8-amaliy mashg’ulot: Umumiy jarrohlik kesuvchi va qisqich asboblar Mashg’ulotning maqsadi


Download 107.89 Kb.
bet3/12
Sana09.05.2023
Hajmi107.89 Kb.
#1449538
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
амалий 8

Qaychilar sifatini tekshirish. Qaychilarga sirtdan qaraganda ko’zga tashlanadigan nuqsonlar (kertik, pachoq, zang bosgan joylari va boshqalar) bo’lmasligi kerak. Qaychining qanchalik o’tkir ekanligini sinab ko’rish uchun ho’l papiros qog’ozini qiyib yoqi 1-5 qavatli doqa yoqi paxta kesib ko’riladi. Qaychi qog’ozni, doqani, paxtani bir tekis, uzmasdan va bukmasdan qirqishi kerak; bu bilan tig’ining butun bo’yida sirpanuvchi nuqta boylab jips yopilishi ham tekshirib ko’riladi.
Tibbiyot arralari plastik operatsiyalar va amputatsiyalarda suyaklarni arralash uchun mo’ljallangan. Arraning ishchi qismi juda ko’p kesuvchi qirrali – tishlardan iborat. Tishlar navbatma-navbat turli tomonlarga bukilgan. Ishchi qismi ancha qattiq va shu bilan birga egiluvchan U7A markali po’latdan tayyorlanadi.
Romli arrada -ish qismi romga mahkamlanadi va xalqasimon vint yordamida tarang tortiladi. Arra eni turlicha bo’lgan (6,9 va 12 mm) ishchi qismi bilan komplektlanadi, shuning uchun ular universal hisoblanadi. Yaproqsimon arrada ishchi qismini birligi uning ustiga kiydirilgan maxsus P-simon planka yordamida kuchaytirilgan. Dastasi plastmassadan yoqi metalldan yasaladi.
Pichoqsimon arralar-tishlari romli va yaproqsimon arralarnikiga qaraganda ancha mayda bo’ladi, qo’l va oyoq barmoqlari suyaklarini kesishda ishlatiladi. Bosh suyagini parmalab ochishda simli arrasidan foydalaniladi. Ular bir-biriga qo’shib eshilgan ikkita simdan iborat bo’lib, simlarning uchlari xalqaga kavsharlangan. Har qaysi simga kichik diametrli qattiq sim o’ralgan bo’lib, xuddi shu simlarining o’ramlari to’lqinsimon qavariqlik – tishlar hosil qiladi. Ish ikkita dasta yordamida bajariladi.
Arralarning sifati daraxtlarning qattiq turi: dub, buk yoqi hayvonlarning naychasimon suyaklarni arralab tekshiriladi.
Suyakka ishlatiladigan o’tkir jag’li ombur. Suyak o’simtalarni uzib olish, suyak qirralarini tozalash va shunga oxshash ishlarda ishlatiladi.
Ishchi qismining tuzilishiga ko’ra o’tkir jag’li omburlar :
1) novsimon omburlar va 2) jag’lari to’g’ri o’tkir omburlarga bo’linadi.
O’tkir jag’li omburlar 3 xil bo’ladi: a) jag’i to’g’ri omburlar; b) yuzi egilgan omburlar; v) belidan egilgan omburlar.
Novsimon o’tkir jag’li omburlarning quyidagi turlari ishlab chiharilmoqda: 1) suyakka ishlatiladigan yumaloq jag’li tog’ri va egilgan omburlar; 2) suyakka ishlatiladigan ikki uzatmali, oshiq-moshiqli omburlar: a) yuzi egilgan, kambar oval jag’li omburlar; b) uchi yon tomonda egilgan oval jag’li omburlar; v) yuzi egilgan yumaloq jag’li omburlar.
Quyidagi omburlar tog’ri jag’li qilib chiqariladi: 1) suyakka ishlatiladigan tog’ri jag’li, burchak ostida egilgan omburlar; 2) suyakka ishlatiladigan to’g’ri jag’li egilgan yuzi oshiq-moshiqli, ikki uzatmali qisqich ombur.
O’tkir jag’li qisqich omburlar sifatini tekshirayotganda jag’lari, qirralarining to’g’ri va jips yopilishiga, ularda kertik, pachoq joylar va shunga oxshash nuqsonlar yo’qligiga ishonch hosil qilish kerak. Omburning kesish hususiyatlarini tekshirish uchun kartonni yoqi 3-4 mm qalinlikdagi yangi suyak plastinkani 10 marta kesib ko’riladi. Shunda omburning kesuvchi qirralarida yuqorida ko’rsatilib o’tilgan nuqsonlar paydo bo’lmasligi kerak.

- Umumiy jarrohlik asboblar yordamida to’qimalarni kesish, to’qimaning zararlangan joyini kesib olib tashlash, operatsiya qilinayotgan joyga qo’l oson yetishi uchun yo’l ochish va tamponlar kiritish, to’qimalarni tikish va shu kabi jarrohlik operatsiyalar bajariladi.


- Har qaysi asbobni shartli ravishda uchta qismga bo’lish mumkin:
1) ishchi qismi;
2) manipulyatsion yoqi harakatlantirish (boshharish) qismi;
3) birlashtirish yoqi uzatish qismi.



Download 107.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling