Angliya ta’lim tizimi


Download 23.42 Kb.
bet6/8
Sana18.12.2022
Hajmi23.42 Kb.
#1031046
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
ANGLIYADA TA\'LIM TIZIMI

Dog'iston ta'lim tizimi

Maorifi, ilmiy madaniy-ma'rifiy muassasalari: 295 maktabgacha tarbiya muassasasida 308 mingga yaqin bola tarbiyalanadi. 1589 umumiy ta'lim maktabi (395 ming o'quvchi), 27 ta maxsus o'quv yurti (20,8 ming o'quvchi) bor. 5 oliy 8 o'quv yurti, jumladan Dog'iston universiteti (1957 yil tashkil etilgan; 8 mingga yaqin talaba) da 27,3 ming talaba o'qiydi. 842 ommaviy kutubxona (6,4 mln. kitob va jurnal). 1066 klub muassasasi, 8 muzey (jumladan, Maxachqaladagi tasviriy san`at muzeyi, S. Stalskiy uymuzeyi va b.). 7 teatr, 898 kino qurilma bor. Dog'istonda 20 ta institut muassasasi ishlaydi

Nazorat savollari:

1. Germaniya ta’lim tizimining xuquqiy asoslarini izohlab bering.

2. Germaniyada kasb-hunar ta’limning o’ziga xos xususiyatlarini nimalarda ko’rish mumkin?

3. Sizningcha Fransiya ta’lim tizimining afzalliklari nimalardan iborat?

4. Angliya davlat maktablarida milliy dastur qanday fanlarni qamrab oladi?

5. Yevropa mamlakatlari ta’lim tizimining yutuqlarini O’zbekistonda tadbiq etish mumkinmi?




Mavzu: Ayrim rivojlangan mamlakatlarda ta’lim-tarbiya tizimi va qiyosiy tahlil.

Reja:

1. AQSH ta’lim tizimi va uning tarkibi.

2. Niderlandiya ta’limining ayrim masalalari.

3. Saudiya Arabistoni ta’lim tizimi.



Tayanch so’zlar: maktabgacha tarbiya; boshlang’ich maktab; o’rta maktab; dastur; litsey; oliy ta’lim.


AQSH ta’lim tizimi.

Mamlakat ta’lim tizimining tuzilishi quyidagicha:

— bolalar 3 yoshdan 5 yoshgacha tarbiyalanadigan maktabgacha tarbiya muassasalari;

— 1-8-sinflargacha bo’lgan boshlang’ich maktablar (bunday maktablarda bolalar 6 yoshdan 13 yoshgacha o’qiydilar);

— 9-12-sinflardan iborat o’rta maktablar (bu maktablarda 14-17 yoshgacha bo’lgan bolalar ta’lim oladilar). U quyi va yuqori bosqichdan iborat.

Amerika Qo’shma Shtatlarida navbatdagi ta’lim bosqichi oliy ta’lim bo’lib, u 2 yoki 4 yil o’qitiladigan kollejlar hamda dorilfununlarda amalga oshiriladi.

So’nggi bosqich, dorilfununlar va boshqa oliy o’quv yurtlari tarkibida tashkil etilgan aspirantura yoki doktoranturalardir.

AQSHda majburiy ta’lim 16 yoshgacha amal qiladi. Bu mamlakatdagi o’quv yurtlarida davlat jamoa, xususiy tasarruflarda va diniy muassasalar ixtiyorida bo’lishi mumkin.

Shunisi diqqatga sazovorki, AQSH maktablarining bitiruvchi sinf o’quvchilaridan tashqari barcha o’quvchilar ta’tillar paytida asosan ish bilan band bo’ladilar. AQSH maktablarida o’quv yili 180 kun. Bir soat dars 45-50 minut.

Amerika konstitustiyasiga muvofiq ta’lim tizimi tasarrufidagi shtatlar boshqaruv muassasalari ixtiyoridadir. 1979 yilgacha ta’limni mablag’ bilan ta’minlash, ta’limda davlat siyosatini amalga oshirish, o’quv yurtlarida faoliyatni muvofiqlashtirib borishni Sog’liqni saqlash, Ijtimoiy ta’minot va ta’lim ishlari vazirligi olib borar edi. 1979 yilda Ta’lim vazirligi mustaqil bo’lib ajralib chiqdi.

Ta’lim tizimlariga mablag’ ajratish bo’yicha AQSH dunyo mamlakatlari o’rtasida yetakchi o’rinlardan birini egallaydi. AQSH ta’lim tizimining rivojlanish sur’ati ancha yuqori bo’lib, uning boshlang’ich ta’lim bosqichida o’qishi lozim bo’lgan bolalarning 99,9 foizi o’rta bo’g’ini 94,5 foizi ta’lim oladi. O’quvchilar umumiy sonining 46 foizi o’rta maktabni tamomlagach, kollej va universitetlarga kiradilar. Barcha toifadagi ta’lim maskanlarida 58 million yosh, shu jumladan, ta’tilning oliy bosqichida 12 million yigit-qiz tahsil oladi. AQSHda har 10 ming aholiga 307 talaba to’g’ri keladi. Bu jahonda yuksak ko’rsatkichlardan biridir.

Bulardan tashqari AQSHda har yili 33 million kishi uzluksiz ta’lim va malaka oshirish tizimlarida bilim oladilar. Mamlakatda 3 million o’qituvchi mehnat qiladi. Hap yili o’rta maktabni 3 million o’quvchi, bakalavr darajasidagi oliy ta’lim bosqichini 932 ming kishi, magistr darajasida esa 300 ming kishi tugallaydi, yiliga 30 ming kishi doktorlik ilmiy darajasini oladi.




Download 23.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling