Amaliy matematika fakulteti Iqtisodiyot kafedrasi tarmoqli iqtisodiyot


Oʻzbekistonda chorvachilik tarmogʻini rivojlantirish holati qanday?


Download 41.29 Kb.
bet3/8
Sana22.04.2023
Hajmi41.29 Kb.
#1380176
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
TARMOQ IQTISODIYOT nazorat ishi 3 kurs 2 (2)

Oʻzbekistonda chorvachilik tarmogʻini rivojlantirish holati qanday?


2021-yil 22-yanvar kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi tomonidan OʻzLiDeP fraksiyasi bilan hamkorlikda eshituv oʻtkazildi.
Unda Prezidentimizning “Chorvachilik tarmogʻini davlat tomonidan koʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosi boʻyicha Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, «Parrandasanoat» va «Oʻzbekbaliqsanoat» uyushmalari rahbarlarining axboroti eshitildi.
Taʼkidlanganidek, chorvachilik tarmogʻini jadal rivojlantirish, sohada zamonaviy va innovatsion uslublarni joriy etish, mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini oshirish va ularning turlarini kengaytirish, shuningdek, aholini mahalliy sharoitda ishlab chiqarilgan sifatli va arzon chorva mahsulotlari bilan uzluksiz taʼminlash hamda chorvachilikka ixtisoslashgan korxonalarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashda davlatimiz rahbarining “Chorvachilik tarmogʻini davlat tomonidan koʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori muhim dasturilamal boʻlmoqda.
Hujjatda belgilangan vazifalarning hayotimizga keng tatbiq etilishi natijada yurtimizda chorvachilik fermer xoʻjaliklari soni 6820 taga yetdi. Shundan 100 boshgacha qoramoli mavjud xoʻjaliklar 5551 ta, 100 boshdan 300 boshgacha 1036 ta, 300 boshdan 500 boshgacha 144 ta, 500 boshdan 1000 boshgacha boʻlgani 63 ta hamda 1000 boshdan yuqori boʻlgan xoʻjaliklar soni 26 taga yetkazilgan.
Shuningdek, chorva mollari ozuqa bazasini mustahkamlash maqsadida jami 350 ming gektar asosiy maydonga, jumladan, 56 ming gektar beda, 146,2 ming gektar makkajoʻxori, 36,3 ming gektar oqjoʻxori va 10,6 ming gektar xashaki lavlagi, boshoqli dondan boʻshagan maydonlarning 199 ming gektariga takroriy hamda 108 ming gektar maydonga oraliq ozuqabop ekinlari ekilgan.
Qayd etilganidek, oʻtgan 2020-yilda qiymati 1 trln. 800 mlrd. soʻmlik 932 ta, shu jumladan, chorvachilik sohasida 789 mlrd. soʻmlik 506 ta, parrandachilikda 348 mlrd. soʻmlik 183 ta, baliqchilikda 550 mlrd. soʻmlik 134 ta va quyonchilik sohasida qiymati 98 mlrd. soʻmlik 109 ta loyihalar amalga oshirilgan.
Shu bilan birga, «Parrandasanoat» uyushmasi bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Andijon, Jizzax, Navoiy, Surxondaryo, Qashqadaryo viloyat hokimliklari bilan hamkorlikda parrandalarning yuqori mahsuldor zotlari va krosslarini urchitish bilan shugʻullanuvchi goʻsht yoʻnalishidagi II tartibli reproduktor naslchilik parrandachilik korxonalari tashkil etilmoqda.
Bugungi kunda Andijon viloyatida “Baraka hamkor parranda” MCHJga 50 gektar, shundan, 22 gektar ozuqabop ekinlar uchun yer ajratildi va mavjud naslli parranda bosh soni 22,7 ming bosh (ROSS-308 kross) boʻyicha reproduktor xoʻjalik tashkil etildi. Shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasida «Eko agro kapital» MCHJda reproduktor xoʻjaligi tashkil etish loyihasi boʻyicha qurilish ishlari olib borilmoqda va bir kunlik naslli joʻjalarni xorijdan keltirish boʻyicha shartnomalar rasmilashtirilgan.
Qoʻmita eshituvida koʻtarilgan masalallar yuzasidan hamda deputatlarning munosabatlarini hisobga olgan holda Prezident qarorining ijrosi boʻyicha maʼsul idoralar faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan taklif va xulosalar berildi hamda qoʻmita qarori qabul qilindi.


Download 41.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling