8-sinf adabiyoti darsligi bo`yicha savol-javoblar
Download 44.16 Kb.
|
8-SINF ADABIYOTIDAN SAVOL-JAVOB-Erkaboyeva
- Bu sahifa navigatsiya:
- J: Hozirgi tilimizdagi «bormagin» fe’li ma’nosida
- J: O‘zboshimchalik qilish
- J: “Sarvi gulrux soridin” tajnisli tuyug`i
- J: “Butmagan” tajnisli tuyug`i
NAVOIY TUYUQLARI
1. Navoiy tuyuqlarining soni nechta? J: 13 ta 2. Navoiy barcha tuyuqlarini bir yerga jamlab, qaysi devon tarkibiga kiritgan? J: «Badoye’ ul-vasat» 3. Necha dedim ul sanamg‘a: “Bormog‘in”, Qilmadi ul tark oxir bormog‘in. Munchakim xudroyliq ko‘rguzdi ul, Aql hayrat qildi, tishlab bormog‘in. Ushbu tuyuqning 1-misrasida qo`llangan “bormog‘in” so‘zi ma’noda kelgan? J: Hozirgi tilimizdagi «bormagin» fe’li ma’nosida 4. Qaysi janrdagi she’rning qofiyasida kelgan shaklan bir xil so‘zlar yoki so‘zlar turkumining har satrda boshqa-boshqa ma’no anglatib kelishi kishida ajib bir zavq uyg‘otadi? J: Tuyuq 5. “Bormog`in” tajnisli tuyuqning nechanchi misrasida sanamning qaysarligi aytiladi? J: 3-misrada 6. “Bormog`in” tajnisli tuyuqda qo`llangan «xudroyliq» so`zi qanday ma’noni anglatadi? J: O‘zboshimchalik qilish 7. Navoiyning qaysi tuyug`ida shoir yashagan XV asrda ham «barmoqni tishlamoq» iborasi «hayratlanmoq» degan ma’noning ta’sirchan ifodasi sifatida ishlatilganiga guvoh bo`lamiz? J: «Bormog‘in» tajnisli tuyug`i 8. Navoiyning qaysi tuyug`ida mavhum tushuncha hisoblangan aql jonlantirilgan? J: «Bormog‘in» tajnisli tuyug`i 9. O‘tkali ul sarvi gulrux soridin, Yo‘q xabar ul sarvi gul ruxsoridin. Hajridin bog‘ ichra berur yodima Qomatidin sarvu, gul – ruxsoridin. Ushbu she’rning janrini aniqlang. J: Tuyuq 10. O‘tkali ul sarvi gulrux soridin,
11. O‘tkali ul sarvi gulrux soridin, Yo‘q xabar ul sarvi gul ruxsoridin. Hajridin bog‘ ichra berur yodima Qomatidin sarvu, gul – ruxsoridin. Ushbu tuyuq qaysi devonga kiritilgan? J: “Badoye’ ul-vasat” 12. O‘tkali ul sarvi gulrux soridin,
Ushbu tuyuqning nechanchi misralarida qo`llangan “gul” so`zi istiora san’atini yuzaga keltirgan? J: 1- va 2-misrada 13. O‘tkali ul sarvi gulrux soridin,
Ushbu tuyuqning nechanchi misrasida “sarv” va “gul” so`zlari o`z ma’nosida qo`llangan? J: 4-misrada 14. Navoiy qaysi tuyug`ida ohoriy, ilgari tutilmagan, ya’ni tamoman yangi tajnislar ijod qilgan? J: “Sarvi gulrux soridin” tajnisli tuyug`i 15. «Ruxsor» so‘zi esa o‘z ma’nosida «yuz»ni bildirib turibdi. Lekin bunda ham so‘z ko‘chimi – metonimiyaning «sinekdoxa» degan turi bor: uzv, ya’ni butunning bir bo‘lagi («yuz») tilga olinib, amalda butun (ya’ni yor)ning o‘zi ko‘zda tutilgan. Ushbu ta’rif “Sarvi gulrux soridin” tajnisli tuyuqning nechanchi misrasi haqida? J: 2-misrada 16. Tig‘i ishqing yorasidur butmagan,
Ushbu she’rning janri qaysi javobda to`g`ri ko`rsatilgan? J: Tuyuq 17. Tig‘i ishqing yorasidur butmagan,
18. Navoiyning qaysi tuyug`ida tajnis turkiy (o‘zbekcha) fe’l turkumiga mansub shakldosh (omonim) so‘zlarga tayangan holda yuzaga keltirilgan? J: “Butmagan” tajnisli tuyug`i 19. Tig‘i ishqing yorasidur butmagan,
Ushbu tuyuqning 1-misrasida qo`llangan “butmagan” so`zining ma’nosi qaysi javobda to`g`ri keltirilgan? J: Tuzalmagan 20. Tig‘i ishqing yorasidur butmagan,
Ushbu tuyuqning nechanchi misrasida istiora san’ati qo`llangan? J: 3-misrada 21. Bunday chiroyli va mantiqiy dalil keltirish usuliga adabiyotshunoslikda «husni ta’lil san’ati» deyiladi. Navoiyning qaysi tuyug`ida husni ta’lil san’ati uchraydi? J: “Butmagan” tajnisli tuyug`i Download 44.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling