Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti


III - BOB. MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASALARIDA “MA’NAVIY SABOQLARI” MASHG’ULOTLARINI OLIB BORISH AMALIYOTI


Download 1.46 Mb.
bet120/212
Sana02.01.2022
Hajmi1.46 Mb.
#199185
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   212
Bog'liq
Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti

III - BOB. MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASALARIDA “MA’NAVIY SABOQLARI” MASHG’ULOTLARINI OLIB BORISH AMALIYOTI

3.1. “Ma’naviyatli odam kim?” mavzusi bo’yicha “Ma’naviyat saboqlari” mashg’ulotlarini olib borish texnologiyasi

Ma’lumki, maktabgacha ta’lim tashabbuskor, ijtimoiy faol, ma’naviy jihatdan boy shaxsni shakllantirishning birinchi pog’onasidir. Yoshlarimizni yuksak ma’naviyatli bo’lib shakllanishiga davlatimiz rahbari– Prezidentimiz I.A.Karimov ham doimo e’tibor berib kelmoqda. Fikrimiz dalili sifatida quyidagiga e’tiboringizni

qaratamiz: “Ko’p yillik ilmiy kuzatish va tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, inson o’z umri davomida oladigan barcha informasiyaning 70 foizini 5 yoshgacha bo’lgan davrda olar ekan.

Bolaning ongi asosan 5-7 yoshda shakllanishini inobatga oladigan bo’lsak, aynan ana shu davrda uning qalbida oiladagi muhit ta’sirida ma’naviyatning ilk ko’rtaklari namoyon bo’la boshlaydi” [2. 53 - b].

Prezidentimizning ushbu fikri bevosita MTM ga va ularning oila muhiti bilan aloqasiga bog’liqdir, chunki MTM ning o’rta, katta va maktabga tayyorlov guruhlarida 5-7 yoshli bolalar tarbiyalanadilar. Bolalarning intellektual salohiyatlarining va ma’naviy saviyasi shakllanishining dastlabki bosqichi ham xuddi ana shu yoshdan boshlanadi. MTMsi ta’lim – tarbiyasiga qo’yilgan Davlat talablari (“Ta’lim to’g’risida”gi Qonunning 10 va 11 hamda 4 - 9 moddalari, “Barkamol avlod” yili Davlat dasturi, YuNESKO tomonidan 1997 yilgi “Maktabgacha ta’lim” atamasini uzluksiz ta’lim tizimi tarkibiga kiritilishi, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va shu kabilar) va “Maktabgacha ta’lim” konsepsiyasida ham yangi pedagogik texnologiyalarini qo’llashlarga e’tibor qaratilgan.

Ushbu talablarni va ulargan mos zamonaviy texnologiyalarni MTM ga keng joriy etish maqsadida “Ma’naviyat saboqlari” ruknidagi darslar majmuasini ishlab chiqdik. Ular mavzulari va ularni olib borishga qisqacha tavsiyalar mazkur ishimizning 2.2 - qismida ma’lumot berilgan edi.



Quyida ana shunday rukndagi dars mashg’ulotlaridan “Ma’naviyatli odam kim?”, degan mavzu ishlanmasini keltiramiz. Buning uchun dastlab ushbu mavzuga mos darsning oldindan loyihalashtirilgan texnologik xaritasini keltiramiz.
Ma’naviyatli odam kim?” mavzusini o’rganish bo’yicha oldindan loyihalashtirilgan texnologik xarita




Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling