Aniq va tabiiy fanlar


Download 4.28 Mb.
bet95/156
Sana26.10.2023
Hajmi4.28 Mb.
#1725077
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   156
Bog'liq
Mutahasislik faniga kirish MAJMUA

Uchinchi materiallarda birinchi va ikkinchi materiallar umumlashtiriladi. Uning mazmuni qisqa tavsilot kо‘rinishida bо‘lib, unda mavzuga doir oldindan ma’lum bо‘lgan ilmiy dalillar, qonuniyatlar, nazariyalar, tushunchalar umumlashtiriladi.
Tavsilotni tuzishdan avval mavzuga doyr arosiy tushunchalarni aniqlashtirish lozim. Chunki hisoblash usullari turli mualliflar tomonidan turlicha talqin qilinayotgan atama va tushunchalar kurs ishiniing boshidan oxirigacha bir ma’noda tushunilishi zarur. Tushuncha va atamalar belgilanganidan sо‘ng ularning izohi quyidagi manbalardan aniqlashtiriladi:

  1. ensiklopediyalar (masalan, hisoblash usullarining turli sohasiga doir);

  2. izohli lug‘atlar: umumiy (matematik terminlar )

v) tadqiqot mavzusiga doir asosiy darsliklar va monografiyalarning mundarijasi hamda fani.
Tushunchalarning izoxi topilganidan sо‘ng alohida varaqalarda qayd qilinadi va tahlil, qiyoslash, tasniflash, umumlashtirish usullari yordamida mazmunan qayta ishlanadi.
Tadqiqot mavzu bо‘yicha tavsilot yozishda kamida 20 ta manbadan foydalanish .zarurdir.

Kurs ishining rahbari


  1. talabaga tanlangan mavzu doirasidagi masalalar va tadqiqot metodlarini aniqlashda, tayyorgarlik rejasini belgilash va kurs ishini shakllantirishda yordam beradi;

  2. talabaga kurs ishi yozish jarayonida maslahatlar berib boradi, sistematik nazoratni amalga oshiradi, bosqichli attestasiyani о‘tkazadi (semestrda ikki marta) va bu xahda kafedra rahbariyatiga xabar beradi;

v) kurs ishini tekshiradi va unga taqriz beradi.


Kurs ishining xnmoyasi va baholash mezonlari


Kurs ishining ximoyasi ochiq ravishda о‘tkaziladi. Ish muallifi 10 min. davomida ish yuzasidan ma’ruza qiladi va о‘qituvchi-talabalarning savollariga javob beradi. Ma’ruzada muammoning о‘rganilish holati, tajriba-sinov ishlarining natijalari (agar о‘tkazilgan bо‘lsa), tadqiqotning istiqboli, xulosa va takliflar aks etgan bо‘lishi lozim.
Kurs ishi kafedra tomonidan tayinlangan komissiyaga himoya qilinadi va qaydnomada ikki kishi imzo qо‘yadi.
Kurs ishining himoya qilish natijalariga kо‘ra talabaning reyting daftarchasiga tegishli ball qо‘yiladi.
Himoyada quyidagi 4-ilovadagi baxolash mezonlariga e’tibor qilinadi.
Kurs ishi talabaga kelgusi tadqiqotlarida asos bо‘lishida foydalanish mumkin.
Juda yaxshi ball va e’tirofga ega bо‘lgan kurs ishlari boshqa talabalarga namuna sifatida metodik xonada saqlanadi.



Download 4.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling