14-Mavzu: O’zbekiston Respublikasining 2021 yil 5 iyuldagi №O’RQ-699-sonli ”Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida”gi Qonuni to’g’risida
O’zbekiston Respublikasining №O’RQ-699-sonli ”Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar togrisidagi Qonuni 2021 yil 5 iyulda tasdiqlangan.
Ushbu qonunning maqsadi vijdon erkinligini taminlash soxasidagi munosabatlarni, shuningdek diniy tashkilotlar faoliyatini tartibga solishdan iborat. Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar togrisidagi qonunchilik Ozbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, ushbu Qonun va boshqa qonunchilik xujjatlaridan iborat bolib, agar Ozbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Ozbekiston Respublikasining vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar togrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bolsa, xalqaro shartnoma qoidalari qollaniladi.
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qollaniladi:
diniy talim muassasasi muayyan konfessiyaga mansub bolgan, diniy tashkilotlarning professional xizmatchilarini va ular uchun zarur bolgan diniy xodimlarni tayyorlash uchun diniy tashkilotlarning Ozbekiston Respublikasi boyicha markaziy boshqaruv organi tomonidan tashkil etilgan muassasa;
diniy tashkilot fuqarolarning belgilangan tartibda royxatdan otkazilgan, birgalikda dinga etiqod qilish, ibodat qilish, diniy rasm-rusumlar va marosimlarni bajarish maqsadida tashkil etilgan, daromad olishni oz faoliyatining asosiy maqsadi qilib olmagan xamda daromadlarni oz ishtirokchilari ortasida taqsimlamaydigan kongilli birlashmasi (maxalliy dinin tashkilot, diniy talim muassasasi va diniy tashkilotlarning Ozbekiston Respublikasi boyicha markaziy boshqaruv organi);
diniy tashkilotlarning Ozbekiston Respublikasi boyicha markaziy boshqaruv organi bir konfessiyaning maxalliy diniy tashkilotlari, shuningdek diniy talim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida Ozbekiston Respublikasining kamida sakkizta mamuriy-xududiy birligida royxatdan otib faoliyat korsatayotgan maxalliy dininy tashkilotlar tomonidan tashkil etilgan diniy tashkilot;
Do'stlaringiz bilan baham: |