(“Otalar so’zi”)
* * *
“Aql dil go’zalligi bilan qo’shilsa fazilatga aylanadi. Aks holda-aql fazilat emas”.
Arastu
* * *
“Bir donishmanddan so’rabdilar:
- Odam uchun yarashadigan kiyimlar ichida eng go’zali qanday kiyim?
Donishmand javob berdi:
- Odam uchun yarashadigan eng go’zal kiyim bu axloq-odob kiyimidir. Kishi qiyofasini bezaydigan, uning husniga husn qo’shadigan bundan ortiq kiyimni topish qiyin”.
(“Donolar bisoti”dan)
* * *
“Kiyimingga, tashqi ko’rinishingga zeb berguncha, odob bilan so’zlashni, yurish-turishni, kishilar bilan javob-muomala qilishni o’rgan”.
(“Xalq hikmati”)
* * *
“Odamning qiymati emas simi zar,
Odamning qiymati bilim va hunar”.
(“Xalq hikmati”)
* * *
“Kiyiming janda bo’lsa ham ganda bo’lmasin”.
Do'stlaringiz bilan baham: |