Amaliy mashg‘ulotlar -amaliy mashg‘ulot: soat


Download 1.03 Mb.
bet15/55
Sana09.10.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1695838
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   55
Bog'liq
Amaliy mashg\'ulot Oliy asab

Qo‘zg‘alish
Qo‘zg‘aluvchan hujayralar uchun ta’sirlovchilarning ta’siriga o ‘ziga xos javob beradigan qobiliyati bor, ularda maxsus fiziologik jarayon - qo‘zg‘alish ro‘y beradi. Qo‘zg‘alish fizikaviy va kimyoviy jarayonlar va funksional o ‘zgarishlar yigindisida namoyon boiadigan murakkab toiqinsimon biologik reaksiyadir. Qo‘zg‘alish jarayoriida hujayra membranasining bioelektrik jarayonlari o‘zgaradi, hujayra fiziolgik tinchlik holatidan shu hujayraga xos fiziologik faol holatiga o ‘tadi: mushak qisqaradi, bez hujayrasi sekret
chiqaradi, asab impulslari paydo boiadi. Qo‘zg‘aluvchan hujaylarda unirig sitoplazmasi bilan tashqi muhit o ‘rtasida, ya’ni hujayra yuzasidagi membrananing ikkala tomonida biopoteosiallari doim farq qiladi. Hujayra membr&nasi (1-rasm) shu tariqa qutblangan (polarizatsiyalangan)-ichki yuzasi tashqi yuzasiga nisbatan manfiy zaryadli. Shu potensiallar farqini membrana potensiali deb atashadi. Bu farq bir necha o‘n millivoltga mos keladi. Har qanday organizm va uning barcha hujayralari ta’sirlanuvchan buiadi, ya’ni tashqi muhit ta’sir etganda yoki holati buzilganda o‘z strukturasini o ‘zgartirish, aktiv faoliyat ko‘rsatish, bu faoliyatni kuchaytirish yoki susaytirish bilan javob beradi.7 Turli ta’sirlarga javoban organizm va hujayralari strukturasining o‘zgarishini biologik reaksiyalar, ularni vujudga keltiradigan va yuzaga chiqaradigan ta!sirlarni esa ta’sirlovchi yoki
stimullar deb yuritishadi.
Odam va hayvon organizmi, uning a’zolari, to'qimalari va hujayralarining umumiy xususiyati - qo'zg'aluvchanlik va labillikdir. Qo'zg'aluvchanlik - organizmning tashqi muhitni turli-tuman ta’siriga yoki ichki muhitni o'zgarishiga qo'zg'alish bilan faol reaksiya qilish xususiyatidir. Moddalar almashinuvi jarayoni, tinimsiz ravishda a’zolar, to'qimalar va hujayralarda bajariladi. Shu sababli, moddalar almashinuvining to'xtashi to'g'risida gap boiishi mumkin emas. Fiziologik tinchlik davri bu moddalar almashinuvining shunday holatiki, ya’ni kuzatishlar yoki maxsus usullar yordamida tashqi harakat faoliyatini namoyon boiishi kuzatilmaydi.
Qo'zg'alish - to'qima yoki uning ayrim a’zolariga xos bo’lgan faoliyatni namoyon bo'lishida moddalar almashinuvi jarayonining o'zgarish darajasidir. Rivojlanish jarayonida hujayralaming funksiyalarini ixtisoslanishi yuzaga keladi: ma’lum hujayralar, masalan muskul to'qimasi qo'zg'atilganida qisqaradi, ayrim to'qimalar esa maxsus moddalar ishlab chiqadi, ajratadi va hokazo. Qo'zg'alishning bunday namoyon boiishi maxsuslik (spesifik) deb ataladi. Qo'zg'alishning dastlabki bosqichlarida maxsus boimagan faoliyatlar ham kuzatiladi, ya’ni bunday holatlar oksidlanish jarayonlarini unchalik ham oitib ketmaydigan, ilg'ab boimaydigan darajada o'zgarishi, issiqlik ajralishi, elektr toklarini hosil Bo’lishi va boshqa jarayonlar shaklida qayd qilish mumkin. Labillik - yoki funksional harakatchanlik - bu tinchlik holatidan qo'zg'alish holatiga o'tish va bu holatdan chiqish tezligidir. Ayrim hujayralarda va to'qimalarda qo'zg'alish tez tarqalsa, boshqalarida sekin tarqaladi. Labillik xususiyatini N. Ye. Vvedenskiy kashf etdi va tahlil qilib chiqdi.

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling