7- amaliy mashgulot asosiy vositalar hisobi mavzuning maqsadi


- mashq. Asosiy vositalarni kirimini hisobga olish


Download 64.45 Kb.
bet6/9
Sana18.06.2023
Hajmi64.45 Kb.
#1570711
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
7-амалий маш

9.2.- mashq. Asosiy vositalarni kirimini hisobga olish
A) «Nurli-Zamin» fermer xo‘jaligi «Namuna» MChJ dan dastgoh sotib oldi. Dastgohning shartnoma bahosi 50000 ming so‘mni tashkil etadi. Dastgohni fermer xo‘jaligiga olib kelish uchun «Davr-trans» MChJ xizmat ko‘rsatdi va 1800 ming so‘m xizmat haqi aktseptlandi. Xo‘jalikka keltirilgan dastgohni tushurish va o‘rnatish ishlarida ishlagan korxona ishchilariga 1000 ming so‘m ish haqi hisoblandi. Dastgohni sinab ko‘rish uchun 800 ming so‘mlik xom-ashyo materiallar sarflandi. Dastgoh ishga yaroqliligi tekshirilgandan so‘ng balansga qabul qilindi.


Topshiriq:
1. Asosiy vositlarni balansga qabul qilish bilan bog‘liq barcha hisob-kitoblarni keltiring.
2. «Nurli-Zamin» fermer xo‘jaligi muomalalari ro‘yxatga olish daftarida xo‘jalik operatsiyalarini ikki yoqlama yozuvda aks ettiring.
3. Fermer xo‘jaliklarida asosiy vositalarni hisobga olishning normativ-huquqiy tartibga solinishini tushuntirib bering.


B) «Nurli-Zamin» fermer xo‘jaligi ofis binosining qurilishini boshladi. Qurilishga «Plast-stroy» MChJ xizmatidan foydalandi va 92000 ming so‘m xizmat haqiga schot-fakturani qabul qildi. Bino qurilishiga 14000 ming so‘mlik qurilish materiallari sarflandi. Qurilishda ishlatilayotgan asosiy vositalarga 11500 ming so‘mlik yoqilg‘i sarflandi. Mazkur asosiy vositalarga 1380 ming so‘m amortizatsiya ajratmasi hisoblandi. Ofis binosi qurib bitkazilgandan so‘ng dizayn ishlariga «Art-Dizayn» MChJning xizmatidan foydalandi va unga 18500 ming so‘m xizmat haqi to‘lab berildi. Ofis binosi balansga qabul qilindi.


Topshiriq:
1. Asosiy vositlarni balansga qabul qilish bilan bog‘liq barcha hisob-kitoblarni keltiring.
2. «Nurli-Zamin» fermer xo‘jaligi muomalalari ro‘yxatga olish daftarida xo‘jalik operatsiyalarini ikki yoqlama yozuvda aks ettiring.
3. Fermer xo‘jaliklarida asosiy vositalarni hisobga olishning normativ-huquqiy tartibga solinishini tushuntirib bering.
D) «Nurli-Zamin» fermer xo‘jaligi «Rayhon-mebel» MChJ bilan mebel va ofis jihozlarini sotib olish bo‘yicha shartnoma tuzdi. Shartnoma qiymati 23500 ming so‘mni tashkil etadi. Mebel va ofis jihozlarini xo‘jalikka olib kelish uchun «Davr-trans» MChJ xizmatidan foydalandi va 1850 ming so‘m schot-faktura aktseptlandi. Xo‘jalikka keltirilgan mebel va ofis jihozlarini tushurish va o‘rnatish ishlarida ishlagan korxona ishchilariga 700 ming so‘m ish haqi hisoblandi. Mebel va ofis jihozlari fermer xo‘jaligi balansga qabul qilindi


Topshiriq:
1. Asosiy vositlarni balansga qabul qilish bilan bog‘liq barcha hisob-kitoblarni keltiring.
2. «Nurli-Zamin» fermer xo‘jaligi muomalalari ro‘yxatga olish daftarida xo‘jalik operatsiyalarini ikki yoqlama yozuvda aks ettiring.
3. Fermer xo‘jaliklarida asosiy vositalarni hisobga olishning normativ-huquqiy tartibga solinishini tushuntirib bering.

Download 64.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling