Alisher Navoiy tavalludiga bag‘ishlangan tadbir ssenariysi


Download 33.5 Kb.
bet2/3
Sana19.06.2023
Hajmi33.5 Kb.
#1603084
1   2   3
Bog'liq
Alisher Navoiy tavalludiga bag

1 – boshlovchi: Endi navbat Sahna ko‘rinishiga: Marhamat tomosha qiling.

1 – boshlovchi: Shuni ta’kidlab o‘tish joizki, Alisher Navoiy xalqimizning ongi va tafakkuri, badiiy ma’daniyati tarixida butun bir davrni tashkil etadigan buyuk shaxs, milliy adabiyotimizning tengsiz namoyondasi, millatimizning g‘ururi, sha’nu sharafini dunyoga tarranum qilgan o‘lmas so‘z san’atkoridir.


2– boshlovchi: Darhaqiqat, rost! Inson qalbining quvonchu qayg‘usini, ezgulik va hayot mazmunini Navoiydek teran ifoda etgan shoir jahon adabiyoti tarixida kamdan – kam topiladi. Ona tiliga muhabbat, uning beqiyos boyligini anglash tuyg‘usi ham bizning ongu shuurumiz, yuragimizga avvalo, Navoiy asarlari bilan kirib keladi.


1 – boshlovchi:
“Sabbayi Sayyor” dan ko‘p hikmat topdim,
“Hayrat ul – abror” dan hayratda qoldim.
“Lison ut – tayr” dan dil sirim bildim,
Navoiyni o‘qidim o‘zimni tanidim.


2 – boshlovchi:
“Munojot” aytilsa doim ko‘zda yosh,
“Qora ko‘zim” kuylansa, misli bir quyosh.
Dillarni yoritar bir azmu dilkash,
Navoiyni o‘qidim, xalqni tanidim.


RAQS:


1 – boshlovchi: Endigi navbatni yana o‘quvchilarga beramiz va ular tomonidan g‘azallar tinglaymiz. Marhamat.


1 – o‘quvchi:
O‘n sakkiz ming olam oshibi agar boshindadur,
Ne ajab, chun sarvinozim o‘n sakkiz yoshindadur.
Desa bo‘lg‘ay kim, yana o‘n sakkiz yil husni bor,
O‘n sakkiz yoshinda muncha fitnakim, boshindadur.


2 – o‘quvchi:
O‘n sakkiz yil, dema, yuz sakson yil o‘lsa uldirur,
Husn shohi, ul balolarkim ko‘zi qoshindadur.
Hayrat etmon husn – u naqshidaki, har hayratki bor,
Borchasi Ezid taolo sun’ naqqoshindadur.


3 – o‘quvchi:
Kecha kelgumdur debon ul sarvi gulro‘ kelmadi,
Ko‘zlarimg‘a kecha tong otguncha uyqu kelmadi.
Lahza – lahza chiqdim – u, chektim yo‘lida intizor,
Keldi jon og‘zimg‘a - yu, ul sho‘xi badxo‘ kelmadi.



Download 33.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling