8-mavzu: jon meynard keyns ta`limoti va keynschilik


mufassal  tavsifi,  uning  farovonligining  pasayi-shi  sabablari  va  qayta


Download 1.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/97
Sana05.01.2022
Hajmi1.94 Mb.
#214375
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   97
Bog'liq
такой

mufassal  tavsifi,  uning  farovonligining  pasayi-shi  sabablari  va  qayta 
tiklanishining  oddiy  usullari...»  asarida  e’lon  qildi.  P.Buagilber  bu  asarida 
merkantilizm  iqtisodiy  siyosatini  qattiq  tanqid  qildi.  Bu  siyosatning  boshida  o’sha 
davrdagi  Lyudovik XIV qirolligida  moliya  vaziri  lavozimini  egal-lab  turgan Jan 
Batist  Kolber  turar  edi.  U  Frantsiya  tovarlari  eksportini  rag’batlantirishni, 
Frantsiyaga  keladigan  import  tovarlarni  esa  cheklashni,  qishloq  xo’jaligi  ishlab 
chiqarishiga  yuqori  soliq  belgilashni  qonunlashtirgan.  Bu  sanoat  ishlab  chiqa- 
rishiga hamda bir butun milliy iqtisodiyotga salbiy ta’sir ko’rsatdi. 
Iqtisodiyotdagi  salbiy  holatlarni  bartaraf  etish  yo’llarini  aniq-lash  P.Buagilberning 
keyingi, XVIII asrning boshida chop etilgan asar-larining ham asosiy vazifasi hisoblanadi. 
Ularda P.Buagilber merkan-tilizmni tanqid qilishni davom ettirdi, islohotlar zarurligini asos- 
lab berdi, iqtisodiy o’sishning va davlat boyligining asosi deb bilgan qishloq xo’jaligi ishlab 
chiqarishini rivojlantirish muammolariga alohida e’tibor qaratdi. Bunday qarash Frantsiya 
iqtisodiy  qarashlarida XVIII asrning  yarmigacha  saqlanib  qoldi.  Chunki  o’sha  davrda 
ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlanishdagi  qishloq  xo’jaligi  ishlab  chiqarishining  hal  qiluvchi 
mavqeini targ’ibot qiluvchi fiziokratizm ancha kuchaygan edi. 
1707 yili P.Buagilberning «Frantsiyani qoralash» asari chop etildi. Unda 
Frantsiyaning  kambag’allik  holati  ko’rsatildi,  merkantilistik  siyosat  qoralandi. 
Iqtisodiy  islohotlar  o’tkazish  to’g’risida  yangi  g’oyalar  ilgari  surildi.  Biroq  ular 
o’zi  ishongan  va  umid  qilgan  hukumat  vazirlari  tomonidan  ham  e’tiborga  olin- 
madi, qo’llab-quvvatlanmadi. 
Iqtisodiy    fikrlarning    rivojlanishida    va    Frantsiyada    bozor 
munosabatlarining  shakllanishida  P.Buagilberning  hissasi  kat-ta  bo’ldi.  Aynan


uning  asarlari  merkantilistik  g’oyalarning  batamom  obro’sizlanishi  va  Frantsuz 
klassik  iqtisodiy  maktabi-ning  shakllanishi  uchun  nazariy-metodologik  asos 
bo’lib   xizmat   qildi.   U   Pettidan   qat’iy   nazar,   mamlakatning   boyligi   pul 
miqdoridan  iborat  emas,  balki  barcha  foydali  narsa  va  ne’mat-lardan  tashkil 
topadi degan kontseptsiyani ilgari surdi. 
Nazariy qoidalarning o’ziga xosligi.  P.Buagilberning muhim yutug’i, U.Pettiga 
o’xshab,  qiymatning  mehnat  nazariyasini  «asos-lab»  berishi  hisoblanadi.  Bunda 
u      bozorda  tovarlar  o’rtasidagi  almashuv  nisbatlari  mexanizmini  sarflangan 
mehnat    miqdori    yoki    ish    vaqtini    hisobga    olgan    holda    tahlil    qiladi.    Bu 
kontseptsiya  nomukammal  bo’lishiga  qaramasdan  (uning  asosida  sarfli  printsip 
yotadi)  o’z  davri  uchun  progressiv  hisoblanadi,  negaki  merkanti-listlarning 
bahoning  shakllanishida  pulning  tabiiy  roli  to’g’ri-sidagi  kontseptsiyasidan 
keskin farq qiladi. 
P.Buagilber  merkantilizmni ko’p jihatdan to’g’ri  tanqid qilish bilan birga, 
pulning iqtisodiyotdagi  ahamiyatini mensi-magan holda, mamlakatning iqtisodiy 
o’sishida    qishloq    xo’jaligi    ahamiyatini    mutlaqlashtirdi,    boylikni 
ko’paytirishdagi  sanoat  va  savdoning  ahamiyatini  inkor  etdi.  Klassik  iqtisodiy 
nazariya  vakillari  ichida  u  pulni  bekor  kilish  mumkin  va  zarur  deb  hisoblagan 
yagona  iqtisodchi  hisoblanadi,  uningcha  pul  tovar-larning  «haqiqiy  qiymatlari» 
bo’yicha ayirboshlanishini buzadi. 
Birinchi  Frantsuz  klassigining  fikri  bo’yicha,  iqtisodiyot-dagi  asosiy  soha 
savdo  emas,  balki  ishlab  chiqarish,  eng  avvalo,  qishloq  xo’jaligi  hisoblanadi. 
P.Buagilber  o’z  asarlarida  iq-tisodiyotning  «tabiiy»  qonunlari  to’g’risida  qayd 
qilib  o’tadi.  Davlat  yuqori  soliqlarni  joriy  etish  yoki  protektsionizm  siyosa-tini 
qo’llash bilan ularga halaqit bermasligini tavsiya etadi. 
 
 
 

Download 1.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling