"O'zkimyosanoat" AJ // /uzkimyosanoat.uz
9/62
Jamiyat qonun hujjatlarida ko'zda tutilgan tartibda davlat ro'yxatidan o'tkazilishi lozim.
Jamiyat ro'yxatdan o'tish uchun ro'yxatga oluvchi organga ustavni va qonun hujjatlarida
nazarda tutilgan
boshqa hujjatlarni taqdim etadi. Davlat korxonasini qayta tashkil etish yo'li bilan tuzilgan aksiyadorlik
jamiyati ustavini taqdim etadi.
Jamiyat tuzishning qonunda belgilangan tartibini buzish yoki uning ta'sis hujjatlari qonunga muvofiq
kelmasligi davlat ro'yxatidan o'tkazishni rad etishga olib keladi. Jamiyatni tuzish maqsadga muvofiq emas,
degan vaj bilan uni ro'yxatdan o'tkazishni rad etishga yo'l qo'yilmaydi. Davlat ro'yxatidan o'tkazishni rad
etish, shuningdek ro'yxatdan o'tkazish muddatlarining buzilishi ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Faqat qonun hujjatlarida belgilangan hollardagina jamiyat qayta ro'yxatdan o'tkazilishi lozim.
Aksiyadorlik jamiyati davlat ro'yxatidan o'tkazilgan sanadan e'tiboran uzog'i bilan olti oygacha bo'lgan
muddatda jamiyat aksiyadorlarining umumiy yig'ilishi to'g'risidagi, kuzatuv Kengashi to'g'risidagi
va ijroiya
organi to'g'risidagi (direktor, boshqaruv,
direksiya, boshqaruvchi tashkilot, boshqaruvchi to'g'risidagi),
faoliyat
tartibini, huquq va majburiyatlarini,
shuningdek, aksiyadorlik jamiyatining ko'rsatilgan boshqaruv
organlari tomonidan qarorlar qabul qilish tartibotini belgilovchi nizomlarni tayyorlashi
va aksiyadorlarning
umumiy yig'ilishida tasdiqlashi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: