Taktil retseptorlar – terining yuza qismida joylashib, badanga biror narsaning tekkanini qabul qilib oluvchi retseptorlar. Taktil retseptorlar ayniqsa barmo? uchlarida, til uchida, taftning orqasida zich joylashgan. Shuning uchun ham badanning shu qismlari sezgirdir.
Odoblilik – atrofdagi kishilar bilan muomala va munosabatda bo’lishda me'yor hissiga rioya qilishdan iborat ijobiy xarakter hislati yoki odat.
Tumor (fr. talisman–tumor) – xurofiy tasavvur, tushuncha va e’tiqodga ko’ra, kishini har qanday «balo-qazodan» asraydigan, unga baxt keltiradigan narsa.
Taxistoskop (yunon. tashus–tez, skopeo–ko’raman, qarayman taxistoskop; tekshiriluvchiga o’ta qisqa vaqt birligi ichida (000,1 sekundgacha) maqsadga muvofiq tuzilgan turli so’zlar, harflar, rasm va rahamlarni ko’rsatish orqali idrok, diqqat va xotiraning ba'zi xusu-siyatlarini tekshiradigan asbob.
Ijodiy xayol – mavjud tasavvurlarimizga asoslanib, biz avval idrok qilmagan, turmush tajribamizda uchramagan narsa va hodisalarning yangi obrazlarini yaratishdan iborat xayol turi. Masalan, kosmik kema loyihasining birinchi marta yaratilishi ijodiy xayolning mahsulidir.
Fanatizm (lat. fanaticus – o’tmaslashgan, to’mto?lashgan) – o’z sub'ektiv qarashlariga haddan tashqari berilib, boshqalarniig e’tiqodlariga chidab tura olmaslikdan iborat salbiy xislat; o’z e’tiqodiga ortiqcha hirs qo’yish.
Fantazyor (yunon. phantasia – tasavvur, xayol) – xayolparast, amalga oshirilishi mumkin bo’lmagan xayol obrazlari bilan yashovchi odam.
Do'stlaringiz bilan baham: |