A. Karimov, X. Xoshimov Umumiy kimyodan Masalalar va testlar to'plami Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun o'quv qo llanma


Download 1.2 Mb.
bet5/7
Sana03.02.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1152604
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
A

Qutbsiz kovalent bog'lanish. Elektromanfiyligi bir xil bo'lgan atomlar o'zaro ta'sirlashganda qutbsiz kovalent molekulalar (masalan, N2 CI2 F2 O2 N2) hosil bo'ladi.
Qutbli kovalent bog'lanish. Elektromanfiyligi bir-biridan u qadar keskin farq qilmaydigan elementlarning atomlari o'zaro ta'sirlashganida umumiy elektron juft elektrmanfiyligi kattaroq bo'lgan atom tomonga siljiydi. Natijada qutbli kovalent molekulalar (HCI, HF, ba'zi organik moddalar) hosil bo'ladi.
Metall bog'lanish. Nisbatan erkin elektronlarning metall ionlari bilan o'zaro ta'sirlashuvi natijasida hosil bo'ladi. U asosan oddiy moddalar — metallarda uchraydi. Metall bog'lanishning hosil bo'lish mohiyati quyidagilardan iborat: metall atomlari o'zining valent elektronlaridan oson ajralib musbat zaryadli ionga aylanadi. Atomlardan ajralib chiqqan, nisbatan erkin elektronlar, musbat zaryadli metall ionlar oralig'iga tarqaladi va metall bog'lanish hosil bo'ladi, ya'ni elektronlar musbat zaryadli ionlarni metallarning kristall panjarasiga mahkam biriktiradi.
Vodorod bog'lanish. Biror molekulaning vodorod atomi bilan boshqa molekulaning kuchli elektrmanfiy element (O, S, F, CI, Br, N) atomi orasida hosil bo'ladi.
Mohiyati: vodorod atomining radiusi nihoyatda kichik. Undan tashqari, vodorod atomi o'zining yagona elektronini siljitsa, yoki batamom yo'qotsa, u nisbatan yuqori musbat zaryadga ega bo'ladi, shunda qisman manfiy zaryadli boshqa molekula (HF, H2O, NH3) lar tarkibidagi elektromanfiy element atomi qisman musbat zaryadli vodorod bilan birikadi.

  1. Ion bog'lanish

Ion bog'lanish elektrostatik nazariya asosida tushuntiriladi Bu nazariyaga muvofiq atomning elektron berishi yoki elektron biriktirib olishi natijasida hosil bo'ladigan qarama-qarshi zaryadli ionlar elektrostatik kuchlar vositasida o'zaro
tortishib ulaming tashqi qavatida 8 ta (oktet) yoki 2 ta (dublet) elektroni bo'lgan barqaror sistema hosil bo'ladi.
Namunaviy masalalar.


  1. Download 1.2 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling