O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI “O‘ZARXIV”
AGENTLIGI
BOSH DIREKTORINING
BUYRUG‘I
HUJJATLARNING QIMMATLILIGINI ANIQLASH EKSPERTIZASINI O‘TKAZISH
TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 29-martda ro‘yxatdan
o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2347]
O‘zbekiston Respublikasining “Arxiv ishi to‘g‘risida”gi
Qonuniga
(O‘zbekiston
Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-yil, 24-25-son, 192-modda) va Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 3-fevraldagi 49-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 5-
son, 53-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi huzuridagi
“O‘zarxiv” agentligi to‘g‘risidagi
nizomga
muvofiq buyuraman:
1. Hujjatlarning qimmatliligini aniqlash ekspertizasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom
ilovaga
muvofiq tasdiqlansin.
2. Ushbu buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan
kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Bosh direktor A. ABDULLAYEV
Toshkent sh.,
2012-yil 14-fevral,
10-son
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi bosh direktorining 2012-yil
14-fevraldagi 10-son
buyrug‘iga
ILOVA
Hujjatlarning qimmatliligini aniqlash ekspertizasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi
NIZOM
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Arxiv ishi to‘g‘risida”gi
Qonuniga
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-yil, 24-25-son, 192-modda)
muvofiq
hujjatlarning qimmatliligini aniqlash ekspertizasini o‘tkazish tartibini belgilaydi.
I bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom yuridik shaxslarga (bundan buyon matnda tashkilotlar deb yuritiladi)
hamda shaxsiy arxiv hujjatlarini shakllantiradigan jismoniy shaxslarga tatbiq etiladi.
2. Mazkur Nizomda quyidagi tushunchalar qo‘llaniladi:
dublet hujjat — hujjatning ko‘paytirilgan nusxasi yoki bir qancha nusxalari. Dublet
hujjatlar bir tashkilotning yoki uning tarkibiy tuzilmalaridagi arxiv fondida bo‘lishi mumkin;