Ijtimoiylashuv jarayonidagi ijtimoiy
munosabatlarni tahlil
qilish 2 ta aspektga ega:
ruhiy
mantiqiy
va
Har qanday ijtimoiy o'zaro ta'sirni shu 2 nuqtai nazardan
o'rganish mumkin bo'lgani uchun, tahlil qilishni
ijtimoiy
o'zaro munosabatlarning eng umumiy va fundamental
shakllaridan boshlab, undan maxsus – iqtisodiy, siyosiy va
ijtimoiy o'zaro ta'sirning boshqa shakllariga o'tish
maqsadga muvofiq.
Ijtimoiy o'zaro ta'sirni sotsiologik nuqtai nazardan
tadqiq
etishning 2 asosiy darajasi mavjud:
mikrodaraja
makrodaraja
Kishilarning bir-biri
bilan
o'zaro ta'siri, kichik
guruhlararo o'zaro aloqalar
va interaktsiya
mikrodarajada o'rganiladi.
Ijtimoiy
aloqalarning
makrodarajasi o'z ichiga
yirik ijtimoiy strukturalarni,
jamiyatning asosiy
institutlari din, oila,
iqtisodiyotni oladi.
Ijtimoiy aloqa – odamlarning ijtimoiy ta'siri
orqali amalga
oshiriladigan bog'liqligi bo'lib, u odamning boshqalardan
huddi shunday munosabatni kutishiga asoslanadi. Ijtimoiy
aloqa quyidagilarni o'z ichiga oladi:
- aloqa subyektlari (ikkita yoki minglab bo'lishi
mumkin);
- aloqa predmeti (nima sababdan aloqa amalga
oshirilyapti);
- o'zaro munosabatlarni tartibga solish
mexanizmi.