Agrofood Marketing Course


Download 96.16 Kb.
bet17/20
Sana25.10.2023
Hajmi96.16 Kb.
#1719902
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
Agro-oziq-ovqat marketingi kursidan o\'qituvchilar uchun qo\'llanma

Toʻgʻri javob: D

3. Targʻibot tadbirlari byudjetining toʻrt usulidan biri – bu


A. Javobgarlik cheklangani
B. Raqobatchilar bilan taqqoslash imkoniyati
C. Talabni belgilash
D. Bozor ulushi


Toʻgʻri javob: B

Tavsiya etilgan muqobil topshiriq


Loyiha doirasidagi topshiriq: JHT asosida moliyaviy baholashni ishlab chiqing va marketing rejasini tuzing

Boʻlim

Tavsif

Ball

Annotatsiya

Maqolangizga 1 betlik annotatsiya kiriting. Annotatsiyadan toʻgʻri foydalanish va uning toʻgʻri tuzilishini namoyish eting (Eʼlonlar papkasidagi “Annotatsiya”ga qarang)

10

Marketing va moliya sohalaridagi maqsadlar

Marketing va moliya sohalaridagi ikkita maqsadni aniqlang va tushuntiring (har biri boʻyicha ikkitadan). Ushbu maqsadlar SMART (aniq, oʻlchanadigan, erishiladigan, haqiqiy va dolzarb hamda vaqt doirasida chegaralangan) ekaniga ishonch hosil qiling. Marketing sohasidagi maqsad sifatida mahsulotni haqiqatda sotib oladigan maqsadli bozorning ulushini kiritish tavsiya etiladi, negaki u prognoz birliklarida baribir ishlatilishi kerak boʻladi. Bundan tashqari, moliyaviy maqsadlar sifatida mahsulotni dollarda sotish yoki foyda olish tavsiya etiladi, negaki bu mazkur maqoladagi moliyaviy baholashning bir qismidir. Ushbu boʻlimdagi toʻrtta maqsaddan kamida uchtasi monitoring va nazorat boʻlimiga kiritilishi kerak.

10

Mahsulot birligining uch yillik sotuv prognozi

Maqsadli bozor hajmidan (qisqacha tushuntirilishi kerak) kelib chiqqan holda, mahsulotning bozordagi dastlabki uch yilida sotiladigan birliklari hajmini prognoz qiling. Mahsulot birligini sotishni prognoz qilish uchun ishlatiladigan maʼlumot va usullarni tushuntiring. Agar mahsulotning bozordagi hayot muddati uch yildan kam boʻlsa, mos ravishda tushuntiring. Takroriy xaridlarni hisobga olishni unutmang.

10

Uch yillik kanallar va narx belgilash strategiyalari

Mazkur boʻlimda mahsulot hayot muddatining dastlabki uch yilidagi tarqatish kanallarini tushuntiring (intensivlik va kanal darajalari: nol, bir, ikki va boshqalar). Har bir kanaldan kutilayotgan sotuvlar foizini aniqlang. Shuningdek, ushbu boʻlimda tavsiya etilgan narx belgilash strategiyasini (qiymat yoki xarajat asosida) tushuntirib bering, bunda kanallaringizda, kerak boʻlganda, chakana va ulgurji narxlar yaratilishini hisobga oling. Nihoyat, oʻrtacha narxlarni hisoblash uchun har bir kanal boʻyicha sotuvlar foizini hisobga oling. Shuningdek, mahsulot hayot muddatining dastlabki uch yilidagi narx yoki narx belgilash strategiyasidagi har qanday oʻzgarishlarni tushuntiring.

10

Foyda prognozi

Qiyosiy moliyaviy maʼlumotlardan (xarajatlar nuqtayi nazaridan) va tushumlar prognozidan (prognoz qilingan sotiladigan birliklar sonining oʻrtacha narxga koʻpaytirilgan miqdori) foydalanib, mahsulotingiz hayot muddatining dastlabki uch yilidagi foydani prognoz qiling. Manfaatdor tomonlar uchun maʼlumotlar, usullar va oqibatlarni tushuntiring.

10

Targʻibot tadbirlari byudjeti

Mahsulotingizga taalluqli boʻlgan qiyosiy moliyaviy maʼlumotlar va sotuvlardan olinadigan tushum prognozidan foydalanib, targʻibot tadbirlari byudjetini hisoblang.

5

Kompleks targʻibot tadbirlari
(Har bir kompleks targʻibot tadbiri uchun alohida boʻlim yarating).

Targʻibot tadbirlari (reklama, jamoatchilik bilan aloqalar, muayyan shaxsga qaratilgan sotuvlar, sotuvni ilgari surish, toʻgʻridan-toʻgʻri marketing) nuqtayi nazaridan targʻibot tadbirlari byudjeti qanday sarflanishini mezonlar boʻyicha ajratib tavsiflang. Toʻplamdagi barcha marketing vositalari boʻyicha tadbirlarni belgilang va misollar keltiring. Targʻibot tadbirlarining asoslarini tushuntiring. Nima uchun tanlangan tadbirlar mahsulot va maqsadli bozorga eng mos kelishini qisqacha tasvirlab bering.

15

Monitoring va nazorat

Monitoring va nazorat uchun uchta oʻzgaruvchini hamda moliyaviy va marketing sohalaridagi kamida uchta maqsadni aniqlang. Oʻzgaruvchan maqsadlar oraligʻi, monitoring uchun masʼul shaxslar va maqsadga ortigʻi bilan erishilganda yoki toʻliq erishilmaganda amalga oshiriladigan tuzatish harakatlarini kiriting.

10

Texnik talablar

Sarlavha – talabaning ism-sharifi, laboratoriya ruxsatnomasi, mahsulot nomi va topshiriq (2 ball); boʻlimlar sarlavhalari (1 ball); shrift - 12 punktli va Times New Roman (1 ball); ikkitalik oraliq (1 ball); 1" chetlari (1 ball); 3-shaxs nomidan yozilishi (1 ball); sahifa raqamlari (.5 ball); sahifa chegaralaridan chiqmaslik (.5 ball); belgilar hamda diagramma va grafiklarga havolalar ilovaga joylashtirilgani (2 ball).

10

Grammatika va tuzilish



Grammatik xatolarni minimal darajaga tushirishga harakat qiling - imlo xatolari, qisqartmalardan foydalanish va matn terishdagi xatolarga yoʻl qoʻymang; tinish belgilari va bosh harflardan toʻgʻri foydalaning va professional ohangni saqlash uchun lugʻat boyligidan foydalaning; Hujjatning mantiqiy ketma-ketligini taʼminlang; abzaslarni oʻzaro bogʻlovchi iboralarni kiriting.

10

Jami




100

Foydalanilgan adabiyotlar:


Branum, A. & Lukacs, S. (2008), Food allergy among U.S. children: Trends in prevalence and hospitalizations, NCHS Data Brief, no. 10, Toledo, OH: Center for Disease Control and Prevention, NCHS, http://www.cdc.gov/nchs/data/databriefs/db10.pdf.
Eastern Europe and Central Asia Agroindustry Development Country Brief (2012)
Kazakhstan Porter, M.E. (1980), Competitive Strategy: Techniques for Analyzing Industries and Competitors, New York: Free Press. (Republished with a new introduction in 1998.)
USDA Foreign Agricultural Service (Jan 2013), Russia halts EU pork imports after detection of African Swine Fever in Lithuania, Retrieved from: http://www.usda-eu.org/russia-halts-eu-pork-imports-detection-african-swine-fever-lithuania/.

Adoption of Internet Strategies by Agribusiness Firms https://www.ifama.org/files/20051001_Formatted.pdf


Garvin, D. A. (1984), What does “product quality” really mean?, MIT Sloan Management Review, Fall, Retrieved from: http://sloanreview.mit.edu/article/what-does-product-quality-really-mean./.
http://ec.europa.eu/eurostat/statistics-explained/index.php/EU-Commonwealth_of_Independent_States_%28CIS%29_-_statistics_on_industry
Eurostat: http://ec.europa.eu/eurostat and CIS STAT: http://www.cisstat.com/index.html
The World Factbook: https://www.cia.gov/library/publications/the-world-factbook/
Booms, Bernard H. and Mary J. Bitner (1981), “Marketing Strategies and Organization Structures for Service Firms,” in Marketing of Services, James H. Donnelly and William R. George eds. Chicago: American Marketing Association, 47-52
Zvi Lerman and David Sedik (2014), Agricultural Cooperatives in Eurasia, FAO Regional Office for Europe and Central Asia - Policy Studies on Rural Transition No. 2014-3 March 2014
Sedik, David and Zvi Lerman, () Agricultural Cooperative Development in Former Soviet Countries: the case of Ukraine and Kazakhstan, available at: http://www.webmeets.com/files/papers/IEA/2014/320/Agricultural%20cooperative%20development%20in%20Kazakhstan%20and%20Ukraine_IEA.pdf
Groeneveld, Hans (2016), “Doing Co-operative Business Report, Methodology and exploratory application for 33 countries, International Co-operative Alliance (TIAS). Available at: http://ica.coop/sites/default/files/media_items/ICA%20Doing%20Co-operative%20Business.pdf
Sophia Davidova and Ken Thomson (2013). Family Farming: a Europe and Central Asia Perspective Background Report for Regional Dialogue on Family Farming: Working towards a strategic approach to promote food security and nutrition. http://www.fao.org/fileadmin/user_upload/Europe/documents/Events_2013/FF_EUCAP_en.pdf


Download 96.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling