19. Sharm hayo va andisha insoniylik ziynatidir.
“
“Odob ila sеn ulug’lik olgin, hikmat gavharini qo’yningga solgin.”
“Donolar bisotidan”
Buyuk faylasuf Ibn Sino
insonninng eng yaxshi xislati
uning odobi, sharm-hayosi,
nazokatida ekanligini,
“Hayvonlar xunuk ish qilsa,
ayblanish kerak emas, lekin inson vujudi aql bilan munavvar bo’la turib, tubanlikka yuz tutsa, odamgarchilikni yo’qotib, axloq doirasidan chiqsa, bungga hayratlanish darkor” degan edi” [19. 249-250 b].
Mashg’ulot davomida sharm-hayo, iboli va andishali bo’lishni bolalar ongiga singdirish barobarida sharm-hayo bu oriyatli bo’lish, har qanday joyda va har qanday holatda o’zini tuta bilish, andishali bo’lish, o’tirganda, yurganda, so’zlaganda odob doirasidan chetga chiqmaslik kerakligini ularga o’qtirish kerak. Sharm-hayo va andisha haqida donolar fikrlari, hikmatlar, rivoyatu hikoyatlar va maqollar xalqimizda juda ko’p. Quyida ulardan bazilarini keltiramiz:
* * *
“Sharm-hayo va andisha – har qanday fazilatlarning negizi”.
Do'stlaringiz bilan baham: |