Aniq va tabiiy fanlar
Foydalanilgan adabiyotlar rо‘yxati
Download 4.28 Mb.
|
Mutahasislik faniga kirish MAJMUA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishining rahbari
- Kurs ishining xnmoyasi va baholash mezonlari
Foydalanilgan adabiyotlar rо‘yxati. Kitoblar mualliflarining familiyasi kо‘rsatilib, alvafit tartibida tuziladi.
Rо‘yxatga muallif tomonidan ishni yozish jarayonida foydalanilgan barcha adabiyotlar kiritiladi (bunda ular qayerda nashr qilinganidan qatiy nazar alohida nashr, tо‘plam, jurnal, gazeta bо‘lsa xam albatta kursatilishi shart). Rо‘yxatda manbalar umumiy raqamlashtirilgan holda keltiriladi. Manbaning ma’lumotlari kо‘rsatilayotganida muallifning ismi-familiyasi, kitobning nomi, nashr qilingan joyi va yili, sahifalarning umumiy soni beriladi Ilovalar. Ular, odatda, alohida sahifalarda kо‘rsatiladi. Ularning xar biri о‘z mavzusiga ega bо‘ladi va о‘ng tomonning yuqorisida "Ilova" degan yozuv qayd qilinadi. Agar ilovalar bir nechta bо‘lsa, ular "1-ilova", 2-ilova" tarzida rasmiylashtiriladi. Kurs ishiga rahbarlik pedagogik staj, tajribaga ega bо‘lgan yoki ilmiy- tadqiqotlar olib borayotgan kafedra о‘qituvchilari, maktab va maktabgacha ta’lim muassasalari, turli markazlar xodimlari tomonidan amalga oshiriladi. Kurs ishi talaba tomonidan mustaqil ravishda yoziladi, bunda u ilmiy rahbar maslahatlaridan foydalanadi va ishining borishi yuzasidan rahbariga hisobot berib boradi. Kurs ishining rahbaritalabaga tanlangan mavzu doirasidagi masalalar va tadqiqot metodlarini aniqlashda, tayyorgarlik rejasini belgilash va kurs ishini shakllantirishda yordam beradi; talabaga kurs ishi yozish jarayonida maslahatlar berib boradi, sistematik nazoratni amalga oshiradi, bosqichli attestasiyani о‘tkazadi (semestrda ikki marta) va bu xahda kafedra rahbariyatiga xabar beradi; kurs ishini tekshiradi va unga taqriz beradi. Kurs ishining xnmoyasi va baholash mezonlariKurs ishining ximoyasi ochiq ravishda о‘tkaziladi. Ish muallifi 10 min. davomida ish yuzasidan ma’ruza qiladi va о‘qituvchi-talabalarning savollariga javob beradi. Ma’ruzada muammoning о‘rganilish holati, tajriba-sinov ishlarining natijalari (agar о‘tkazilgan bо‘lsa), tadqiqotning istiqboli, xulosa va takliflar aks etgan bо‘lishi lozim. Kurs ishi kafedra tomonidan tayinlangan komissiyaga himoya qilinadi va qaydnomada ikki kishi imzo qо‘yadi. Kurs ishining himoya qilish natijalariga kо‘ra talabaning reyting daftarchasiga tegishli ball qо‘yiladi. Himoyada quyidagi 4-ilovadagi baxolash mezonlariga e’tibor qilinadi. Kurs ishi talabaga kelgusi tadqiqotlarida asos bо‘lishida foydalanish mumkin. Juda yaxshi ball va e’tirofga ega bо‘lgan kurs ishlari boshqa talabalarga namuna sifatida metodik xonada saqlanadi. Download 4.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling