Amaliy №3 Mavzu: Multimedia texnologiyalari bilan ishlash. Internet texnologiyasi va uning xizmatlari, distansion (masofaviy) ta’lim texnologiyasi bilan ishlash. Avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalari bilan tanishuv va ularni yaratish


Download 244.6 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana10.02.2023
Hajmi244.6 Kb.
#1187422
  1   2   3   4
Bog'liq
Amaliy 3



Amaliy №3 
Mavzu: Multimedia texnologiyalari bilan ishlash. Internet texnologiyasi va uning xizmatlari
distansion (masofaviy) ta’lim texnologiyasi bilan ishlash. Avtomatlashtirilgan axborot 
texnologiyalari bilan tanishuv va ularni yaratish 
Ishning maqsadi: Multimedia texnologiyalari bilan ishlash. Internet texnologiyasi va uning 
xizmatlari, distansion (masofaviy) ta‟lim texnologiyasi bilan ishlash. Avtomatlashtirilgan axborot 
texnologiyalari bilan tanishuv va ularni yaratish haqida bilim va ko„nikmalar hosil qilish. 
Qisqacha nazariy ma’lumotlar 
Multimedia - gurkirab rivojlanayotgan zamonaviy axborotlar texnologiyasidir. Uning ajralib 
turuvchi belgilariga kuyidagilar kiradi: 
– 
axborotning xilma-xil turlari: an‟anaviy (matn, jadvallar, bezaklar va boshqalar), original 
(nutq, musiqa, videofilmlardan parchalar, telekadrlar, animatsiya va boshqalar), turlarini bir dasturiy 
mahsulotda integratsiyalaydi; 
– 
muayyan vaqtdagi ish, o„z tabiatiga ko„ra statik bo„lgan matn va grafikadan farqli ravishda, 
audio va videosignallar faqat vaqtning ma‟lum oralig„ida ko„rib chiqiladi. Video va audio axborotlarni 
kompyuterda qayta ishlash va aks ettirish uchun markaziy protsessor tez harakatchanligi, 
ma‟lumotlarni uzatish shinasining o„tkazish qobiliyati operativ va video-xotira, katta sig„imli tashqi 
xotira, hajm va kompyuter kirish-chiqish kanallari bo„yicha almashuvi tezligini taxminan ikki barovar 
oshirilishi talab etiladi; 
– 
“inson-kompyuter” interaktiv muloqotning yangi darajasi, bunda muloqot jarayonida 
foydalanuvchi ancha keng va har tomonlama axborotlarni oladiki, mazkur holat ta‟lim, ishlash yoki 
dam olish sharoitlarini yaxshilashga imkon beradi. 
Multimedia vositalari asosida ta‟lim berish va kadrlarni qayta tayyorlashni yo„lga qo„yish hozirgi 
kunning dolzarb masalasidir. Multimediya tushunchasi 90-yillar boshida hayotimizga kirib keldi. 
Shuni aytish kerakki, kadrlarni qayta tayyorlashda Jahon Valyuta Fondi, Umumjahon banki, 
Yevropa Ittifoqi komissiyasi kabi nufuzli tashkilotlar katta tajribaga egadirlar. Avvalambor, o„quv 
jarayonida zamonaviy kompyuter texnalogiyalaridan foydalanish tahsinga sazovordir. 
Multimedia vositalaridan keng foydalanish yo„lida ayrim obyektiv muammolar ham mavjud. 
Bulardan eng asosiysi- talabalar uchun kerak bo„lgan o„quv materiallarini, qonunlarni va boshqa 
ko„rsatmalarni qo„llanma qilib kompyuter dasturlarini ishlab chiqarishdir. 
Distant uslubi asosida talabalarni o„qitish hozirgi kunning eng rivojlanib borayotgan 
yo„nalishlaridan bo„lib, o„qituvchi bilan talabalar ma‟lum bir masofada joylashgan holda ta‟lim berish 
tizimidir. Zamonaviy kompyuter texnologiyalarining tez rivojlanib borishi, ayniqsa, axborotlarni 
uzatish kanallarining rivojlanishi telekommunikatsiya sohasiga o„ziga xos tarixiy o„zgarishlar 
kiritmoqda. Mamlakatimizdagi barcha o„quv yurtlarini va biznes bilan shug„ullanayotgan 
kompaniyalarni distant uslubi asosida birlashtirilsa, o„qitish jarayonini va tijorat ishlarini yanada 
yuqoriga olib chiqadi. 
Delphida TMediaPlayer komponenti mavjud bo„lib, u sizga multimedia dasturlarini tuzishda 
hamma imkoniyatlarni yaratib beradi. Ushbu komponentdan foydalanish juda oddiy. 
Bu oddiylikni ikki ma‟noda tushunish mumkin: 

bir tomondan – bu ixtiyoriy dasturchiga multimedia dasturini tuzishga imkon yaratilgan. 

ikkinchi tomondan, bu komponentda multimedia fayllari bilan bajariladigan hamma asosiy 
amallar kiritilgan, lekin sizga quyi funksiyalar kerak bo„ladigan bo„lsa, Delphi dasturlash tili 
imkoniyatlaridan foydalinishingiz mumkin. 

Download 244.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling