Aniq va tabiiy fanlar


(OXANG CHIQARISH) KURILMASINING ISHLASH PRINSIPI. ZUMMER


Download 4.28 Mb.
bet68/156
Sana26.10.2023
Hajmi4.28 Mb.
#1725077
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   156
Bog'liq
Mutahasislik faniga kirish MAJMUA

(OXANG CHIQARISH) KURILMASINING ISHLASH PRINSIPI. ZUMMER ORQALI NOTA OXANGLARINI XOSIL KILISH. IS GAZIDAN OGOXLANTIRUVCHI QURILMASI (2 soat)


Reja:


    1. Robotlarning atrof-muhit bilan o‘zaro aloqasi

    2. Asosiy algoritmik konstruksiyalar



Tayanch so’zlar: Robot, Badiiy bezash, bog’lanuvchanlik, Interyer va fasadlarni bo‘yash, texnologik jarayon, Mexatronika, texnologiya, zummer qurulmasi.

Keyingi vaqtlarda robotlarning yangi-yangi turlari paydo bo‘layotganligi haqida ko‘p eshitgansiz. Ulardan sanoatda, maishiy turmushda, shuningdek, hayotimizning turli sohalari: ta’lim, tibbiyot, sport va hatto aviatsiyada foydalaniladi. Robot texnikasi, ayniqsa, axborot texnologiyalari asrida jadal rivojlana boshladi. “Robot” so‘zi chex yozuvchisi Karel Chapek va uning ukasi Yozef tomonidan o‘ylab topilgan hamda birinchi marta 1920-yilda Chapekning “Rossum universal robotlari” pyesasida tilga olingan. Sanoat robotlari paydo bo‘lgunicha robotlar odamlarga o‘xshash bo‘lishi kerak deb hisoblangan. Bugungi kunda odamlarga o‘xshash robotlar androidlar deb ataladi. “Robot” so‘zi, (chex tilida “robot” – ixtiyorsiz mehnat yoki “rob” – qul) – odatda, inson mehnati yoki jonivorlar vositasida amalga oshirilgan ishlab chiqarish va boshqa soha jarayonlari uchun mo‘ljallangan avtomatik qurilma ma’nosini bildiradi. Robotlar, asosan, 3 turga bo‘linadi:



  1. Qat’iy dastur asosida ishlaydigan robotlar.

  2. Odam (operator) boshqaradigan robotlar.

  3. Sun’iy intellektli (integralli) robotlar.

Ish bajarish turiga qarab, robot manipulatorlar, axborot uzatuvchi robot, odimlovchi robot va boshqalarga bo‘linadi.
Mexatronika sohasi rivojlanib borishi natijasida sanoat robotlari bilan bir qatorda turli xil robot turlari (maishiy robotlar, qidiruvchi robotlar, nanorobotlar yoki nanobotlar (juda ham kichik hajmli robotlar)) ham paydo bo‘lmoqda. Bundan ko‘rinadiki, robotlar nafaqat odamlarga o‘xshash bo‘lishi kerak, balki turli shakl va ko‘rinishlarda ham bo‘lishi mumkin.
Uy-ro‘zg‘orga yordamchi – avtomatik changyutkichlar, xonadonlarda mustaqil kundalik yumushlarni amalga oshiradigan robot-dastyorlar, zamonaviy turda dasturlashtirilgan oshxona jihozlari katta ommaviylik kasb etib bormoqda (11-rasm).

Siz o‘zi yura oladigan, gapira oladigan, kuladigan robotlarni yig‘ishni xohlaysizmi?
U holda Sizga Otto nomli robotni yig‘ishni taklif qilamiz. Otto – bu o‘zi nima? Otto bu har kim yig‘a oladigan interfaol robotdir. Siz Otto robotini yig‘ish jarayonida hozirgi zamon texnoliyasida qo‘llaniladigan bir qancha elektron qismlar, sezuvchi sensorlar bilan yaqindan tanishasiz. Bundan tashqari, Otto – yig‘ma robot jamlanmasini nafaqat yig‘ish, balki “Arduino. IDE” dasturlash tili orqali kompyuter yordamida dasturlashtirish bilan ham tanishi olasiz. Robotni dasturlash orqali unga turli xil harakatlarni bajartirish mumkin. Otto robotini yig‘ish va dasturlashning umuman murakkab tomonlari yo‘q. Chunki Sizga robotning barcha asosiy algoritmik konstruksiyalari va dasturi hamda yo‘riqnomasi oldindan taqdim qilinadi va tushuntirib beriladi. Quyida Otto yig‘ma robotining asosiy algoritmik konstruksiyalari bilan tanishib chiqamiz.








Download 4.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling