122. M. Jalilning “Ishonma” she’ri qaysi to’plamiga kiritilgan?
A) “Moabit daftari” B) “Xat tashuvchi”
C) “Kechir, yurtim!” D) “Okopdan xatlar”
123. Taqdir kuldi, o’lim tegmasdan
O’tib ketdi, qilmadi jur’at
Netay, axir so’nggi minutda
Pistoletim qildi xiyonat…
Ushbu parcha M. Jalilning qaysi she’ridan olingan?
A) “Kechir, yurtim!” B) “Ishonma”
C) “O’rtoqlar” D) “Biz boramiz”
124. M. Jalilning “Maobit daftari” to’plamini kim ona tilimizga tarjima qilgan?
A) Mamarasul Boboyev B) Mirtemir
C) M. Shayxzoda D) J. Kamol
125. Quyidagilardan qaysi birida ko’proq holat kulgusiga guvoh bo’lamiz?
A) Gogolning “Revizor” asarida
B) Sh. Boshbekovning “Temir xotin” komediyasida
C) S. Ahmadning “Qoplon” hikoyasida
D) S. Ahmadning “Kelinlar qo’zg’oloni” da
126. 1906-yilning 15- fevralida Rossiyaning Orenburg gubernasida dehqon oilasida dunyoga kelgan shoirni aniqlang.
A) Musa Jalil B) S. Ahmad
C) A. Oripov D) E. Vohidov
127. 1942- yilning iyun oyidagi janglarda yaralanib, fashistlar qo’liga asirlikka tushgan iste’dodli tatar shoirini aniqlang.
A) Musa Jalil B) S. Ahmad
C) A. Oripov D) E. Vohidov
128.M. Jalil ovuldagi boshlang’ich ta’limni olgach, tahsilni qayerda davom ettiradi?
A) “Hasayniya” madrasasida
B) Moskva davlat universitetida
C) Moskva davlat konservatoriyasida
D) Orenburgdagi oily maktabda
129. M. Jalilning ilk she’ri qachon qaysi gazetada bosilib chiqadi?
A) “Qizil yulduz” gazetasida 1917-yil
B) “Xalq so’zi” gazetasida 1916-yil
C) “O’zbekiston ovozi” gazetasida 1919-yil
D) “Qizil yulduz” gazetasida 1919-yil
130. M. Jalilning dastlabki to’plami qanday nomlanadi?
A) “O’rtoqlar” B) “Ordenli milionerlar”
C) “Biz boramiz” D) “Ishonma”
131. “O’rtoqlar”, “Ordenli millionerlar” nomli to’plamlar muallifini aniqlang.
A) Musa Jalil B) S. Ahmad
C) A. Oripov D)J. Jabborov
Do'stlaringiz bilan baham: |