A k a d e m n a s h r
Download 1.32 Mb. Pdf ko'rish
|
qiziqarli matematika
0 ‘CHIRILGAN RAQAM
Biror o'rtog'ingiz qandaydir ko'p xonali sonni (masalan, 847 ni) o'ylasin. O'rtog'ingizga shu sonning raqamlari yig'indisini topishni (8 + 4 + 7 = 19) va o'ylangan sondan shu yig'indini ayirishni taklif etina. Natiiada auvidaqi son hosil bo'ladi: 8 4 7 - 1 9 = 828. Hosil bo'lgan sondan bitta raqamni (qaysinisi bo'lsa ham) o'chirsin va qolgan raqamlami sizga aytsin. Siz o'ylangan sonni bilmasangiz va uning ustida qilingan amallarni ko'rmagan bo'lsangiz ham o'chirilgan raqam qaysi ekanini darhol o'rtog'ingizga aytib bera olasiz. Xo'sh, buni qanday bajarish mumkin? Fokusning siri nimada? Bu juda oson.Siz aw alo o'zingizga aytilgan raqamlarni qo'sha- siz. Masalan, 828 sonida birinchi 8 raqami o'chirilib, sizga 2 va 8 ra qamlari aytilgan bo'lsa, u holda 8 + 2 = 10 bo'ladi. Endi shu sondan keyingi, 9 ga qoldiqsiz bo'linadigan sonni topasiz. Misolimizda bu son 18. Ana shu 9 ga bo'linadigan son*(18)dan yig'indi (10)ni ayir- sangiz, o'rtog'ingiz sizdan yashirgan raqam chiqadi (18 - 10 = 8). Nega shunday bo'ladi? Chunki har qanday ko‘p xonali sondan uning raqamlari yig'indisi ayirilsa, albatta 9 ga bo'linadigan son pay- do bo'ladi. Deylik, o'ylangan sondagi yuzlar raqami a, o'nlar raqami b va birlar raqami с bo'lsin. Demak, shu sonda hammasi bo'lib: 100a + 10b + с birlik bor. Shu sondan uning a + b + с raqamlari yig'indisini ayiramiz: 20 100a + 10b + c - ( a + b + c) = 99а + 9b = 9(11 а + b). Ko'rib turganingizdek, 9 (11a + b) 9 ga bo'linadi.Demak, sondan uning raqamlari yig'indisini ayirganda doimo 9 ga qoldiqsiz bo'lina digan son chiqishi kerak. Fokusni bajarishda sizga aytilgan raqamlar yig'indisining o'zi 9 ga (masalan, 4 bilan 5) bo'linishi ham mumkin. Bu esa o'chirilgan raqam yo 0, yo 9 ekanligini ko'rsatadi. Shundagina siz aniq bitta raqam ayta olmaysiz va o'chirilgan raqam yo 0, yo 9 deb javob berishingiz kerak bo'ladi. Shu fokusning boshqacharoq ko'rinishi ham bor. O'ylangan son dan uning raqamlari yig'indisini ayirish o'miga shu sondan uning raqamlari joyini o'zgartirish bilan hosil etilgan sonni ayirish mum kin. Masalan, 8247 dan 2748 ni ayirish mumkin (agar o'ylangan sondan katta son hosil bo'lsa, kattasidan kichigini ayirish lozim). So'ngra ilgari aytilganday qilinadi: 8247 - 2748 = 5499; agar 4 raqami o'chirilgan bo'lsa, 5, 9, 9 raqamlarini bilgan holda siz 5 + 9 + 9 dan hosil bo'lgan 23 ni undan keyingi 9 ga bo'linadigan son 27 dan ayirasiz. Demak, o'chirilgan raqam 27 - 23 = 4. Download 1.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling