Amaliy mashg‘ulotlar materiallari 1- seminar mashg‘ulot Mavzu: Ijodiy shaxsning mahorati va qobiliyatlari Ishdan maqsad


Download 138.96 Kb.
bet7/17
Sana21.06.2023
Hajmi138.96 Kb.
#1641841
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
Bog'liq
AMALIY MASHGULOT M IJODKORLIGI (2)

Topshiriq: Rivojlantiruvchi g‘oyani ishlab chiqarishni o’rganish va amaliyotda olgan bilimlariga tayangan holda topshiriq oxirida xulosa yozib tugallaydi.
7 – Seminar mashg‘ulot
Mavzu: Qabul qilingan g‘oyani baholash va natijani yakunlash
Ishdan maqsad: Qabul qilingan g‘oyani baholash va natijani yakunlash haqida tushunchaga ega bo’lish va o’rganish.
Nazariy qism

Sovet tadqiqotchisi G. Altshuller aytganlari tekinga bir kuni shisha oyna yasovchi tashkilot vakili , oyna tayyorlovchi qurilmani loyihalash bo‘yicha murojaat etdi. Ularga konveyerning konstruksiyalarini issiq oyna adadlarini tayyorlashda yaxshilash kerak edi. Oyna yuzasini tekislaganda, ularning yuzasida to‘lqinli xolat vujudga kelib, ularni yana silliqlash kerak bo‘lar edi. Texnik tizimlarda ochilgan yangiliklar qonuniyati asosida muallif oynani issiq xolatida roliklar o‘rniga qo‘g‘oshinning mayda bo‘laklaridan eritilgan xolda foydalanish taklifini kiritdi. Ammo loyiha tashkiloti tomonidan bu taklif inkor etilgan. Oradan yetti yil o‘tgandan keyingina shu tashkilot G.Altshullerga ingliz firmasi “Pillington Brauzers Limited” patentini chetlab o‘tishga yordam berishni so‘radi, chunki u firma butun dunyoga o‘z tadqiqotini e’lon qilib ulgurgan edi. Bu xolatda ham PI kuchini ko‘rsatdi va talabni bajarmadi.


Yangi fikrlarni tan olmaslik va to‘liq inkor etish.Unga ikki yuzlamachilik qilish mumkin. Biz ularda bir holatni ko‘rdik: o‘zida bilimni etishmasligi va taklifni asoslanmagan xolda rad eta olmasligi. Boshqacha ko‘rinishda xam: bir qancha misollarni sanab, tadqiqot natijalaridan foydalanishni inkor etgan yoki qisman imkoniyatlarni ishlatgan xolda. Bu erda odam o‘z mavqei, amali , lavozimi va boshqalarni saqlash uchun yangi g‘oyalarga qarshi chiqishini aytib o‘tish kerak bo‘ladi, Biz faqat tan ololmay adashgan xolatlarni ko‘rayotibmiz. Bunga misollar:
O‘z vaqtining ilg‘or odamlaridan biri bo‘lgan rus xarbiy ishlar bo‘yicha fikr egasi general Dragomirov yangi yaratilgan pulemyot to‘g‘risida : Agar bitta odamni bir necha marotaba o‘ldirish imkoniyatiga ega bo‘lgan, minutiga 600 ta o‘q otadigan , ya’ni sekundiga 10 ta o‘q bilan bir odamni yiqilayotganiga qaramasdan yana bir necha o‘q bilan otadigan qurol ajoyib bo‘lar edi degan edi. Yiqilayotgan odamni qayta-qayta o‘q bilan siylash shartmikan degan savol paydo bo‘ladi. To‘g‘ri , o‘qni sochib otishga moslashtirish, ya’ni bunda sekundiga pulemyotni yo‘nalishini 10 marotaba o‘zgartirish imkoniyati bo‘lmaydi. O‘zgartirish imkoniyati bo‘lganda ko‘pgina o‘qlar besamar ketar edi. Faqat to‘daga qarab otish boshqa, ammo qanday ahmoq (tentak) olomonni bundas qo‘yib beradi. Stvolni qizib ketishi-chi?
Ha, lekin sovitish-chi deb rad etishdi.Uni sovitish mumkin, lekin bahtga qarshi o‘zi bilgan xovuzni o‘zi bilan birga olib yurish mumkin emas, hatto ba’zi xollroda o‘zi chanqoqni qondirishi uchun suv bo‘lmay qoladi.Ko‘rganimizdek general Dogomirov etarli ishogch bilan pulemyotni kerak emasligini isbotladi.Shunga o‘xshash xolatlarni ko‘plab tarixdan ko‘rish mumkin.
Xatto taniqli tadqiqotchilar ham ba’zi xolatlarda psixologik inersiyaga tushadilar. Misol uchun , ko‘pgina tadqiqot va kashfiyotlar muallifi T.Edison ham telefon bilan qachondir Atlantik okean orti bilan gaplashishni inkor etgan edi. Lekin Edison xayotli davrida bu fikr amalga oshirilgan. Boshqa xolatlarda taniqli odamlarning aytganlari psixologik inersiya xolatida tan olingan.
Taniqli olim Aristotel o‘z vaqtidagi bayonnomalarida pashshani oyoqlari 8 ta deb takidlagan. Bunga deyarli 2 ming yil odamlar ishonib kelgan. Ular oltita ekan. Haqiqatda ulug‘ olimning xurmat yuzasidan shuncha vaqt odamlarda bu fikrga xech qanday shubha uyg‘otgani yo‘q. Xozirgi vaqtlarda ham shunday xollarga misollar keltirish mumkin, psixologik inersiya ko‘rinishida( Fil to‘g‘risidagi latifa).
Xamma tomonidan qabul qilingan fikrlarga yopishib olish.
Psixologik inersiyaning bu xolatdagi ko‘rinishi oldingilar bilan bog‘liqdir. Umum qabul qilingan qarashlarni taniqli odamlar belgilaydi. Qaysiki yangiliklar paydo bo‘lishi o‘zinig kerakliligi, taniqli odamlar, shu ishga taaluqli odamlar tomonidan ham inkor etilishi mumkin. Bunga misol tariqasida tug‘ruq vahimasining tarixi olinishi mumkin.
XIX asrning boshlarida Evropada tug‘ruq vahimasi tarqalgan ekan. Tug‘ruq vaqtida yangi tug‘ilgan bolalarning uchdan biri o‘lim topa borgan. Yosh Venger vrachi Ignas Zemelveys buning sababini tushunib etdi. Vrachlar tug‘ruq qabul qilgandan keyingina qo‘llarini yuvar edilar, oldindan va keyin emas. U o‘z klinikasida shu tartibni amalga oshirdi va operatsiyadan oldin vrachlar qo‘llarini dizenfeksiya qilish natijasida o‘lim xolatlari keskin kamaygan. Bunday qaraganda shu erda isbotlar kerak emasday.Shundan keyin Zemmelveys, yana 30 yil ayb xomilador ayollarda emasligini va u oddiy narsa ekanligini tasdiqlab bordi. Vrachlar uni eshitishni istamadilar. U shu haqida kitob ham yozdi va ochiq xatlar bilan professorlarning o‘z fikrlariga yopishib olganliklari oqibatida shifo oluvchilarning o‘limiga sababchi bo‘layotganliklarini qoraladi. Hammasi u uchun ayanchli tugadi. Zemmelveys taklifi juda ham foydali bo‘lishiga qaramasdan unga quloq solmadilar va tug‘riq fahimasi davom etdi, muallif esa o‘zining xaqligini isbotlay-isbotlay ruhiy kasalliklar kasalxonasida vafot etdi.
Psixologik inersiya xolati xozirgi kunlarda ham uchrab turadi, o‘tgan davrlardagi kabi .
Misol uchun, xozirgi vaqtda insonni biologik ob’ekt maydoni sifatida tadqiqot qilish an’anaga aylangan. Bunday tadqiqotlar texniklar tomonidan olib borilmoqda. Inson murakkab bo‘lgan texnik tizim xolatida ko‘rilmoqda. Shuning uchun maydonni tadqiqot qilish texnik ob’ektlar – magnit, elektr issiqlik yo‘nalishlarida xarakterlidir.
Yaqinda insonni texnik tizim emas, aksincha biologik tizim xolatida tadqiqotlarni o‘tkazish tartibini belgilash kerakligini ko‘rsatadi.
Yangi uskunalarga o‘tishda eski uslublarni ishlatish. Bunga misollar juda ko‘p. Eski duradgor taxtalarni qanday randalab oldinga harakat bilan parrahalarni chiqarib boradi, keyin rubanka orqaga bo‘sh qaytariladi-bunda randa ishsiz bo‘sh qaytadi, keyin yana foydali ish xolatidagiharakatga o‘tadi va shu tartibda ish qayta – qayta davom etadi. Odamda rubankani har ikki tomonga ishlash imkoniyati yo‘q. Mashinachi? Xozirgi zamonaviy randalovchi va silliqlovchi stanoklarda ham shu tartib amalga oshiriladi. Shunda o‘ylab qolasiz, har ikki harakatda ham natijaga erishishni ko‘zda tutsa bo‘lmaydimi. Albatta, buni xozirgi texnikalar yordamida maqsadga erishish mumkin, ammo xozirgi mikroprotsessor va manipulyatorlar xali ham eski prinsip asosida ishni bajaradi.
Yangi darajaga o‘tishda eski holatni saqlash.
Bu eng yomon illat bo‘lib, yangi texnika namunalarini yaratish davrida namoyon bo‘ladigan psihologik inersiyadir. Birinchi yaratilayotgan stanoklarning oyoqlari egilgan xolda tayyorlanar edi. Birinchi avtomobillar oldida ro‘paradan kelayotgan otlar bilan adashib ketmasligi uchun otlarning kallasiga o‘xshatib qo‘yilgan. Xozirgi sintetik materiallarni ulovchi lazerli mashinalar eski tikuv mashinalariga o‘xshatib formasi tanlangan va boshqalar.

Download 138.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling