7-ZIP. Hajmi o‘zgargan, siqilgan, ixchamlangan ma’lumotlar saqlovchi fayl – arxivlangan fayl deb nomlanadi. Arxiv faylning nomi asosan 8 harfdan iborat bo‘ladi. Uning turi esa asosan 3 harfdan iborat bo‘lib, u qaysi dasturda yaratilganligini ko‘rsadi. Masalan: kitob.arj yoki dastur.rar.
Windows boshqaruv panelida (проводник orqali) faylni arxivlash uchun keraklisi tanlanib menyudan «Отправить» orqali «Сжатая ZIP-папка» bandi tanlanadi.
Total Commander dasturi orqali esa kerakli fayl tanlanib, [Alt] + [F5] tugmasi bosiladi, hosil bo‘lgan oynadan Arxivator bo‘limidagi kerakli arxivator turi (ZIP, RAR, ARJ, TAR, …) tanlanib OK (yoki Enter) tugmasi bosiladi. Arxivlangan faylning kengaytmasi arxivatorga bog‘liq, ya’ni qaysi arxivator tanlansa, kengaytmasi Shu bo‘ladi (masalan, Wordda yozilgan kitob.doc faylini arxivlasak, keygaytmasi quyidagicha bo‘lishi mumkin: kitob.zip, kitob.rar, kitob.arj, kitob.arj).
Arxiv fayldagi ma’lumotlarni kurish va ishga tushirish uchun biz Shu arxivni arxivator dasturi yordamida ochishimiz zarur. Ammo Shunday arxivator dasturlar xam mavjud, ular arxivlardagi ma’lumotlar bilan arxivni ochmasdan ishlash imkoniyatini yarata oladilar (ZIPMAGIC dasturi).


ARJ arxivator dasturi.
ARJ komanda -rejim arxiv fayl nomi fayl nomi
Bu yerda arxiv fayl nomi - ma’lumotlar hajmi o‘zgartirilib joylanishi kerak bo‘lgan arxiv faylgacha to‘liq yul yoki agar fayl Shu papkada bo‘lsa u holda arxiv fayl nomi. Fayl nomi esa - hajmi uzgarishi kerak bo‘lgan fayl yoki fayllar nomlari. Agar ko‘rsatilgan nomli arxiv fayl topilmasa, u holda yangi arxiv fayl yaratiladi. Komanda va rejim - bu lotin harflar, ular ma’nosi quyidagi jadvalda ko‘rsatilgan:

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling