№8 ma’NAVIY ma’rifiy soatlar rejasi
-Mavzu: Ozbekistonning siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalari tarixi
Download 1.29 Mb.
|
МАЪНАВИЯТ МАВЗУЛАР МАРУЗАСИ 1 КУРС
13-Mavzu: Ozbekistonning siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalari tarixi.
Ozbekistonning xalqaro munosabatlari juda uzoq tarixga ega. Tarixga nazar tashlaydigan bolsak, Kushon davlatidayoq xalqaro elchilik va savdo aloqalari keng rivoj topgan. 99 yilda Kushon davlatining elchisi Rimga borgan. Kushon va Rim saltanatlari ortasida yaqin elchilik aloqalari bolgan. Ehtimol shu boisdan bolsa kerak, Rim podsholari XI asr boshlarida Troyan kolonnalariga Rimga kelgan elchilar, savdogarlar, hunarmandlarning tasvirlarini tushirganlar. Ana shu haykal tasvirlarda Markaziy Osiyo vakillarining tasvirlari ham uchraydi. Baqtriya hududida Rim tangalari va sanat asarlarining namunalari koplab topilgan. Vatanimiz xalqlari tarixida «Buyuk ipak yoli» katta ahamiyatga egadir. Yozma manbalardagi malumotlarga qaraganda III-VII asrlarda Markaziy Osiyo va Orta Sharq orqali otgan ipak yolining nazorati sogdlarning qolida bolgan bolsa, VIII asr ortalariga kelib, «Ipak yoli»ning garbiy qismi arablar nazoratiga otadi. XIII asrda esa ipak yolining barcha tarmoqlari boylab nazoratni Chingizxon oz qoliga oladi. Bu holat to XIV asr ortalarigacha davom etdi. Song «Ipak yoli» Temur va Temuriylar nazorati ostiga otdi. «Ipak yoli» orqali Xitoydan garb mamlakatlariga, asosan, ipak, ilk orta asrlardan boshlab qogoz chiqarilgan bolsa, garb mamlakatlaridan Xitoyga shisha, jundan ishlangan har xil gazlamalar, gilam, palos, oyna, metall, zebi ziynat bezaklari, qimmatbaho toshlar: lazurit, biryuza, serdalik, har xil dorivorlar, argumoq otlar olib borilgan. Vatanimizning har bir olkasi qadimda xalqaro savdoda oziga xos mahsulotlari bilan ishtirok etishgan. Xitoy manbalarida qayd etilishicha, V VI asrlarda Sharqiy Turkiston va Markaziy Osiyoda koplab goza ekilgan. Uning tolasidan oppoq va mayin mato toqilgan. Xitoy bozorlarida bunday matoga talab katta bolgan. Chunki usha davrlarda Xitoyda paxta ekilmas edi. V VI asrlarda Chochda yasalgan oq-yoy «kamoni chochiy» nomi bilan butun Sharqqa dongi taraladi. Ilk orta asrlarda birgina Zarafshon vodiysida, Samarqand va Buxorodan tashqari, Rivdad, Kushoniya, Dabusiya, Hariman, Arxud, Romitan, Varaxsha va Poykand kabi hunarmandchilik va savdo shaharlari mavjud edi. Ayrim malumotlarga qaraganda, Poykand shahri Eftaliylar davlatining poytaxti bolgan. Xitoyliklar bu shaharni Bi nomi bilan tilga olishgan. Arablar uni «Madinat ut-tujjor» yani «savdogarlar shahri» deb yuritar edi. V-asrda Markaziy Osiyolik shishagarlar Xitoy hunarmandlariga rangli shisha buyumlar yasashni orgatadilar. Markaziy Osiyo shishasi rangdorligi, yarqiroqligi va tiniqligi jihatdan Vizantiya shishasidan ustun turgan. Xitoy imperatorlari oz saroylarini bezashda Markaziy Osiyodan keltirilgan rangli shishadan foydalanganlar. Mintaqamizda VII-asrda Garbiy Turk xoqonligi hukmronligi davrlarda Xitoy bilan savdo nihoyatda avjiga chiqadi. Bu davrda Xitoyga toqqiz marotaba savdo elchilari yuboriladi. 627 yilda Buxoro, Samarqand, Ishtixon va Ustrushonadan birlashgan juda katta savdo karvoni Xitoyga yetib boradi. Sogdning Markaziy Osiyo va Xitoy bilan VI-VII asrdagi aloqalari haqida turli yozma va arxiologik manbalar malumot beradi. Buning dalili sifatida Afrasiyobda ochilgan devoriy rasmlarda sogd hokimi Varxumaning Chaganiyon, Choch va Xitoydan kelgan elchilarni qabul qilish marosimi tasvirlanadi. Sogdning sharbatli uzumlaridan musallas tayyorlangan, Samarqandning zargoldoq shaftolisi Xitoy poytaxtida «Samarqandning oltin shaftolisi» nomi bilan dongi ketgan edi. Sogd ilk orta asrlarda nafaqat savdo balki, bolalarni savodxon bolishlariga ham etibor qaratilgan. Xitoy manbalarining guvohlik berishicha, Sogdda besh yoshga tolgach, ogil bola yozuv va hisobga orgatilar, songra ular 20 yoshga kirgach, savdo ishlarini organish uchun ozga mamlakatlarga jonatilar edi. VIII-asrda janubiy Ozbekiston, janubiy Tojikiston va shimoliy Afgonistonni oz ichiga olgan Tohariston, Xitoyga olib chiqqan qizil va zumrad rangli shishalari xitoyliklarni lol qoldirgan. Tohariston dori darmonlari esa Xitoyda juda qadrlangan. Vatanimizning Fargona vodiysida Davan deb nomlangan qadimda davlat mavjud bolgan. Davan qoshni mamlakatlarga argumoqlar, boyoqlar, rang-barang shisha buyumlar va dori-darmonlar chiqargan. Somoniylar davrida Movarounnahr xojalik hayotida Xorazm katta orinni egallagan. Xorazm chetga suvsar moynasi, oq suvsar moynasi, sassiqkuzan moynasi, latcha moynasi, tulki, quyon va echki moynalari, sham, oq, oq terak postlogi, uzun qalpoqlar, baliq yelimi, kanakunjut moyi, anbar, ot terisidan ishlangan charm, asal, yongoq, lochin, qalqonlar, slavyan qullari, qoylar va sigirlar chiqarar edi. Xorazm bu buyumlarni bulgorlardan olardi. Bulardan tashqari Xorazm chet mamlakatlar bilan koplab quruq mevalar, har xil movut, qand-qurs, gilamlar, kimxoblar, choyshablar, qulflar, kamonlar, pishloq, boza, baliq, qayiqlar va boshqa mahsulotlar bilan ham savdo qilardi. Bu davrda Buxoroning Zandana qishlogida toqilgan malla rang buz «zandanacha», Samarqandning Vador qishlogida tayyorlangan mato «vadoriy» nomlari bilan Sharqda mashhur edi. Vadoriy matodan tikilgan kiyimlarni Xurosonda amirlar, vazirlar va qozilar kiyardilar. Vadoriy koylakning bahosi ikki dinordan on dinorgacha bolgan. Somoniylar davrida Movarounnahrda «Buyuk ipak yoli» orqali boladigan karvon savdosi katta ahamiyat kasb etdi. Karvon savdosi Markaziy Osiyo orqali Janubiy-Sharqiy Yevropa mamlakatlarini Sharq mamlakatlari, avvalo Mogiliston va Xitoy bilan boglab turar edi. Somoniylar davrida Buxoro, Samarqand, Kohna Gurganj, Marv, Binkat, Kesh, Nasaf, Axsikat kabi shaharlar orta asr hunarmandchiligining rivoj topgan yirik markaziga aylanadi. Narshaxiyning yozishicha, IX asrda Buxoro arki yonida podsholikka qarashli Bayt ut tiroz katta toqimachilik korxonasi bolgan. Unda qimmatbaho rangli mato, palos, darparda, yostiq jildi, joynomoz va ust kiyimliklar toqilgan. Samarqandda koproq misgarlik, zargarlik va sarrojlik rivojlangan edi. Turli matolar, kimxob, shoyi va romollar toqilar, yuqori navli qogoz ishlab chiqarilar edi. Shosh ozining konchilik mahsulotlari va charm buyumlari bilan, Iloq esa kumush va qorgoshin konlari hamda kumush tanga chiqaradigan zarbxonasi bilan mashhur edi. Movarounnahrning xojalik hayotida Xorazm ham katta oringa ega bolgan. Bu yerda hunarmandchilikning boshqa sohalari qatorida qayiqsozlik taraqqiy qiladi. Xorazm va Termizda yasalgan qayiqlarda Amudaryo boylab muttasil yuk tashilgan.15 Sharqiy Yevropa bilan olib borilgan savdoda Xorazm muhim orin egallagan. IX X asrlarda karvon savdosi Xorazm bilan ikki yirik savdo markazi xazarlar va bulgorlar ortasida olib borilgan. Bu davrda ikkita savdo markazi Volga boyida shuhrat qozongan. Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling