8– laboratoriya ishi Mavzu: Nitrifikatsiya jarayoni. Denitrifikatsiya jarayoni Darsning maqsadi


1-jadval Dastlabki o‘simlik materiallarini sterillash


Download 35.23 Kb.
bet4/6
Sana12.03.2023
Hajmi35.23 Kb.
#1263495
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
25-20

8
1-jadval
Dastlabki o‘simlik materiallarini sterillash
(R.G.Butenka, 1990 yil)

Manba


Sterilizatsiya vaqti, daqiqa

0,1% li diatsid

0,1% li kumush xlorid (AgCl2)

5-9% li gipoxloritlar
(Na, Ca)

10-12% li vodorod peroksidi (H2O2)

Urug‘lar

Quruq

15-2

10-15

15-20

12-15

Namlangan

6-10

6-8

10-15

6-8

To‘qimalar

sutli ildiz, ildizmeva

20-3

15-25

15-20

-

daraxtlangan poya

20-4

20-25

20-25

-

barglar

1-3

1-3

3-6

3-5

Apekslar

1-10

1-7

3-15

2-7

Oziqa muhitlarini avtoklavda 1200S da 0.75 – 1,0 atm. bosimda 20 daqiqa davomida sterilizatsiya qilinadi. Agar oziqa muhiti tarkibiga yuqori haroratda parchalanadigan moddalar kirsa, ular alohida sovuq sterillanadi. Ularni teshiklar diametri 0,22–0,45 mkm bo‘lgan bakterial filtrlardan o‘tkaziladi va avtoklavdan chiqqan oziqa muhitini 400S gacha sovutib, keyin ularni aralashtiriladi. Oldindan folgaga (alyumin qog‘oi) yoki o‘raydigan qog‘ozga o‘ralgan idishlarni quruq issiq bilan quritgich shkaflarida 1600S da ikki soat davomida sterillanadi.


Laminar-boksni sterillash. Laminar-boks ajratilgan to‘qima, hujayralarni o‘stirish va boshqa steril sharoitni talab etuvchi ishlarni bajarish uchun mo‘ljallangan. Bu erdan steril sharoit laminar-boksga o‘rnatilgan havo o‘tkazadigan bakterial filtrlar yordamida amalga oshiriladi. Ish boshlanishidan 2 soat oldin labinar-boksdagi ultrabinafsha nurli bakteritsid lampasi yoqib qo‘yiladi. Laminar-boksga lampa yoqmasdan spirt lampasini, gugurtni, 96% li spirt solingan chinni stakan, steril suv, binokulyar lupa kiritib qo‘yiladi. Laminarni ichini, lupani, spirt lampasini, oziqa solingan probirka spirtini 70% li spirt bilan aritiladi.
Ishlaydigan odam qo‘lini sovun bilan yuvib, spirt bilan artadi, boshga sochni yopib turadigan selofan paket va steril xalat kiyishi kerak.
Idishlarni sterillash. Idishlar avval sovunli poroshok va xrompik (kaliy xromli sulfat kislotasi) eritmasi bilan yaxshilab yuviladi. YUvilgan idishlar distillangan suvda chayilgandan so‘ng quritish shkafida quritiladi. Sterillangan idishlarni qayta ifloslanishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun idishlar qog‘ozga o‘raladi.


9

So‘ngra idishlar quritish shakafiga joylashtirilib 2 soat davomida 1600 S haroratda saqlanadi. Bu davr ichida faqat bakteriyalar emas balki ularning sporalari ham nobud bo‘ladi. Harorat 1750 S dan yuqori bo‘lmasligi kerak, chunki paxtadan yasalgan probkalar kuyib qo‘ng‘ir tusga kiradi, idishlar o‘ralgan qog‘oz esa kuyib maydalanib ketadi. Sterillash uchun avtoklavdan foydalanish bu jarayonni yanada sifatli amalga oshirishga imkon beradi, chunki yuqori haroratli par ta’sirida mikroorganizmlar ham ularning sporalari ham nobud bo‘ladi. Idishlar folgaga yoki qog‘ozga (qog‘oz ustidan selofan) o‘raladi. Pipetkalarni tepadagi teshigiga paxta tiqilib qog‘ozga o‘raladi va bu idishlar 1,5 atmosfera bosimda 25-30 daqiqa davomida avtoklavda sterillanadi.



Download 35.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling