Abduroziq rafiyev, nazira g‘ulomova ona tili va adabiyot
MUASHSHAR HAQIDA MA’LUMOT
Download 2.11 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- MUHAMMAD AMIN MUQIMIY (1850–1903)
- «Xush bu mahfilda tiriklik ulfatu ahbob ila»
- «Oldilar har yerda bulbul oshiyonin zog‘lar»
- «Zulm ila qahr-u g‘azab»
- HAMID OLIMJON (1909–1944)
- «Bo‘yingni tarqatib qilsam olamni mastu mus- tag‘riq»
- SAIDA ZUNNUNOVA (1926–1977)
- «Kurashsiz, mehnatsiz shodlik, kulgini O‘g‘irlik mol deyman, qilaman hazar»
- Surat: Bir zarbda yozilgan dostonday shirin. Ona: Yigit eding o‘shanda xuddi suqsurday. Surat
MUASHSHAR HAQIDA MA’LUMOT O‘zbek mumtoz adabiyotida musammat she’r shakl- larini aniqlash uchun xizmat qiladi. Musammat arabcha so‘z bo‘lib, «ipga terilgan marvarid» ma’nosini bildiradi, she’r bandlarining turlarini va tartibini anglatadi. Musam- matlar she’r bandlaridagi misralarning soniga qarab bir necha turli bo‘ladi. Shulardan biri muashshardir. Muashshar o‘n banddan iborat bo‘lib, uning har bir bandi o‘n misradan tashkil topgan bo‘ladi. Muashsharning bi- rinchi bandi, ya’ni o‘n misra o‘zaro qofiyalanadi. Qolgan bandlarning so‘nggi ikki misrasida birinchi banddagi qofiya tizimi saqlanib qoladi (a-a-a-a-a-a-a-a-a-a, b-b-b- b-b-b-b-b-a-a). O‘zbek she’riyatida Nodiraning «Firoqnoma»si mu- ashshar janrining yuksak namunasi hisoblanadi. MUHAMMAD AMIN MUQIMIY (1850–1903) O‘zbek mumtoz adabiyotini o‘zining sermahsul ijodi bilan boyitgan Muhammad Aminxo‘ja Muqimiyning adabiyotimiz ravnaqiga qo‘shgan hissasi asarlarining o‘zi yashagan davrdayoq xalq muhabbatiga sazovor bo‘lgan- ligi, xalq ichiga singib ketganligi, kuyga solinib, qo‘shiqlarga aylangani, nasldan naslga o‘tib yashab kela- yotganligidadir. 227 Atoqli demokratik shoir Muqimiy XIX asrning 2- yarmi XX asrning boshlarida (1850–1903) yashab ijod etdi. Hunarmand oilasida dunyoga keldi. Uning otasi Mirzaxo‘ja asli toshkentlik bo‘lib, Qo‘qonga borib turg‘un bo‘lib qoladi. Onasi Bibioysha zamonasining ziyrak, quvnoq, badiiy zavqi yuksak ayol edi. Bu ma’- naviy xislat o‘g‘li Muqimiyga ham ta’sir etdi, she’riyatga bo‘lgan qi-ziqishini orttirdi. Yoshligida oilada onasidan xalq og‘zaki ijodi namunalarini o‘rganganligi va Sharq nazmining Hofiz, Alisher Navoiy, Fuzuliy kabi mashhur namoyandalari ijodi bilan tanishishi undagi badiiy zavqni rivojlantirdi. Yoshligidan boshlab she’rlar mashq qila boshladi. U Qo‘qon, Buxoro madrasalarida tahsil oldi. Muqimiy mumtoz janrning g‘azal, muxammas, mu - rab ba’, masnaviy turlarida ijod qildi. U she’rlarida keng ma’nodagi muhabbatni, lirik qahramon kechinmalari, is- taklari, armonlari, sevinch va alamlarini gavdalantirdi. Shuningdek, Muqimiy ijodida hayotni sevishga, undan zavqlanishga chaqirish, turmushning ozod va baxtiyor bo‘lishini orzu qilish yetakchi o‘rinda turadi. Lekin ikki - yoqlama zulm hukmronlik qilgan adolatsiz jamiyatda shoir niyatlarini amalga oshirish mumkin emas edi. Shu bois uning lirikasida «Tole zabunlik», «Zulm», «Jabr-u sitam», «Charxi kajraftor»dan shikoyat qilib, «bulbullar o‘rnini zog‘lar» olgani, «ahli tamiz» xor bo‘lib, «nodon- lar»ning izzat-ikromda ekanligi tasvirlanadi. Ko‘rinadiki, hayotdagi qarama-qarshi yashash tarzi shoir ijodida o‘z aksini topgan. Muqimiyning g‘azal, muxammas va murabba’lari maz - munning aniqligi, ravshanligi, uslubining ravon va ye- n gilligi vaznining quvnoq va o‘ynoqiligi bilan jozibalidir. Quyida uning murabba’ va g‘azallari bilan tanishasiz. 1. Muqimiyning yoshligidan she’riyatga qiziqishi sabab bo‘lgan omillar haqida gapiring. 2. Shoir lirikasining mazmun-mohiyati nimada edi? 3. Muqimiy she’rlarida lirik qahramoni kechin- malariga davrning ta’siri qanday ifodalangan? 228 229 G‘AZALLARDAN NAMUNALAR Navbahor, ochildi gullar, sabza bo‘ldi bog‘lar, Suhbat aylaylik kelinglar, jo‘ralar, o‘rtoqlar. Xush bu mahfilda tiriklik ulfat-u ahbob ila 1 , O‘ynashib, gohi tabiatni qilaylik chog‘lar. Ruh ochib ko‘zdin nihon bo‘lsa paridek, naylayin, Ayrilib hush-u aqldin telba bo‘lmay sog‘lar. Hayfkim ahli tamiz 2 ushbu mahalda xor ekan, Oldilar har yerda bulbul oshiyonin zog‘lar. Malham istab kimsadin, zaxm izhor aylasang, Chorai qilmoqdin o‘zga ustig‘a tirnog‘lar. Tobakay mundog‘ malomat kunjida doim Muqim, Bu zamon ko‘z tutgil emdi senga bo‘lsin tog‘lar. 1. Go‘zal bahor manzarasini chizar ekan, shoir nima sababdan «jo‘ralar» va «o‘rtog‘lar»ini ulfatchi- likka da’vat etadi? 2. «Xush bu mahfilda tiriklik ulfatu ahbob ila» deyish orqali shoir nimani nazarda tutadi? Misraning maqsadini tushuntiring. 3. She’rning 4-baytini undan oldingi baytlar bilan solishtiring: ko‘klam tabiati qo‘ynida hordiq chiqa- rishga chorlayotgan shoirdagi keskin o‘zgarishni qan- day izohlaysiz? Nima uchun u birdaniga g‘amga botadi? 4. «Oldilar har yerda bulbul oshiyonin zog‘lar» misrasining botiniy ma’nosini qanday tushundingiz? 5. G‘azalning oldingi 3 ta va keyingi 3 ta bayti orasidagi ziddiyatni sharhlashga harakat qiling. 6. Muqimiy she’rning so‘nggi baytida qanday xu- losaga keladi va nima uchun? Ushbu misralarni shoir maqsadidan kelib chiqib muhokama qiling. 1 Misra mazmuni: «Do‘stlar, ulfatlar bilan bu yerda tiriklik qilish qanday yaxshi». 2 A h l i t a m i z – fakmlilar, fahm egalari. 230 * * * Zulm ila qahr-u g‘azab izhor qilmoq shunchalar, Oshiqi bechoraga ozor bermoq shunchalar. Gul debon sevgan kishining ko‘kragiga nish urub, Xasta-yu ma’yus etib, afgor qilmoq shunchalar. To‘tiyi shirin suxan ag‘yorlarning bazmida, Bizga kelganda gapirmay zor qilmoq shunchalar. Sizga kim aydi: muhabbat ahlini qil ihtisob 1 Qo‘rqutib o‘z aybiga iqror qilmoq shunchalar. Kelsa oldingizga boysurat, yoqosi tugmalik, Izzat ila shod-u minnatdor qilmoq shunchalar. Garchi kelsa eski to‘n, bizdek duogo‘yi faqir, Kambag‘alning xirqa 2 sidin or qilmoq shunchalar. Har baloyu jabr kelsa yonmagay hargiz Muqim, Oshiq ahlini urubon xor qilmoq shunchalar. 1. G‘azalning «Zulm ila qahr-u g‘azab» ifodasi bilan boshlanish sababini tushuntiring. Bu o‘rinda shoirning shaxsiy hayoti bilan bog‘liqlik bormi? 2. Muqimiy «oshiqi bechora» sifatida kimni nazarda tutadi? Unga «ozor bermoq»likni qanday tushundingiz? Lirik qahramonning bu qadar jabr ko‘rishiga sabab nima? 3. She’r badiiyati, mazmun-mohiyati to‘g‘risida bahs yuriting. Shaxsiy mulohazalaringizdan kelib chi- qib, shoir aytmoqchi bo‘lgan fikrga munosabat bil- diring. 1 I h t i s o b – so‘roqqa tutish, tergash. 2 X i r q a – janda kiyim . 231 MURABBA’ Emdi sendek, jono, janon qaydadur, Ko‘rib gul yuzingni bog‘da bandadur, Saqlay ishqing toki jonlar tandadur, O‘zim har joydaman, ko‘nglim sandadur. Mehring o‘ti tushdi nogoh jonlarga, Parvoyim yo‘q zarra xonu monlarga, Lola yanglig‘ to‘lib bag‘rim qonlarga, O‘zim har joydaman, ko‘nglim sandadur. Erta-yu kech fikr-u zikrim xayoling, Bir so‘rmading nalar kechdi ahvoling, Eslarimga tushib shirin maqoling, O‘zim har joydaman, ko‘nglim sandadur. Yo‘q sen kabi malohatlik, Ko‘rganmukin misolingni zamona, Bo‘lib xalq ichida mundog‘ afsona, O‘zim har joydaman, ko‘nglim sandadur. Yuzlaringdin xijil mohi tobonlar, Raftoringga shaydo jumla yoronlar, Qolib har dam o‘z ishimga hayronlar, O‘zim har joydaman, ko‘nglim sandadur. Sultonisan, barcha xo‘blar nadiming 1 , Doyim erdim duogo‘yi qadiming, Bovujudi so‘rmay o‘tting Muqimiying, O‘zim har joydaman, ko‘nglim sandadur. 1. Murabba’ning birinchi, ikkinchi baytidagi oshiq holatini qanday tushundingiz? 2. 3-bandda shoirning o‘z ahvoli va mahbubadan gina qilishi qanday ifodalangan? 3. 4–6-bandlarda mahbubaning sifatlari qanday tasvirlangan? 4. She’r qaysi kuy bilan qo‘shiq qilib aytiladi? Uni ifodali o‘qing va yod oling. 1 N a d i m – sultonlarning mahrami, suhbatdoshi. 232 HAMID OLIMJON (1909–1944) O‘zbek adabiyotining yorqin siymolaridan biri Hamid Olimjon jo‘shqin lirik shoir, yozuvchi, mohir dramaturg, otashin publitsist, tarjimon, atoqli jamoat arbobi edi. U o‘zining nasriy, lirik, dramatik asarlari, adabiyotshu- noslikka doir hamda publitsistik maqolalari va tarjimalari bilan o‘zbek adabiyoti tarixida katta o‘rin tutadi. Ayniqsa, uning bahor va baxtni kuylab yozgan asarlari – «O‘rik gullaganda», «Baxtlar vodiysi», «Bahorni sog‘inganda», «Daryo kechasi», «Ishim bordir o‘sha ohuda», «G‘uncha yanglig‘ burkanib», «G‘azal» va boshqalar musiqaga boy, sehrli, ohangdor she’rlardir. «Hamid Olimjon tug‘ma va nodir talant edi, – deb yoz- gan edi Mirtemir. – Uning qonida, o‘zligida, ko‘z qo- rachig‘ida, to‘qson ikki tomirida tug‘ma bir zukkolik, shoirona bir sajiya, bilgichlik, burrolik, nurbaxshlik, yorqin qalb, odob ayon, peshanasida va yirik ko‘zlarida ulug‘lik ochiq-oydin edi. Uning bilmagani oz, o‘qimagani kam edi. Hammadan, har narsadan xabardor, qisqaroq aytganda, chin ma’nosi bilan o‘qimishli qalamkash edi». Hamid Olimjon 1909-yilda Jizzaxda dunyoga kelgan bo‘lib, u yoshligida xalqi hayotidagi juda ko‘p ayanchli kunlar, voqealarning guvohi bo‘lgan. Mardikor olish, zolimlarga qarshi xalq qo‘zg‘olonlari, buning natijasida vayron bo‘lgan shahar-qishloqlarni o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan. Hamidning alamli, nursiz hayotini bezagan birdan bir ovunchoq onasi Komila opaning uzun tunlarda so‘zlab bergan ertaklari va bobosining rus tilini o‘rgatish bo‘yicha o‘tkazadigan mashg‘ulotlari edi. Onasi Komila opa o‘z davrining ilg‘or ayollaridan edi. U o‘g‘li Hamidning mard, dadil, kuchli, mehnatkash, irodali yigit bo‘lib yetishishi uchun bor kuchini sarfladi. Uni ertak va dos- tonlardagi qahramonlar, xalq bahodirlari, ularning orzu- umidlari, kurash va intilishlari bilan tanishtirdi. 233 Hamid yoshligida bu kabi asarlarni faqat onasining og‘zidangina emas, balki xalq shoirlarining doston aytish kechalarida ham tinglagan. Uning bobosi Mulla Azim bilan oshnachiligi bo‘lgan xalq baxshisi Fozil shoir bu haqida shunday deydi: «Gezi-gezi bilan Jizzaxga borib, ularga qo‘nardim, bir hafta, ikki hafta turib, qadrdon- larimga qo‘shiq aytib kelardim. Ular bilan dardlashib, o‘zimning ham ko‘nglimni yozib qaytardim». Mulla Azim o‘zbek klassik adabiyotini ham yaxshi bilgan, ba’zan o‘zi ham she’rlar yozgan. U mardikorlikka safar- bar etilgan bo‘lib, u yerda rus tilini puxta o‘rgangan. Hamid Olimjon bolalik chog‘laridanoq bobosi orqali rus tilini, rus adabiyoti namunalarini o‘rganadi. «Sakkiz- to‘qqiz yoshlarimda, – deb yozgan edi Hamid Olimjon tarjimayi holida, – men Pushkinning ko‘p she’rlarini yoddan bilardim va ularni o‘z o‘rtoqlarimga o‘qib berardim». O‘sha davrda rus tilidagi she’rlarni yoddan bilish hammaning ham qo‘lidan kelavermas edi. Hamid Olimjon maktabda eng ilg‘or o‘quvchilaridan bo‘lib, tinmay o‘rganar, bilimga chanqoq edi. Bola edik, Tanlar olov, Qalb qaynoq, Ko‘zlar o‘tkir, Dillar sof, Erkin-erkin o‘ynardik... Hayot bilan Qaynar edi Kuy qishloq. Bir yonda tog‘, Bir yonda bog‘... Suv oqardi Qo‘ynida. Ko‘krak kerib, Baliq kabi Sho‘ng‘ib yotardik... Qizlar o‘tsa Orqasidan Olma otardik... «Bolalik» she’ridan keltirilgan parchadan ham ko‘- rinib turibdiki, u yoshligidan sho‘x, ziyrak va nihoyatda harakatchan bola bo‘lgan. Hamid darslarini puxta o‘z- lashtirar, maktab hayotiga zavq bilan qatnashar edi. Ayniqsa, maktabning kichkinagina kutubxonasi uning eng sevimli joyi bo‘lgan. Shu qiziqish, shu jo‘shqinlik shoir hayoti davomida uni tark etmadi. U qisqa, lekin beqiyos sermazmun umr ko‘rdi va butun hayotini xalq, Vatan ishiga fidoyilik namunasini ko‘rsatdi. Quyida shoirning «O‘rik gullaganda» va «G‘azal» she’rlarini o‘rganasiz. 1. Hamid Olimjonning bolaligi haqida, uni she’- riyatga oshno etgan omillar haqida gapiring. 2. Mirtemirning shoirga bergan bahosidan kelib chiqib, uning insoniy sifatlari haqida gapiring. 3. Shoirning «Bolalik» she’ri mazmuniga muno- sabat bildiring, u sizning ham yoshligingiz, shunday emasmi?! O‘RIK GULLAGANDA Derazamning oldida bir tup O‘rik oppoq bo‘lib gulladi... Novdalarni bezab g‘unchalar Tongda aytdi hayot otini Va shabboda qurg‘ur ilk sahar Olib ketdi gulning totini. Har bahorda shu bo‘lar takror, Har bahor ham shunday o‘tadi. Qancha tirishsam ham u beor Yellar meni aldab ketadi. Mayli deyman va qilmayman g‘ash, Xayolimni gulga o‘rayman; Har bahorga chiqqanda yakkash, Baxtim bormi deya so‘rayman. Yuzlarimni silab-siypalab, Baxting bor, deb esadi yellar. Etgan kabi go‘yo bir talab, Baxting bor, deb qushlar chiyillar. 234 235 Hamma narsa meni qarshilar, Har bir kurtak menga so‘ylar roz. Men yurganda bog‘larga to‘lar Faqat baxtni kuylagan ovoz: «Mana senga olam-olam gul, Etagingga siqqanicha ol. Bunda tole har narsadan mo‘l, To o‘lguncha shu o‘lkada qol. Umrida hech gul ko‘rmay yig‘lab O‘tganlarning haqqi ham senda. Har bahorni yig‘lab qarshilab Ketganlarning haqqi ham senda...» Derazamning oldida bir tup O‘rik oppoq bo‘lib gulladi... 1. «O‘rik gullaganda» she’rida ifodalangan shoir kechinmalarining tabiat go‘zalliklariga hamohangligi haqida gapiring. 2. Shoir bahor faslida gullagan o‘rik daraxtini tasvirlashda qanday badiiy vositalardan foydalangan? 3. Shoir inson baxtini nimada deb biladi? 4. She’rda ifodalangan bahor tarovati, unga oshufta shoir holati va uning baxt haqidagi kechinmalarini qanday tushundingiz, fikringizni she’r mazmun-mo- hiyati bilan bog‘lab gapiring. G‘AZAL Na bo‘lg‘ay bir nafas men ham yanog‘ing uzra xol bo‘lsam, Labing yaprog‘idin tomgan, ki go‘yo qatra bol bo‘lsam, Butog‘ingga qo‘nib bulbul kabi xonish qilib tunlar, O‘pib g‘unchangni ochmoqlikka tong chog‘i shamol bo‘lsam . 236 Bo‘yingni 1 tarqatib qilsam olamni mastu mustag‘riq 2 , O‘zimning san’atimga so‘ng o‘zim hayratda lol bo‘lsam. Sening birla qolib bu mast-u lol olamda men yolg‘iz, O‘zimni ham topolmay, mayliga oxir xayol bo‘lsam. Agar bog‘ingda gul bo‘lmoq mening chun noravo bo‘lsa, Ki ming bor roziman qasringga hattokim duvol bo‘lsam. Boshim hech chiqmasa mayli malomat birla bo‘htondin, Raqiblar rashkiga ko‘krak keray, mayli, qamal bo‘lsam. Kezib sahro-yu vodiylar yetishsam bir visolingga, Fido jonimni qildim yo‘lingga, mayli uvol bo‘lsam. 1. G‘azalda ifodalangan lirik qahramon kechin- malari, beg‘ubor xayollari va armoni haqida fikr bil- diring. 2. «Bo‘yingni tarqatib qilsam olamni mastu mus- tag‘riq» misrasi orqali shoir nima demoqchi? 3. Yorga bo‘lgan his-tuyg‘u ifodasidagi badiiylikni qanday sharhlash mumkin? 4. G‘azalning oxirgi baytlarida oshiq ishqi qanday tasvirlangan, uning darajasiga qarab lirik qahramon ichki dunyosini tavsiflang. SAIDA ZUNNUNOVA (1926–1977) Taniqli shoira Saida Zunnunova 1926-yil 15-fevralda Andijonda tug‘ildi. 1947–1952-yillarda Toshkent davlat universiteti filologiya fakultetida o‘qidi. Talabalik yilla- ridayoq birin-ketin bir qator to‘plamlarini kitobxonlar hukmiga havola qildi. «Qizingiz yozdi» (1948), «Yangi she’rlar» (1950) to‘plamlari shular jumlasidandir. Shun- dan so‘ng S. Zunnunovaning bir qator she’riy va nasriy 1 B o‘ y i n g n i – hidingni, isingni. 2 M u s t a g‘ r i q – g‘arq qilish. 237 asarlari maydonga keldi. Mazkur asarlarida shoira ayol- ning ma’naviy dunyosi, nazokati, imon-e’tiqodi, iztirob- alamlari, yutuq va quvonchlarini yurakdan kuyladi. Shoira ijodi va insoniy fazilatlari haqida uning umr yo‘ldoshi, yozuvchi S. Ahmad shunday yozadi: «Saidaxon ellik bir yil umr ko‘rib, birovga bosh egmadi. Imonini mahkam ushladi. O‘ziga gard yuqtirmadi. Olam- dan halol, pokiza yashab o‘tdi. Laganbardorlik, birovga mutelik, hasadgo‘ylik unga begona edi. Kurashsiz, mehnatsiz shodlik, kulgini O‘g‘irlik mol deyman, qilaman hazar. Qalbimning parchasi singmasa agar, Rozimasman, birov hadya etsa zar. Bu satrlar Saidaxonning she’rda chizilgan suratiga o‘xshaydi...» Saida Zunnunova ayni ijodiy kamolot yoshida – 1977- yil vafot etdi. Quyida uning 1963–1966-yillar orasida yozilgan «Ruh bilan suhbat» asari bilan tanishasiz. Unda shoira urushning insonlar boshiga solgan adoqsiz kulfat- alamlari va bu anduhlarning bardoshiga, irodasiga zarracha daxl qilolmagan ayolning insoniy fazilatlarini ko‘rsatib berolgan. Bu asar imon-e’tiqodi mustahkam ayollarga bitilgan madhiyadir. Doston urush tufayli ota mehrini ko‘rmagan, katta mashaqqatlar bilan o‘stirgan o‘g‘lining nikoh ke- chasidan keyingi iztirobli xotiralari bilan boshlanadi. Unda ikki kechinma – farzandi kamoli, uning to‘yini ko‘rganlikdan quvonch va shu kunga yetolmaganlar haqidagi alamli xotiralar kurashadi. 1. Shoira ijodining mavzu doirasi haqida gapi- ring. 2. «Kurashsiz, mehnatsiz shodlik, kulgini O‘g‘irlik mol deyman, qilaman hazar» misralari orqali shoiraning tabiatining qaysi jihatlari namoyon bo‘ladi? 3. «Ruh bilan suhbat» asarining mazmun-mohiyati nima haqida? RUH BILAN SUHBAT (Doston) Odamlar tarqagan allaqachonlar, To‘yxonaga ham hukmin o‘tkazgandi tun. O‘choqda kul bosgan cho‘g‘lar miltillar, Samovardan hamon o‘rmalar tutun. Mashshoqlar o‘tirgan so‘ri ham bo‘m-bo‘sh, Tuproqda eng so‘nggi raqqosa izi. Birov karavatda uxlaydi pish-pish, Birov muzdek suvga chayadi yuzin. Faqat uyqu kelmas ona ko‘ziga, Shodlig-u xotira qalbini qamrab, Behush ergashtirib uni izidan O‘tqizmay, yotqizmay yurardi sudrab... Guldasta qo‘lida, ma’yus va sokin Asta kirib keldi jimjit uyiga. To‘rdagi suratning yoniga sekin Qo‘ydi-yu, sho‘ng‘idi yana o‘yiga. – Sarupo kiymading qaynata bo‘lib, Hech yo‘qsa gullardan bo‘lgin bahramand, Odam keldi bugun hovlingga to‘lib, Farzanding yoniga qo‘shildi farzand... Shodlik, o‘kinchdanmi, ko‘z yoshlar oqdi, Ona qalbi so‘zsiz chekardi fig‘on. Xira ko‘zlar bilan yana suratga boqdi, U hamon o‘shanday, sukutda hamon. – Suratda hali ham o‘sha-o‘shasan, Hamon ko‘zlaringda yoshlik, kulgi, nur, Hali ham o‘shanday chiroyli, yoshsan, Hali ham o‘shanday zabardast, mag‘rur. Boqishing hali ham o‘shanday iliq, Dilingda nelar bor – aytmaysan faqat. Qatra ko‘z yoshimga turolmasding tek, Nega indamaysan, oh surat, surat! Bir nafas tilga kir, mayli bir sekund, Daryo bo‘lib oqqan yoshlarim haqqi. Kuyingda ming toshga urilsa hamki, Ming toshdan qattiqroq boshlarim haqqi, 238 239 Bir nafas tilga kir, mayli bir sekund, Hayotni yaratgan tabiat nahot Bir damni ayasa, nomardlik qilsa, Tan olmayman unda oy, quyoshini, Nimalar deyapman, bilmayman hayhot! Seni izlayverib, holdan toydim men, Seni izlayverib qarib qoldim men. Poyezdlardan o‘tib, yellardan o‘zdim, Ammo visolingga yetolmadim men. Xayolim izlashdan, ko‘nglim bo‘zlashdan, Seni axtarishdan sira tolmadim. Daryolarni kechib, tog‘lardan oshdim, Kuygan bug‘doyzorlar, bog‘lar qolmadi. Oxiri oq qayin ostida tanho Turgan qabr uzra asta cho‘kdim tiz. Bu sen bo‘lmasang ham taqdiring bir, o, Balki bu yoshgina yigitdir, essiz! Muzdek tuprog‘ingni ming marta quchdim, Muzdek yonog‘ingni o‘pdim necha bor. Daryo bo‘lib oqdim, qush bo‘lib uchdim, Huzuringga chopdim takror va takror. Qishda kuragani bordim qorlarni, Yozda suv sepgani oshiqdim har vaqt. Bahor oftobiga chirmashib doim Gohi gul o‘tqazdim, gohida baland. Bir nafas qo‘ymadim men seni yolg‘iz, Bir dam tanholikka tashlaganim yo‘q. Seni yiqitgan o‘q mening tanamda Butun jarohati bilan turibdi shundoq. Joningga jonimni ulab ming o‘ldim, Azizim, oqargan sochlarimga boq. Gapir, gapirsang-chi, bir so‘z loaqal, Yuzimni kuydirgan yoshlarim haqqi. Ko‘yingda ming toshga urilsa hamki, Toshlardan qattiqroq boshlarim haqqi. Gapir, gapirsang-chi bir so‘z loaqal... Siyrak kipriklar jipslashdi bir dam, Entikib, xo‘rsinib ko‘z yoshin yutdi. Unsiz tilga kirdi surat ham birdan, Ona quloq bo‘lib o‘zin unutdi. Surat: Yig‘lama, azizim, yig‘lama faqat, Ko‘z yoshingni ko‘rsam dilim kuyadi. Yig‘lasang hali ham qilmasman toqat, O‘tmas pichoq bilan kimdir so‘yadi. To‘lg‘anaman, ammo yeta olmayman, Ko‘zyoshingni, erkam, arta olmayman. Tabiatdan sira-sira nolima, Uning o‘zi kutar insondan ehson... Ona: Qo‘y, buni eslatma, eslatma sira, O‘g‘limning baxtiday yuray xotirjam. Ko‘nglim oynasini aylama xira, Biroq tinch emasman, notinchman, ajab... Sen boshqa damlarni eslat, azizim, Birga yurganimiz xushvaqt onlarni, Esingdami bahor, bog‘imiz bizning, To‘yimizga kelgan qadrdonlar-chi? Shuncha yil o‘tibdi nafasday, suvday. Surat: Bir zarbda yozilgan dostonday shirin. Ona: Yigit eding o‘shanda xuddi suqsurday. Surat: Sen ham go‘zal eding misoli Shirin, Ko‘nglimni yashnatgan bir chechak eding. Ona: Na uyquga to‘ygan va na kulguga, Ko‘rsa ko‘z kuygudek kelinchak edim. Birovning qayg‘usi yig‘latar edi, Agar qo‘shiq aytsa birga kuylar edim. Hayotga ba’zida o‘lmaslik uchun Kelganday bo‘lardim, shunday o‘ylardim. Baxtimning poyoni, cheki yo‘q edi, Bu shaydo yuragim har narsadan lol. Ishqingdan shunchalar ko‘nglim to‘q edi, Undan ayrilishni qilmabman xayol... 240 1. O‘g‘lining to‘yi munosabati bilan qalbida kech- gan armon va kechinmalar haqida fikr bildiring. 2. Shoira dostonda urush tufayli ona qalbida kech- gan iztiroblarni qanday tasvirlaydi? 3. Urush yillari kechirgan mashaqqatlari va ularni qanday yengganligiga qarab ona timsoliga tavsif bering. 4. Farzandining baxti tufayli ona qalbida kechgan shukronalik va bu kunga yetmaganlar xotirasi sabab- li yuragiga cho‘kkan g‘am-anduh, armon haqida gapiring. * * * Esimda, kuz edi, meva g‘arq pishgan... O‘g‘ling yotar edi belanchagida. Eslasam yuragim eziladi, uh, Hammasi ko‘zimda, ha, kechagidek. Uylar huvilladi, ko‘nglimiz vayron, Qaynana-kelin jim, sukutda qoldik. To‘rt o‘g‘il o‘stirgan onang ham hayron, Soatlab bechora o‘tirardi tek. Akang ketgan edi, ukang ham ketdi, Behassa bukridek qoldi egilib. Bu kunni ko‘rguncha ming rozi edim, Kimdir badanimga tuz sepsa tilib. Tug‘ib tug‘magandek firoqda g‘amda Olamdan ko‘z yumdi onajoning. Sira chidolmadim bu ayriliqqa, Dod dedim, zirqirab turardi uylar. Qarg‘adim taqdirni yuzma-yuz tikka, Sho‘rlik qilsam derdi nabira to‘ylar. Urf-odatni ham o‘sha kun buzdim, Xotinlikni yig‘ib otdim bir yoqqa. Tobutin bir boshin ko‘tardim o‘zim, Odamlar goh koyib, goh tutdi yoqa. O‘g‘lim yo‘q deb yana o‘ksima, ona, Sen ham armon qilma bag‘rim, azizim, So‘nggi yo‘lga uni kuzatmadim deb. Tashlab ketgan eding menga o‘z izming, 241 Men ham bitta joning, bir parchang edim. Tunlari koyidim taqdirni bedor, Nechun bizda shuncha achchiq o‘chi bor! Download 2.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling