6-mavzu: Surdopedagogikaning rivojlanishida Viktor Ivanovich Fleri, Ivan Karlovich Arnold, Yakov Timofeyevich Speshnev, Ivan Yakovlevich Seleznev va boshqalarning izlanishlari Reja


V.I.Fleri (1800—1856) – Rossiyada birinchi yirik surdopedagogika nazariyotchisi


Download 83.47 Kb.
bet4/11
Sana03.12.2023
Hajmi83.47 Kb.
#1800884
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
6-mavzu Surdopedagogikaning rivojlanishida Viktor Ivanovich Fle-fayllar.org

V.I.Fleri (1800—1856) – Rossiyada birinchi yirik surdopedagogika nazariyotchisi. Viktor Ivanovich Fleri, yuqori ma’lumotli, fransuz, lotin va grek tillarini egallagan yigit bo‘lib, Peterburg universiteti yurituvchidagi gimnaziyaga o‘qituvchi lavozimiga qabul qilingan.
Kar-soqovlar bilim yurtiga V.I.Fleri 1817 yilda J.B.Joffre tomonidan taklif qilingan, Joffre unga fransuz tili o‘qituvchisi sifatida ishlagani uchun o‘z mablag‘lari hisobidan maosh to‘lagan. 13 yil davomida V.I.Fleri Peterburg bilim yurti o‘qituvchisi va inspektori vazifasini bajargan. U o‘zini qobiliyatli, o‘z ishiga sadoqatli, fikrlaydigan pedagog sifatida ko‘rsatdi. J.B.Joffre o‘limidan keyin V.I.Flerini bilim yurti direktori etib tayinlash masalasi bir necha bor kun tartibiga qo‘yilgan. Biroq 1835 yilda faxriy vasiy Vasiylik kengashiga V.I.Flerini bilim yurti direktori etib tayinlash taklifini kiritganida, unga rad javobi berilgan. Faqat 1837 yilda V.I.Fleri direktor lavozimiga tayinlangan. Bu vazifani u umrining oxirigacha bajargan.
Bilim yurti inspektori va pedagogi bo‘lgan V.I.Fleri o‘zining birinchi, nihoyatda yetukligi va chuqurligi bilan ajralib turgan asari – «Gluxonemiye, rassmatrivayemiye v otnoshenii k ix sostoyaniyu i k sposobam obrazovaniya samim svoystvennim ix prirode» (Ularning tabiatiga eng mos ta’lim usullari va holatiga nisbatan qaraladigan kar-soqovlar) ni yaratdi. Bu asar birinchi marta 1835 yilda bosib chiqarildi. 1847 yilda uning «Pravila nravstvennosti» (Ma’naviyat qoidalari) bosmadan chiqdi.
Keyinchalik V.I.Fleri yana qator ishlar, jumladan «O prepodavanii izustnogo slova gluxonemim» (kar-soqovlarga og‘zaki nutqni o‘rgatish) kitobini yaratdi, kitob muallifning o‘limidan keyin chop qilindi (1859).
V.I.Flerining surdopedagogik g‘oyalari umumiy pedagogika va metodika rivoji bilan uyg‘unlikda bog‘langandi.
1838 yilgacha V. I. Fleri Peterburg bilim yurtida ishlash barobarida universitet qoshidagi gimnaziyada chet tillardan mashg‘ulotlar olib bordi. Bu unga karlarni og‘zaki nutqqa o‘rgatish nazariyasini eshitadiganlarni chet tiliga o‘qitish bilan amaliy bog‘lаsh imkonini berardi. Eshitadigan bolalarni chet tiliga o‘qitish metodlarini u karlarni og‘zaki nutqqa o‘rgatishda ijodiy qo‘llardi.
V.G.Belinskiy va A.I.Gersen g‘oyalariga amal qilib, V.I.Fleri karlarni tarbiyalashning asosiy vazifasini ongi va jamiyat uchun foydali insonni tarbichyalashdan iborat deb bildi.
V.I.Fleri rus insonparvar mutafakkirlarining tarbiya vositasida har bir insonni rivojlantirish va takomillashtirish mumkinligi haqidagi qarashlarini amalda tasdiqladi. U kar-soqovlik insonni aqliy qobiliyatidan mahrum qilmasligi va uning ma’naviy rivojlanishida yengib bo‘lmas to‘siq bo‘lolmasligini isbotladi. U yoki bu karlarda ma’naviy nuqsonlar bo‘lsa, aqliy yetishmovchilik kuzatilsa, ular noto‘g‘ri yoki yetarlicha bo‘lmagan ta’lim va tarbiya natijasi, deb uqtirardi u. Flerining fikricha, kar rivojlanish uchun alohida “maqbul sharoitlar” va ta’lim-tarbiyaning alohida metodlariga muhtoj.
V.I.Fleri kar-soqov ma’naviy moyilliklari nuqtai nazaridan boshqa insonlardan kam yo ortiq emasligini yozadi. U “ehtiroslarning o‘xshash ibtidolari” va “takomillashishning o‘xshash stixiyalari”ga ega.
Karlarning aqliy rivojlanish imkoniyatlari xususida V.I.Fleri bir necha bor moddiyunshunoslarcha fikrlar bildirgan. Uning fikricha, karlar rivojlanish va takomillashga qodir insonlar. neodnokratno viskazival materialisticheskiye sujdeniY. V.I.Fleri oila va jamiyat kar kishiga og‘zaki nutqni egallashda yordam berishi kerak, deb uqtiradi. Nuqtni egallamagan kar uni maxsus ta’lim jarayonida o‘zlashtirishi lozim. Og‘zaki nutq kar insonni insoniyat fikri va madaniyati durdonalariga oshno etadi. Bundan tashqari, u karlarga eshitadiganlar muhitiga kirish imkonini beradi.
Og‘zaki nutqqa o‘rgatishni V.I.Fleri ta’limning vositasi, metodi va maqsadi sifatida baholaydi, imo-ishoralarga kelganda, uning fikricha, bular tom ma’noda qo‘shimcha, ta’limning dastlabki davrlarida foydali va keyingi bosqichlarda ortiqcha vositalardir.
Nutq apparati fiziologiyasi ma’lumotlariga tayanib, V.I.karlarning katta qismi nutqning og‘zaki shaklini egallashga qodirligini isbotlashga intilgan. Ayni vaqtda u murdopedagoglarni mexanik mashqlarga berilib ketishdan saqlanishga chaqirgan. U o‘quvchilarning talaffuzga o‘rgatishga ongli munosabatini va “bolalar tovushlar nimalarni anglatishini haqida to‘g‘ri tushunchaga ega bo‘lishi” ni talab qilgan. Karlarni og‘zaki nutqqa o‘rgatishning asosiy tamoyillari shundan kelib chiqqan. V.I.Fleri buni eshitadiganlarning talaffuziga taqlid, uning lab harakatlariga taqlid va o‘quvchilarning egallagan og‘zaki nutq ko‘nikmalarini suhbatda ongli foydalanishi asosiga qurgan.
V.I.Flerining fikricha, karlar o‘qituvchilari nutq a’zolari fiziologiyasi v anatomisidan bilimlarga ega bo‘lishi kerak. Uning karlarni o‘qitish nazariyasi karlarni og‘zaki nutqqa erta o‘rgatish g‘oyasiga qurilgan. V.I.Flerining fikricha, karning nutq a’zolarini ilk yoshga mos tovush materialida mashq qildirish umuman og‘zaki nutqni muvaffaqiyatli egallash va har bir alohida tovushni aniq o‘zlashtirishning muhim vositasidir. V.I.Fleri og‘zaki nutqqa o‘rgatishni umumta’lim fanlariga o‘qitishdan alohida olib borgan. Har bir tovushni u ketma-ketlikda alohida qo‘ygan, bu ketma-ketlik boshqa fanlardan egallangan material mazmuniga bog‘liq bo‘lgan.
Tovush, bo‘g‘inlarni talaffuz va o‘zlashtirilgan tovush-harflardan so‘zlarni tuzish mashqlarini u o‘quvchi ongida o‘zlashtirilgan og‘zaki nutq ko‘nikmalarini mustahkamlashning ishonchli vositasi deb hisoblagan.
V.I.Fleri karlarni og‘zaki nutqqa o‘rgatishning mumkinligi va foydaliligiga qat’iy ishongan. Uning fikricha, xatto eng qobiliyatsiz o‘quvchilar ham alohida so‘z va iboralar talaffuzini o‘zlashtira oladi, bu ularga mimik harakatlarni tushunishda katta yordam beradi. Bu holda V.I.Fleri, aftidan, kar o‘quvchilar egallagan so‘z zahirasi karlarning o‘zaro juda qashshoq mimik muloqoti mazmunini ham kengaytirishini nazarda tutgan. Og‘zaki nutqqa o‘rgatishni u karning ko‘krak qafasini, sil kasalligidan asrovchi, tabiiy jismoniy rivojlantirish vositasi sifatida ham baholagan.
Karlarni talaffuzga o‘rgatish bilan bir qatorda V.I.Fleri ularni labdan o‘qish malakalariga o‘rgatgan. Ta’lim jarayonida bu malakalar takomillashtirilgan.
V. I. Flerining karlarda mavjud qoldiqli eshitishga munosabati xarakterli. U pedagoglar e’tiborini ko‘pchilik kar bolalar qoldiqli eshitishga ega ekaniga, ularni o‘quvchini gapirishga undash uchun ham rivojlantirish zarurligiga qaratgan. Qolaversa, V.I.Fleri nafaqat qoldiqli eshitishdan foydalanishni mumkin, balki ularni og‘zaki nutq jarayoniga o‘rgatish jarayonida u ki bu darajada rivojlantirish mumkin deb hisoblagan. U qoldiqli eshitishli bola karlar jamoasiga tushib qolsa, uni tezda to‘liq va butunlay yo‘qotishiga e’tibor qaratgan.
V.I Flerining say-harakatlari bilan Peterburg kar-soqovlar bilim yurti ustaviga yarim kar – zaif eshituvchi bolalar uchun alohida bo‘lim tashkil qilinishi haqidagi qoida kirimtilgan. Bunday bo‘limni amalda tashkil qilishning o‘sha davrda imkoni bo‘lmagan. Biroq kar va zaif eshituvchilarni tabaqalashtirib o‘qitish haqidagi g‘oya to‘g‘ri edi. Surdopedagogikaning kyingi rivoji V.I.Fleri asarlarida bayon qilingan karlarni o‘qitish va tarbiyalashning asosiy tamoyillari to‘g‘ri ekanini ko‘rsatdi. Ular quyidagilardan iborat.
Birinchidan, V.I.Fleri ko‘rsatdiki, karning aqliy rivojlanishi uchun katta qiyinchilik tug‘diradigan karlik uni takomillashish, ya’ni to‘laqonli intellektual va ma’naviy rivojlanish imkonidan mahrum etmaydi.
Ikkinchidan, V.I.Fleri karlarni og‘zaki nutqqa o‘rgatish mumkinligi va zarurligini isbotladi. U og‘zaki nutqqa o‘rgatishni bilim yurtida o‘qitishning umumiy rejasiga mustaqil fan sifatida, ayniqsa “yarim karlarni” o‘qitishda, kiritish tashabbuskori bo‘lgan.
Uchinchidan, V.I.Fleri karlarni og‘zaki nutqqa o‘qitishda nutqning turli shakllarini birlashtirish va bolaning karlik va soqovlik darajasini hisobga olgan holda tabaqalashtirilgan qo‘llash zaruratini asoslab berdi.
To‘rtinchidan, V.I.Fleri karlarni erta, ya’ni maktabda nutqqa o‘rgatish g‘oyasini asoslab berdi.
Beshinchidan, V.I.Fleri kar-soqovlar, keyin kar bo‘lib qolganlar, yarim karlar (zaif eshituvchilar) ni tabaqalashtirib o‘qitishni isbotlab berdi va amalda ko‘rsatib berdi.
V.I.Fleri ishlari rus surdrpedagogikasi rivojiga katta hissa bo‘lib qo‘shildi. Nafaqat uning zamondoshlari, balki surdopedagoglarning keyingi vakillari ham ulardan kar bolani aqliy, ma’naviy va jismoniy rivojlantirishga oid qimmatli fikrlarni olgan. bil vnesen ogromniy vklad v razvitiye russkoy surdopedagogiki. V.I.Fleri ishonchli tarzda isbotlab berdiki, kar inson rivojlanishga qodir. V.I.Flerining surdopedagogik g‘oyalari XIX asr rus jamoat arboblarining ilg‘or ijtimoiy va umumpedagogik qarashlariga hamohangligi bilan ham diqqatga sazovor.

Download 83.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling