9-Mavzu: Globallashuv va global muammolarning falsafiy jihatlari


Bashorat: turlari, tiplari, metodlari


Download 101.5 Kb.
bet2/3
Sana07.12.2020
Hajmi101.5 Kb.
#162125
1   2   3

Bashorat: turlari, tiplari, metodlari. Bashorat – kelajak haqidagi, ya’ni hali amalda mavjud bo’lmagan, lekin rivojlanishning kutilayotgan rivojini belgilovchi ob’ektiv va sub’ektiv omillar ko’rinishida hozirgi zamonda potentsial mavjud bo’lgan hodisalar va jarayonlar haqidagi bilim. Bashorat o’z gnoseologik tabiatiga ko’ra gipotezani ilgari surishga yaqin turadi. Ammo gipoteza – o’tmishni ham, hozirgi zamonni ham, kelajakni ham bilishga tatbiq etiladigan mantiqiy shakl, bashorat esa kelajakka yoki hali ma’lum bo’lmagan hozirgi davrga qarab mo’ljal oladi.

Kelajakni oldindan aytish usuli, teranlik va aniqlik darajasiga ko’ra bashoratning turlarini farqlash mumkin: Mifologik bashorat; kundalik bashorat ;astrologik bashorat; intuitiv bashorat; ilmiy bashorat.



Mifologik bashorat arxaik ong darajasidagi (eng qadimgi) bashorat turlaridan biri bo’lib, unda voqelar obrazlarning harakatlarida ifodalanadi. Masalan olimlar Mayya qabilalarining “Drezden qo’lyozmalari”da 2012 yil 21 dekabr qiyomat kuni deb belgilanganligi aniqladilar. Xususan, qo’lyozmalarda to’p o’ynayotgan navkarlar, baland tepalikda to’p tushishi mumkin bo’lgan doira hamda boshi tanasidan judo qilingan navkar ramzi ifodalangan. Olimlar fikricha to’p Quyosh ramzi,balandlikdagi doira Somon yo’li ramzi muvozanat markazining ifodasi. Navkarlar to’pni tepib doiraga kiritishi lozim. Doiraga to’pni kirita olmagan navkarnnig boshi olingan. Olimlar to’pning doiraga tushishini qiyomat kuni, ya’ni muvozanatning buzilishi ramzi deb tahlil qilmoqda. SHuningdek, Mayya qabilalari qo’lyozmalarida dunyoviy suv toshqini ham obrazlarda ifodalangan. Darhaqiqat, bundan ikki ming yil ilgari arxaik ong darajasidagi bashorat XX asrdagi tez-tez takrorlanayotgan zilzilalar, suv toshqinlari, dengiz to’fonlari va shu kabi boshqa tabiiy ofatlarda namoyon bo’lmoqda. SHu bois, bugungi kunda pessimist olimlar qiyomat kuni yaqin deb ayyo hannos solsalar, optimistlar bu astronomik sikllar almashinuvi xolos deb bashorat qilmoqda. Insoniyatni yaqin kelajakda nima kutmoqda. Bu savolga inson o’z faoliyati maqsadi va natijalariga ko’ra javob berishi lozim.

Kundalik bashorat insonning kundalik hayot tajribasiga, tabiat va jamiyatda u yoki bu voqealarning tez-tez takrorlanishini bevosita kuzatishga asoslanadi. Kundalik bashoratlarga xalqda mashhur bo’lgan ob-havo alomatlari misol bo’lishi mumkin. Masalan, quyosh botayotganda odatdagidan uzoqroq ushlanib qolgan bo’lsa, yomg’irni kutish kerak; yozda ertalab tuman tushgan bo’lsa, demak kunduzi havo ochiq bo’ladi; SHarqdan shamol essa, tez orada yomg’irlar tugaydi.

Astrologik bashoratosmon jismlarining harakati, Oy va Quyosh tutilishi sikllarini kuzatishga asoslanadi. Astrologik bashorat o’rta asrlarda keng tarqalgan bo’lsada keyinchalik unga munosabat o’zgargan. Lekin, XX asrda ezoterik bilimlarning rivoji astrologik bashoratlarning asosli ekanligini tan olmoqda.

Intuitiv bashorat ilmiy tajriba va mantiqiy mushohadasiz haqiqatning tagiga bevosita yetishdir. Bashoratning bu turi hali yaxshi o’rganilmagan va ko’pincha unga yetarlicha baho berilmaydi. Holbuki, aqlni lol qoldiradigan faktlar ma’lum. Masalan, to’rt yuz yil oldin yashagan frantsuz tabibi Mishel Nostradamus misli ko’rilmagan bashoratgo’ylik qobiliyatiga ega bo’lgan. O’zining mashhur «TSenturiyalari» va boshqa asarlarida u XX asrning texnik kashfiyotlari – suv osti kemalari, samolyotlar, vodorod bombasinigina emas, balki frantsuz va rus inqiloblarini, shuningdek de Goll, Franko, Lenin, Stalin, Gitler, Mussolini kabi shaxslarning paydo bo’lishini ham bashorat qilgan.

O’z davrining mashhur folbini Aleksandra Filippovna Kirxgof buyuk shoir Aleksandr Pushkinga uning hayotidagi muhim voqealarni: tez orada ko’p pul olish, ikki surgun, uylanish, mashhurlik, 38 yoshda hayotni tark yetish ehtimolini bashorat qilgan. Afsuski, bu bashorat to’la ro’yobga chiqqan.

Ukrainalik atoqli faylasuf va shoir Grigoriy Skovoroda ham bashorat qilish qobiliyatiga ega bo’lgan. U o’z qishlog’i – Ivanovkaga oxirgi marta kelganda kasal bo’lmagan. Hammaga o’zining o’limi yaqinligini e’lon qilgan, o’zi o’ziga qabr qazgan, o’z «xonaqosi»ga qaytib kelgan, ich kiyimini almashtirgan, boshiga o’z asarlarini qo’ygan va vafot etgan.

Boshqa ko’plab g’ayrioddiy faktlarni keltirish mumkin. Ularning barchasi intuitiv bashoratni e’tibordan soqit yetish yaramasligidan dalolat beradi.

XX aso oxiri XXI asr boshlarida dunyo tan olgan va e’tirof etgan bashoratchilar Vanga xonim, Juna Davitashvili, er-xotin Pavel va Tamara Globalar bo’lib, ular 1989 yildayoq 1991 yilda SSSR parchalanishini, o’sha davrda hukumatni boshqarayotgan V. Gorbachevning taxtdan ag’darilishini va Mustaqil hamdo’stlik mamlakatlari tashkil etilib, jamiyat hayotida Yangi davr boshlanishini bashorat qilganlar.

Ilmiy bashorat fan doirasida yoki uning yordamida amalga oshiriladi va o’rganilayotgan jarayonning qonuniyatlarini bilishga asoslanadi. U kelajakni ancha samarali bashorat qilish va oldindan ko’ra bilish imkonini beradi.

Ilmiy bashoratning ayrim elementlari qadimgi dunyodayoq mavjud bo’lgan. Masalan, faylasuf Fales (miloddan avvalgi 640-562 yillar) miloddan avvalgi 585 yilda quyosh tutilishini bashorat qilgani ma’lum. Ammo bashorat haqidagi dastlabki bilimlar XV-XVII asrlardagina tabiiy va ijtimoiy fanlarning rivojlanishi bilan bir vaqtda ilmiy tizimga solina boshlagan. Bu jarayon XX asrning 60-yillarida ancha yaxlit ilmiy nazariyalarning yaratilishi bilan yakunlangan.



Inson faoliyati sohalari va bilish ob’ektiga qarab ilmiy bashoratning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, harbiy va boshqa turlari farqlangan. Ijtimoiy bashoratning xususiyatini qayd yetish uchun «prognoz qilish» tushunchasi muomalaga kiritilgan. Prognoz qilish bashoratning alohida shakli bo’lib, u ijtimoiy jarayonlarni o’rganishda yuqori darajada ilmiy asoslanganlik va ob’ektivlik bilan ajralib turadi. Ilmiy bashoratning boshqa shakllaridan farqli o’laroq prognoz qilish – o’z metodologiyasi va texnikasiga ega bo’lgan maxsus tadqiqot.

Bugungi kunda ijtimoiy prognoz qilish muammolari bilan maxsus xalqaro tashkilotlar shug’ullanadi. Ularning orasida quyidagilar bor: Gudzon instituti, REND va Kelajak uchun resurslar korporatsiyalari, CHikago va Kaliforniya universitetlari (AQSH); Keyingi 30 yilda Angliya, Fransiya, Germaniya, Gollandiyadagi futurologiya institutlari va b. Yirik xalqaro uyushmalar: Jahon futurologlar jamiyati, Kelajak dunyosi, Fyutyuribllar xalqaro tashkiloti tuzilgan. Bu futurologik tashkilotlar orasida Rim klubi alohida o’rin egallaydi. Mazkur xalqaro nohukumat tashkiloti 1968 yil aprelda italiyalik jamoat arbobi, «Olivetti» kompaniyasining vitse-prezidenti, FIAT kompaniyasi ma’muriy kengashining a’zosi Aurelio Pechchei tashabbusi bilan ta’sis etilgan. Klub Jenevadagi maxsus reestrda shtat va budjetga ega bo’lmagan, a’zolari soni cheklangan tashkilot sifatida ro’yxatdan o’tkazilgan. Bugungi kunda Rim klubiga jahonning 47 mamlakatida yashab ijod qiluvchi, ilmiy-texnika inqilobi davrida insoniyat rivojlanishining istiqbollarini aniqlashni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan yuzdan ortiq fan va madaniyat arboblari a’zo. Klub faoliyatining asosiy shakli – hozirgi davrning olamshumul muammolarini o’rganishni tashkil yetishdan iborat.

Kelajakni bashrat qilishning o’ziga xos xususiyatlar quyidagilar bilan tavsiflanadi:

1. Prognoz qilish jarayoni ob’ektiv va sub’ektiv asoslarga ega. Prognoz qilishning ob’ektiv asosi o’tmish, hozirgi zamon va kelajakning qonuniy aloqasi bilan belgilanadi.Bashorat qilishning sub’ektiv asosi inson tafakkurining o’tmishdan hozirgi zamon orqali kelajakka eltuvchi qonuniy tendentsiyalarini aniqlash va qayd yetish asosida kelajakni oldindan aytish imkoniyatida zohirdir. Kelajakni oldindan aytish bo’lg’usi voqealar haqida xulosalar chiqarish qobiliyati ko’rinishini kasb etgan.

Prognoz qilishning ob’ektiv va sub’ektiv asoslarini aniqlash uni ba’zan bashorat bilan bog’lanadigan soxta bashoratgo’yliklardan farqlash imkonini beradi. Odatda, soxta bashoratgo’yliklar ob’ektiv jarayonlarni o’rganishga emas, balki sub’ektivistik o’zboshimchalikka, ya’ni ko’ngliga kelgan fikrni ilgari surishga asoslanadi.

2. Ijtimoiy prognoz qilish mavjud nazariyalar bilan uzviy bog’liq, ulardan kelib chiqadi. Ma’lumki, har qanday nazariya uch funksiyani: sintez qilish, tushuntirish va prognoz qilishni bajaradi. ya’ni nazariya u yoki bu sohada mavjud holatni tushuntiradi va uning rivojlanish tendentsiyasini bashorat qiladi. Binobarin, ilmiy prognoz qilish nazariyadan boshlanadi.

Ilmiy bashoratning keyingi mantiqiy tuzilishi quyidagi ko’rinishga ega:

- bashorat muammosini aniqlash;

- gipotezani ilgari surish;

- prognoz qilish (bashoratning umumiy muammosi doirasida ayrim vazifalarni yechish uchun prognozlarni ilgari surish);

- ilgari surilgan prognozlar asosida prognostik faoliyat rejasini tuzish;

- prognozlarning haqqoniyligi, ishonchliligini asoslash va ularni imkoniyat darajasida amaliyot sinovidan o’tkazish yo’li bilan tasdiqlash.

3. Ijtimoiy prognoz qilish kelajakni muayyan tarzda davriylashtirishni nazarda tutadi. Kelajak haqidagi bilimlar hozirgi davrdan uzoqlashishiga qarab o’zining muayyanlik va aniqlik xossalarini yo’qotib, umumiyroq va nomuayyanroq tus olib borgani bois, bevosita, ko’zga ko’rinadigan va uzoq kelajak haqida so’z yuritilsa, maqsadga muvofiq bo’ladi. Bevosita kelajakning vaqtdagi chegarasi 30 yildan oshmaydi. Ilmiy kashfiyot yaratilganidan u amalda gavdalantirilgunga qadar taxminan 20 yil vaqt o’tadi. SHunga asoslanib iqtisodiyotning joriy yuz yillikning 40-yillaridagi texnologik darajasi haqida ishonch bilan hukm chiqarish mumkin. Joriy yuz yillikning kattagina qismini qamrab oluvchi ko’zga ko’rinadigan kelajakka kelsak, bizning u haqdagi bilimlarimiz, ta’bir joiz bo’lsa, haqiqatnamo xususiyat kasb etadi va ularga ehtiyotkorlik bilan yondashish talab etiladi. Jahon aholisi sonining jadal sur’atlarda o’sishi XXI asrning ikkinchi yarmida to’xtashini, 2100 yilga borib u taxminan 10-12,5 mlrd. kishiga yetishini kutish mumkin. Keyingi yuz yillik chegarasi ortida yotgan uzoq kelajak xususida real imkoniyatlarga ega bo’lmagan turli gipotetik farazlarga muvofiq hukm chiqarish mumkin. Ammo bu farazlar tarixiy muddatlar va ularning hayotda gavdalanish shakllari nuqtayi nazaridan muayyan taxminiy baholar bo’lishi ham mumkin emas.

4. Prognoz qilish – bu maxsus ilmiy metodlar yordamida kelajak haqida bilimlar olish jarayoni. Bu metodlar prognoz tuzish maqsadida empirik axborotni tanlash va tahlil qilish usullari va amallari yig’indisidan iborat. Prognoz qilishning ilmiy vositalari to’plami kelajakni bilishning 200 dan ortiq metodlari, maxsus metodikalari va mantiqiy vositalarini o’z ichiga oladi. Ammo ularni besh asosiy guruhga birlashtirish mumkin (qolganlari ularning variantlari hisoblanadi):



Prognozlashtirishning metodlari:

1. Ekstrapolyatsiya metodlari.

2. Tarixiy analogiya.

3. Modellashtirish.

4. Ekspertiza usulida baholash.

5. Kelajak stsenariylari.



Ko’rsatilgan kelajakni bashorat qilish metodlarining har biri o’z afzalliklari va kamchiliklariga ega.

Ekstrapolyatsiya metodlari - qonuniyatlari o’tmishda va hozirgi davrda yaxshi ma’lum bo’lgan tendentsiyalarni kelajakka tatbiq yetishga asoslanadi.Masalan, biron-bir tizimga o’tmishda muayyan o’zgarmas tezlik yoki tezlanish bilan rivojlanish xos bo’lgan bo’lsa, bizda bu tezlik yoki tezlanish kelajakda ham muayyan zamon oralig’ida o’zgarishsiz qoladi deb hisoblash uchun asoslar bor. Tarixiy analogiya – bu taqqoslash yo’li bilan kelajakni bilish. Taqqoslanayotgan ijtimoiy hodisalar o’rtasida farq ham, o’xshashlik ham mavjud bo’lishi kerak. Taqqoslash uchun asos bo’luvchi omillar taqqoslanishi lozim bo’lgan hodisalarga qaraganda tanishroq bo’lishi lozim. Tarixiy analogiyaning ijtimoiy bashoratga moslashuvchanlik darajasi cheklangan. Bu tabiiy bir holdir, zero kelajakka boshqa tarixiy sharoitlar yo’ldosh. Tarixiy analogiya ko’proq tarixiy faktni faol tanqidiy tahlil qilishga ko’maklashadi.

Modellashtirish metodi bilish ob’ektlarining o’zini emas, balki ularning modellarini o’rganishga asoslanadi. Tadqiqot ob’ektini modellashtirish – uni prognostik xususiyatga ega bo’lgan xulosalar chiqarish uchun qulay bo’lgan sodda, sxematik ko’rinishda gavdalantirishdir. Tadqiqot natijalari modeldan ob’ektga ko’chiriladi. Prognoz qilishning modelli metodlari shakllarining rang-barangligi bilan tavsiflanadi. Modellashtirishning moddiy, fizik, belgili (matematik), imitatsion, kompyuterda modellashtirish kabi turlarini farqlash mumkin.

Ekspertiza usulida baholash- bu ilmiy metodning mohiyati ekspertlar (fan va texnikaning turli sohasidagi etakchi mutaxassislar) tomonidan muammoni tahlil qilish va so’ngra natijalarni formallashtirilgan asosda qayta ishlashdan iborat. Ekspertlarning umumiy xulosasi muammoning mumkin bo’lgan eng maqbul echimi sifatida qabul qilinadi. Bu metodlar guruhiga, odatda, quyidagilar kiritiladi: konsensus (kelajakka doir muayyan masala bo’yicha ekspertlar umumiy bir to’xtamga kelishi); «aqliy hujum» (muammolarni yechish vositasi va prognoz qilish usuli, ayniqsa kelajakda yuzaga kelishi mumkin bo’lgan bir nechta vaziyatni ko’rib chiqishga ehtiyoj tug’ilgan holda). Metodning mohiyati shundan iboratki, muammoga doir har qanday, hatto «g’alati» g’oyalar ilgari suriladi; bu g’oyalar rivojlantiriladi, o’z g’oyalarini taklif qilish mumkin, lekin ularni tanqid qilishga ruxsat etilmaydi; «Delfi» metodi (qadimgi Yunonistonning mashhur orakuli ismi bilan atalgan). U ekspertlar o’rtasida so’rov o’tkazishga asoslangan. Bunda oldinma-ketin so’rov jarayonida har bir ekspert boshqa ekspertlarning fikrlari bilan tanishtiriladi; bir nechta sikllar natijasi o’laroq ustuvor fikr aniqlanadi. Ekspertiza usulida baholashning yana bir o’ziga xos metodi – sotsiologik so’rov mavjud bo’lib, u so’nggi yillarda bizda ham, chet elda ham tobora keng qo’llanilmoqda.

Kelajak stsenariylari – bu kuzatilayotgan tendentsiyaning ehtimol tutilgan kelajagi haqidagi u yoki bu taxminni asoslovchi dastlabki farazlarning tartibga solingan yig’indisi. Stsenariylar: a) u yoki bu nazariy vaziyatni qay yo’l bilan bosqichma-bosqich amalga oshirish mumkinligini; b) voqealarning muayyan rivojiga yo’l qo’ymaslik, ularni engillashtirish yoki chetlab o’tish uchun voqealarning ishtirokchisi uchun har bir bosqichda qanday variantlar mavjudligini aniqlaydi.

Ijtimoiy hodisalar va jarayonlarning rivojlanish imkoniyatlarini prognoz qilish natijasi prognoz hisoblanadi. U kelajak u yoki bu muammolarining rivojlanishi va ularni yechishning mumkin bo’lgan barcha variantlarini, ularning bir-birini istisno etuvchi variantlarini, stixiyali va ongli jarayonlarni, ularning vaqt va ko’lam parametrlarini aniqlash imkonini beradi. Kelajakning ijtimoiy prognozlar taklif qilayotgan tavsifining mazmuniga qarab, ular insonni yo unga faol intilishga, yo uning yuz berishiga qarshi harakat qilishga, yo uni passiv kutishga da’vat etadi. SHu sababli har qanday ijtimoiy prognoz ilmiy-bilishga doir mazmunni ham, muayyan mafkuraviy vazifani ham o’zida birlashtiradi. Bunda bilishga doir funksiya ustunlik qilishi ham, mafkuraviy funksiya ustunlik qilishi ham mumkin.



Prognozlarning mazmuni va vazifasidan kelib chiqib, ularning to’rt asosiy tipini farqlash mumkin.

Qidiruv prognozi – ijtimoiy ob’ektning kelajagi qanday bo’lishi mumkinligini ko’rsatish uchun tuziladigan prognoz. U rivojlanish qaysi yo’nalishda yuz beradi, kelajakning muayyan davrida prognoz ob’ektining holati qanday bo’lishi mumkin, degan savollarga javob beradi.

Normativ prognoz – boshqaruvni optimallashtirish yo’llarining oqilona tashkil etilgan tahlili. Bu prognoz obrazli qilib «teskari prognoz» deb ataladi, chunki unda o’rganish teskari yo’nalishda – kelajakdan hozirgi davrga qarab amalga oshiriladi. Normativ prognoz qo’yilgan maqsadlarga erishish yoki qo’yilgan vazifalarni yechish uchun nima qilish mumkin yoki kerak, degan savolga javob beradi. Normativ prognozning predmeti sifatida ijtimoiy jarayonlar xususiyatini butunlay o’zgartirishga qodir bo’lgan g’oyalar, gipotezalar, farazlar, axloqiy me’yorlar, ijtimoiy ideallar, maqsadlar va mo’ljallar amal qiladi.

Analitik prognoz kelajakni o’rganishning turli metodlari va vositalarining bilishga doir qimmatini ilmiy maqsadlarda aniqlash uchun tuziladi.

Prognoz-ogohlantirish kishilarni ehtimol tutilgan kelajakning masalan, yuz berishi kutilayotgan ekologik halokatlarning oldini olishga majbur qilish maqsadida ularning ongi va xulq-atvoriga bevosita ta’sir ko’rsatish uchun ishlab chiqiladi.

SHuni qayd yetish lozimki, prognozlarning asosiy tiplari o’rtasidagi farq shartlidir; ayni bir konkret ijtimoiy prognozda bir necha turdagi belgilar mavjud bo’lishi mumkin.

SHunday qilib, ijtimoiy hayotni tartibga solishning ijtimoiy qonun, zaruriyat, ehtiyoj, manfaat, muammo, maqsad, vazifa, ideal, norma, kishilar faoliyatining tamoyili vositalaridan ongli ravishda foydalanish zamirida prognoz qilish yotadi. U bilishni amaliyot bilan bog’lovchi bo’g’in sifatida amal qiladi, fanning nazariyani kundalik hayot bilan, bilishning amaliy voqeligi bilan uzviy bog’lovchi funksiyasi hisoblanadi. Ilmiy boshqarish, xususan, uning muhim funksiyalaridan biri – rejalashtirish prognoz qilishga asoslanadi. Prognoz qilish yuz berishi muqarrar bo’lgan yoki ehtimol tutilgan maqbul ijtimoiy hodisalar haqidagi bilimlarni ham, nomaqbul ijtimoiy hodisalar haqidagi bilimlarni ham shakllantiradi.
Korrupsiya shakllanishining tarixi Korrupsiya muammosi va unga qarshi kurash masalasi hozirgi davrning eng dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi. CHunki bu illatning keng quloch yoyishi o‘ta salbiy oqibatlarga olib keladi. Korrupsiya xususan, demokratik jarayonlarning amalga oshishiga to‘sqinlik qiladi, iqtisodiy rivojlanish-ning sekinlashishi, kadrlar sifatining pasayishi va oqibatda barcha sohalarning oqsashiga, uyushgan jinoyatchilikning ildiz otishiga, hukumatga bo‘lgan ishonch yo‘qolishi va ijtimoiy-siyosiy beqarorlikka sabab bo‘ladi.

SHuning uchun poraxo‘rlikka qarshi har bir davlat o‘z holicha kurashib keladi va qaysidir davlatda korrupsiyaga deyarli barham berilgan bo‘lsa, yana qaerdadir bu illat “gullab-yashnash”da davom etmoqda.

Korrupsiyaga qarshi muvaffaqiyatli kurashish namunasi sifatida Singapurdagi islohotlarni ko‘rsatish mumkin. Bu davlat qisqa vaqt ichida Osiyoning qoloq mamlakatidan dunyoning eng rivojlangan davlatlaridan biriga aylandi. Buning zamirida esa korrupsiyaga qarshi kurash yotadi.

Hukumat bu borada maxsus dastur ishlab chiqqan bo‘lib, unga ko‘ra barcha darajadagi amaldorlarning faoliyati to‘liq shaffof bo‘lishi ta’minlandi. Barcha darajadagi amaldorlarning fuqarolar bilan munosabatlarida tizimli nazorat o‘rnatildi va turli byurokratik to‘siqlar olib tashlanishi uchun bu munosabatlar mexanizmi takomillashtirildi.

Bundan tashqari, barcha mansabdorlarning maoshlari sezilarli darajada oshirildi, sud tizimi mustaqilligi ta’minlandi, pora olganlik va berganlik uchun jazo keskinlashtirildi. SHu bilan bir vaqtda korrupsiyaning har qanday ko‘rinishi haqida jamoatchilikni xabardor qilib turuvchi mustaqil OAV shakllantirildi.

Singapur etakchisi Li Kuan YUning korrupsiya ustidan g‘alaba qozonishni istagan inson o‘z qarindoshlari va yaqin do‘stlarini ham qamashga tayyor bo‘lishi kerakligi haqidagi mashhur iborasi mamlakatda korrupsiyaga qarshi kurash ayovsiz bo‘lganidan dalolat beradi.

O‘zbekiston 2008 yil 7 iyulda BMTning Korrupsiyaga qarshi kurashish konvensiyasiga, 2010 yil mart oyida Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti doirasida qabul qilingan korrupsiyaga qarshi kurashning Istanbul rejasiga (2003 yil 10 sentyabr) qo‘shilgan. SHuningdek, Oliy Majlis tomonidan Jinoiy daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha Evroosiyo guruhi to‘g‘risidagi bitimi (Moskva, 2011 yil 16 iyun) 2011 yil 13 dekabrda ratifikatsiya qilingan.

Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev: “Jamiyatimizda korrupsiya, turli jinoyatlarni sodir etish va boshqa huquqbuzarlik holatlariga qarshi kurashish, ularga yo‘l qo‘ymaslik, jinoyatga jazo albatta muqarrar ekani to‘g‘risidagi qonun talablarini amalda ta’minlash bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rishimiz zarur” ligini qayta-qayta uqtirib, “Xalqimiz azaldan yuksak qadrlab keladigan, hamma narsadan ustun qo‘yadigan adolat tuyg‘usini hayotimizda yanada keng qaror toptirishni biz birinchi darajali vazifamiz hisoblaymiz” deb, ta’kidlamoqda. Ana shu maqsadda davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni ishlab chiqildi.

“Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonun Qonunchilik palatasi tomonidan 2016 yil 24 noyabrda qabul qilingan, Senat tomonidan 2016 yil
13 dekabrda ma’qullangan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2017 yil 3 yanvarda imzolangan va 2017 yil 4 yanvarda matbuotda e’lon qilingan bo‘lib, 6 bob, 34 moddadan iborat.

Ushbu qonunning 3-moddasida korrupsiyaga quyidagicha ta’rif berilgan:



Korrupsiya — shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish.

4-moddada Korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy prinsiplari keltirilgan. Ular quyidagilardan iborat:

  • qonuniylik;

  • fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi;

  • ochiqlik va shaffoflik;

  • tizimlilik;

  • davlat va fuqarolik jamiyatining hamkorligi;

  • korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar ustuvorligi;

  • javobgarlikning muqarrarligi.

5-moddada Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining quyidagi asosiy yo‘nalishlari belgilangan:

  • aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish;

  • davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish;

  • korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga chek qo‘yish, ularning oqibatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsipini ta’minlash.

Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunning
7-moddasiga
asosan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni bevosita amalga oshiruvchi davlat organlari quyidagilardan iborat:

  • O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi;

  • O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati;

  • O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi;

  • O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi;

  • O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti.

SHuningdek, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa tashkilotlar, OAV va fuqarolar korrupsiyaga qarshi kurashishda ishtirok etadi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar hamda tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish uchun Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasi tashkil etilgan. Ushbu qonunning 8-moddasiga muvofiq Idoralararo komissiyani shakllantirish va uning faoliyati tartibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi.

Qonunchiligimizda pora olganlik uchun eng kam oylik ish haqining


Download 101.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling