Amaliy mashg‘ulotlar -amaliy mashg‘ulot: soat


Download 1.03 Mb.
bet33/55
Sana09.10.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1695838
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   55
Bog'liq
Amaliy mashg\'ulot Oliy asab

1-topshiriq. Reflektor faoliyatning qonuniyatlari haqida umumiy ma’lumot bering.
2-topshiriq. Mavzuni BBB metodi orqali tushuntirib bering.

B

B

B












Amaliy mashg‘ulotlar
9-amaliy mashg‘ulot: Bosh va orqa miya qobiqlari
Amaliy ish rejasi:
1. Bosh va orqa miya qobiqlari
Amaliy mashg‘ulotning maqsadi: Bosh va orqa miya qobiqlari haqida talabalarga ma’lumot berish.
Ta’lim metodlari: Amaliy usullar, texnologiyalar, BBB metodi.
Ta’lim vositalari: Tayanch matn, o‘quv qo‘llanmalar, ekspert tоpshiriqlar, markerlar
Kutilayotgan natija: Bosh va orqa miya qobiqlari xaqida talabalarda tushunchalarni paydo qilish.
Bajariladigan ishning mazmuni:
Kichik ma’ruza:
Bosh miya hayvonot olamining taraqqiyoti jarayonida rivojlanib borgan. Bosh miya bo’laklarining rivojlanishi va vaznining ortishi turli hayvonlarda turlicha bo’ladi. Masalan, baliqlarda va qushlarda bosh miyaning miyacha qismi yaxshi rivojlangan, Sut emizuvchi hayvonlarda bosh miya yarim sharlari yaxshi rivojlangan bo’lib, miya sopini o’rab oladi. Evolyutsion rivojlanishda markaziy nerv sistemasining ayrim qismlari tabaqalanib boradi. Bu bo’linish hayvonlarning hayot sharoitiga qarab turli xil bo’ladi. Yuksak darajada tuzilgan maymunlarda va odamda bosh miyannng katta yarim sharlar bo’lagi juda rivojlangan bo’lib, bosh miya vaznining 80% ni tashkil etadi.
Bosh miya ham orqa miya kabi oq va kulrang moddalardan tashkil topgan. Bosh miyaning kulrang moddasi turli xil neyronlardan tashkil topgan. Bosh miyada 14 mlrd. nerv hujayralari joylashgan. Bundan tashqari bosh miyaning 60-90% ni neyrogliya hujayralari tashkil etadi. Neyrologiya himoya qiluvchi va ushlab turuvchi tayanch to’qima hisoblanadi. Neyrogliyada gormonlar va gormonga o’xshash moddalar hosil bo’ladi. Bosh miya uzunchoq miya va Voroliy ko’prigi, miyacha, o’rta miya, oraliq miyadan iborat bo’lib bu qismlarni bosh miya. sopi deb yuritiladi. Bu qismlarni miya katta yarim sharlari qoplab turadi.
KEYINGI MIYA
Keyingi miya uzunchoq miya bilan Varolio ko’prigidan iborat. Uzunchoq miyaning asosiy funksiyalari unda hayot uchun muhim markazlarning borligidan kelib chiqadi. Bundan tashqari, orqa miyadan markazga intiluvchi yo’llar, shuningdek bosh miyaning yuqoridagi boplimlaridan markazdan qochuvchi yo’llar keyingi miya orqali o’tadi. Uzunchoq miyadagi ba’zi nerv hujayralarining opsiqlari orqa miyaning turli boiimlariga boradi va uzunchoq miya bilan orqa miyani bir-biriga bog’laydi.

Boshqa nerv hujayralarining opsiqlari esa, uzunchoq miyadan kelib chiqib. bosh miya nervlarini hosil qiladi.


Uzunchoq miyada nerv hujayralarining topplamidan vujudga keladigan markazlar muhim reflektor aktlarni yuzaga chiqaradi.
Yuqorida aytilganidek, uzunchoq miyada hayot uchun muhim bir qancha markazlar bor. Jumladan. nafas markazi, yurak faoliyati markazi, tomirlarni harakatlantiruvchi markaz, modda almashinuvini idora etadigan markaz uzunchoq miyadadir.
Bu markazlaming fiziologiyasi darslikning tegishli boblarida mukammai bayon qilingan.
Nafas markazida qo’zg’alish reflektor yopl bilan, shuningdek qonning ximiyaviy tarkibining ta’siri tufayli kelib chiqadi.10



Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling