;
Bu yerda - murojaat ko‘rsatuvchi qiymatning turi, ‘&’ belgisi, undan keyin yozilgan - murojaat turidagi o‘zgaruvchi nomi. Boshqacha aytganda, ‘&’ belgisiga adresni olish amali deyiladi.
Misol:
int ko1;
int & pa1=ko1; // pa1 murojaati, y ko1
// o‘zgaruvchisining alternativ nomi
const char & cr=’\n’; // cr - o‘zgarmasga murojaat
Murojaatni ishlatishda quyidagi qoidalarga rioya qilish kerak: murojaat, agar u funksiya parametri sifatida ishlatilgan, extern bilan tavsiflangan va sinf maydoniga murojaat qilingandan tashqari barcha holatlarda boshlang‘ich qiymatga ega bo‘lishi kerak.
Murojaat asosan funksiyalarda adres orqali uzatiluvchi parametrlar sifatida ishlatiladi.
Murojaatni ko‘rsatkichdan farqi shundaki, u alohida xotira egallamaydi va faqat o‘zgaruvchining boshqa nomi sifatida ishlatiladi.