Abu ali ibn sino nomidagi buxoro davlat tibbiyot instituti ingliz tili kafedrasida


BuxDTI Uslubiy bo‘lim mudirasi R.H.Odilova


Download 22.01 Kb.
bet3/3
Sana08.04.2023
Hajmi22.01 Kb.
#1341952
1   2   3
Bog'liq
Ochiq dars - копия

BuxDTI Uslubiy bo‘lim mudirasi R.H.Odilova so’zga chiqib quyidagi fikrlarni bildirdi: 24 oktabr 2022 yilda kafedra mudiri M.H.Davlatova tomonidan Pediatriya fakulteti 235-guruh talabalari bilan “Cardiosurgery” mavzusida ochiq dars pedagogik texnologiyalarni amalda qo‘llagan holda o‘tkazildi. Dars o‘z vaqtida boshlandi. Ochiq dars o‘tkazilishi uchun o‘quv xonasi tayyor, jihozlangan, turli ko‘rgazmali qurollar mavjud, kompyuter, proektor, o‘quv qo‘llanma, asosiy va qo’shimcha adabiyotlar va tarqatma materiallar tayyor.
Yangi dars mavzusi taqdimotdagi slaydlar asosida bosqichma-bosqich tushuntirildi. Bundan tashqari, darsdagi talabalar davomati ham tekshirildi. O‘qituvchining so‘zlashuv nutqi, talaffuzi judayam aniq va u fikrini talabalarga yetkazish qobiliyatiga ega.
Dars davomida talabalarning og‘zaki nutqini o’stirish, fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish, umumiy dunyoqarashini kengaytirishga e’tibor berildi. Shuningdek, talabalar til o‘rganish jarayonida bemorlarga yurak jarrohligi usullarini o‘rganib olishdi. Dars juda qiziqarli, yangi ma’lumotlarga boy tarzda olib borildi. Dars davomida shu malum bo‘ldiki talabalar tibbiy terinlarni mukammal o‘rganib ularni ingliz tilida bemalol talqin kilib biladilar. Dars o‘z maqsadiga erishdi.


ESHITILDI:
1. Ingliz tili kafedrasi professori, f.f.d, Q.B.Shodmonov ochiq dars haqida fikr bildirib, M.H.Davlatovaning yutuqlari va talabalarning ingliz tilida mustaqil muloqot qila olishi haqida gapirdi. O’z nutqi so’ngida darsning qiziqarli o’tganligini,ishtirokchilarda ijobiy taassurot qoldirganini aytib o’tdi.
2. Kafedra dotsenti N.B.Bakayev ushbu ochiq dars haqida fikrlarini, o‘qituvchining mahorati, ilg‘or pedagogik texnologiyalarni qo‘llash mahorati, muammoli vaziyatlar yaratishi va uning yechimini topish uchun yo’l topa olish san’ati haqida gapirdi.


QAROR QILINDI:
1.Ingliz tili kafedrasi mudiri M.H.Davlatova tomonidan Pediatriya fakulteti 235-guruh talabalari bilan “Cardiosurgery” mavzusida o‘tkazgan ochiq dars o‘z maqsadiga erishdi deb hisoblansin.
2. Kafedra mudiri M.H.Davlatovaning pedagogik faoliyati ijobiy deb hisoblansin.
Abu Ali ibn Sino nomli
BuxDTI xalqaro fakultet dekani
t.f.d. DSc,dotsent D.A.Hasanova


.
Download 22.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling