Andijon Mashinasozlik Instituti Iqtisodiyot fakulteti


Download 0.7 Mb.
bet2/3
Sana28.12.2022
Hajmi0.7 Mb.
#1013380
1   2   3
Bog'liq
Sarimsoqov Elyorbek

Sanoat namunasining mohiyati va uning huquqiy muhofazalash hajmi eng avval, uning muhim belgilari majmui bilan ifodalanadi, bu belgilar namuna fotosuratlarida aks ettiriladi va buyumning tashqi ko’rinishi va o’ziga xos xususiyatlarini belgilab beradi. Muhim belgilarni so’zlar bilan tavsiflash tasviriy axborotni tushuntirib berishni ta’minlaydi.

2. Sanoat namunasiga talabnomalarning tuzilishi va patentlash tartibi

Sanoat namunasiga talabnomalarning tuzilishi va patentlash tartibi Sanoat namunasiga O’zbekiston Respublikasining patenti berish uchun talabnoma quyidagilardan iborat bo’lishi kerak. -Patent yoki dastlabki patent berish to’g’risida belgilangan shaklda tuzilgan ariza, u sanoat namunasi muallifi (mualliflari), patent kim (kimlar)ning nomiga berilishi so’rayotgan bo’lsa, o’sha shaxs (shaxslar) va talabnoma beruvchi to’g’risidagi talab etiladigan ma’lumotlardan iborat bo’ladi. -Buyum, maket yoki rasmni aks ettiruvchi fotosuratlar to’plami, ular buyumning huquqiy muhofaza hajmini belgilab beruvchi muhim belgilar majmuini aniqlash imkonini beradigan tashqi ko’rinishi to’g’risidagi mufassal tasavvur hosil qiladi. -Buyum tashqi ko’rinishining chizmasi, ergonomik sxemasi, konfekstion kartasi, agar ular sanoat namunasi mohiyatini ochib berish uchun zarur bo’lsa. -Sanoat namumasining tavsifi, u fotosuratlarda aks ettirilgan buyumning tashqi ko’rinishini so’zlar vositasida ochib berishi va uning muhim belgilari majmuini o’z ichiga olishi kerak.

Talabnomaga berilgan miqdorda boj to’laganligini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinishi zarur. Qonun talablariga muvofiq har bir talabnoma bitta sanoat namunasiga tegishli bo’lishi va bu namunaning variantlarini o’z ichiga olishi mumkin (sanoat namunasining birligi talablari). Bunda bitta sanoat namunasi deyilganda yagona bir buyumning badiiy-konstruktorlik echimi, vazifalari umumiy bo’lgan buyumlar majmui (masalan, mebel garnituri, serviz va boshqalar) tushuniladi. Yagona bir buyum deyilganda birorta butun buyum (masalan, avtomobil), hamda uning bir qismini tashkil etuvchi buyum (masalan, bamper, fara va boshqalar) tushuniladi. Sanoat namunasi variantlari deyilganda bitta buyum (to’plam, komplekt) ning bir xil estetik va (yoki) ergonomik xususiyatlarini belgilab beradigan muhim belgilari majmui bilan farqlanadigan badiiy-konstruktorlik echimi tushuniladi.


Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling