Abdurauf fitrat hayoti va ijodi “abulfayzxon” drammasi


Download 191 Kb.
bet2/9
Sana10.02.2023
Hajmi191 Kb.
#1188207
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Abdurauf Fitrat

Dramaturgiya

  • Fitrat dramaturgiyasi ham o'ziga xosligi bilan ajralib turadi. U 1916-yildan boshlab teatr uchun ko'plab asarlar yaratdi. Ammo uning nafaqat 1916-1918-yillarda yozgan „Begijon“, „Qon“, „Abo Muslim“, „Temur sag'anasi“, „O'g'izxon“ singari pyesalari, hatto 1934-yilda yozgan „To'lqin“ opera librettosi ham bizgacha yetib kelmagan. Ma'lumki, Fitratning 5 pardali „Begijon“ pyesasida dehqonlarning xon zulmiga qarshi ko'targan isyonlari tasvir etilgan. „Temur sag'anasi“ pyesasida esa muallifning „Yurt qayg'usi (Temur oldinda)“ sochmasidagi istiqlol uchun kurash g'oyasi o'zining badiiy tajassumini topgan.

„Abulfayzxon“ drammasi

  • Fitrat Moskvadalik paytida „Abulfayzxon“, „Shaytonning Tangriga isyoni“ (1924), ona yurtiga qaytgach esa „Arslon“, „Sho'rishi Vose“ („Vose qo'zg'oloni“, 1927), „To'lqin“ (1934) pyesalarini yozdi. Bu asarlari orasida „Abulfayzxon“ o'zining shekspirona epik ko'lami bilan ajralib turadi. Unda Fitrat Shekspir pyesalariga xos qabartma tip va xarakterlarni yaratdi. Zulmga asoslangan saltanat tojining otadan bolaga o'tib kelishi natijasida paydo bo'luvchi qonli oqibatlarni haqqoniy tasvirladi. Mazkur pyesa asosida Ashtarxoniylar sulolasining so'nggi vakili bo'lmish Abulfayzxon saltanatining tanazzuli (XVIII asr) natijasida Buxoroda Mang'it amirlarining saltanat tepasiga kelishlari bilan bog'liq tarixiy voqealar yotadi. Fitratning olis tarixiy voqeaga nazar solishdan maqsadi: „Podsholik qon bilan sug'orilgan bir og'ochdir, qon oqib turmagan yerda bu daraxtning qurib qolishi aniqdir“ degan falsafa bilan yashagan va o'zi ham shu g'ayriinsoniy falsafaning qurboni bo'lgan Abulfayzxon singari qonxo'r podsholarni tarix qa'ridan olib chiqib, xalqqa ko'rsatishdir. Fitrat bu asari bilan bolsheviklar tuzumi XX asrning Abulfayzxoni — Stalinni yaratishi va uning bepoyon mamlakatni qonga botirishini bashorat etdi. Shu ma'noda mazkur tragediya Fitrat zakosi bilan yaratigan xalqni ogohlantiruvchi asardir. Fitrat bu asari bilan o'zbek adabiyotida tragediya janriga asos solib, mazkur janrning asosiy tamoyillarini belgilab berdi.

Download 191 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling