Aminova N«umumta’lim maktablarida furqat ijodini o‘rgatishning samarali usullari»


Download 218.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet23/29
Sana05.01.2022
Hajmi218.01 Kb.
#232397
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   29
Bog'liq
umumtalim maktablarida bobur hayoti va ijodini oqitish

BAYT  –  (arabcha     –  uy)  arab,  fors-tojik  va  ko‘pgina    turkiy  xalqlar 

adabiyotshunosligida  ikki  misra  she’rga  nisbat  beriladigan  istiloh.  Har  qanday  ikki 

misra  she’r  ham  bayt  bo‘la  olmaydi.  Bayt  bo‘lishi  uchun  keltirilgan  ikkala  she’riy 

misra bir-biri bilan mazmun va mantiq jihatdan bog‘langan bo‘lishi u yoki bu poetik 

g‘oyani  ochishga  xizmat  qilishi  lozim.  Baytlar  adabiy  janrlar  talabiga  ko‘ra  turlicha 

qofiyalanadi.  Masalan:  g‘azalda  birinchi  baytda  ikki  misra  a-a  tarzida  qofiyalanib, 

qolgan  baytlarining  ikkinchi  –  juft  misralar  birinchi  bayt  qatorlari  bilan  qofiyadosh 

bo‘ladi;  masnaviyda  esa,  bayt  misralari  o‘zaro,  ya’ni  a-a,  b-b,  v-v…  ko‘rinishida 

qofiyalanadi.  

Har  qaysi  bayt  4,  6,  8,  ba’zan  12,  16,  20,  36  rukndan  tashkil  topishi  mumkin. 

To‘rt ruknli bayt murabba’, olti ruknli bayt musaddas, sakkiz ruknlisi musamman, 12 

ruknlilari ko‘pincha mustazod nomlari bilan yuritiladi. 16, 20, 36 ruknli baytlar esa, 

alohida nomlanmay, «12 ruknli», «20 ruknli» va «36 ruknli» deb atalaveradi. 

BO‘G‘IN  –  bir  nafas  olish  asnosida  aytiladigan  tovush  yoki  tovushlar  birligi, 

so‘zning  mustaqil  talaffuz  qilinishi  mumkin  bo‘lgan  bo‘lagi.  Unli  tovushlar  bo‘g‘in 

hosil  qiluvchi  asos  hisoblanadi.  She’riyatda  bo‘g‘inlar  juda  muhim  vazifa  bajaradi. 

She’r  ritmitikasini  yuzaga  keltiruvchi  turoq,  misra  va  turkum  kabi  unsurlar  bo‘g‘in 

bilan bevosita aloqadordir. Masalan: 

   


 

 



 

   



Mening qalbim  / shisha emaski,     4+5=9 

   


 

4                       5 

   

Bir tosh ila  / chil-parchin etsang.  4+5=9 



   

 



 

        5 

Mening qalbim /  dengiz emaski,   4+5=9 

 



 

   



Sho‘ng‘isangu  /  tagiga etsang.         4+5=9 


 

 

48




Download 218.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling