8-sonli yig‘ilish bayonnomasi


ESHITILDI: Kun tartibidagi ikkinchi masala


Download 19.24 Kb.
bet2/4
Sana19.01.2023
Hajmi19.24 Kb.
#1101991
1   2   3   4
Bog'liq
2 ta yig\'ilish

ESHITILDI: Kun tartibidagi ikkinchi masala, Xo‘jalik shartnomalar bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar tahlili haqida kafedra mudiri PhD M.M.Berdiyeva axborot berdi. Bundan tashqari, kafedradagi barcha professor-o’qituvchilar xo’jalik shartnomasining bir qismiga to’lov qilishi kerakligi haqida o’qituvchilar ogohlantirildi.
ESHITILDI: Kun tartibidagi uchinchi masala, kafedra mudiri PhD M.M.Berdiyeva so’zga chiqib, Malakaviy va pedagogik amaliyot dasturlarini haftalik o‘quv mashg‘ulotlari “4+2” tartibida, shu jumladan darslarning 4 kuni oliy ta’lim muassasasida, 2 kuni maktabgacha ta’lim tashkilotlarida amaliyot o‘tash tartibida olib borishini muhokamasi va tasdiqlash to‘g‘risida o’z fikrlarini aytib o’tdi. O’qituvchilarga biriktirilgan fanlar yuzasidan 4+2 dasturi bo’yicha har bir talaba oylik hisobotlarini, kundaliklarini tayyorlab borish kerakligi haqida aytib o’tdi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlar orqali talabalarni ta’lim jarayoniga jalb etish haqida ta’kidlab o’tdi.
ESHITILDI: Kun tartibidagi to’rtinchi masala, kafedra mudiri PhD M.M.Berdiyeva so’zga chiqib, O‘qit. X.Nuritdinovaning ilmiy hisoboti haqida o’z fikrlarini bildirdi. O’qituvchi X.Nuritdinova 13.00.01- Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limlar tarixi ixtisosligi bo’yicha “Talabalarning kommunikativ kompetentliligini rivojlantirish” mavzusida Pedagogika fanlari bo’yicha falasafa doktori (PhD) ni olish bo’yicha ilmiy ish ustida ish olib bormoqda. Tadqiqot ishi yuzasidan tajriba obekti sifatida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat Pedagogika universiteti va Qarshi davlat pedagogika institutlari belgilandi. Hozirgi vaqtda mazkur mavzu yuzasidan uslubiy qo’llanma tayyorlangan.
ESHITILDI: Kun tartibidagi beshinchi masala, kafedra mudiri PhD.M.M.Berdiyeva so’z olib, ushbu o’quv yilining 13-dekabr kuni Maktabgacha ta’lim nazariyasi kafedrasi o’qituvchisi M.Umarovaning Maktabgacha ta’lim yo’nalishi 1-kurs 105-guruhida “Bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o’rgatish”fanidan “Mazmunli va bezakli applikatsiyalar mavzusidagi tashkil qilgan bir paralik ochiq amaliy darsini o’tganligini va unda ishtirok etgan har bir o’qituvchi ushbu darsning muhokamasiga to’xtalib o’tishini aytib o’tdi. Muhokama jarayonida M.Umarovaning ochiq amaliy ijobiy deb topildi.

Download 19.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling