Anotatsiya. Bugungi kunda raqamli iqtisodiyot va raqamli texnologiyalar hayotimizni barcha jabhalarini qamrab olmoqda,shuningdek mamlakat rivoji uchun yetakchi ta’sir ko’rsatmoqda


Axborot iqtisodiyoti va elektron tijorat sohalarida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymatning YaIMdagi ulushi5


Download 93.79 Kb.
bet2/2
Sana16.06.2023
Hajmi93.79 Kb.
#1517960
1   2
Bog'liq
AZIZBEK (4) (3)

Axborot iqtisodiyoti va elektron tijorat sohalarida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymatning YaIMdagi ulushi5
(YaQQga nisbatan % dа)
1-jadval





Ko‘rsatkichlar

2015

2016

2017

2018

2019

2020

2021




Axborot iqtisodiyoti va elektron tijorat
sektori

1,9

2,1

2,3

2,0

1,7

1,9

2,5

Axborot kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) sektori

1,8

2,0

2,1

1,8

1,5

1,6

1,7


AKT ishlab chiqarish

0,1

0,1

0,1

0,1

0,1

0,1

0,1

AKT savdosi

0,1

0,1

0,1

0,1

0,1

0,0

0,1

AKT xizmatlari

1,6

1,8

1,9

1,7

1,4

1,5

1,6

Kontent sektori va ommaviy axborot vositalari

0,1

0,2

0,2

0,2

0,19

0,19

0,21

Elektron tijorat







0,0

0,0

0,1

0,1

0,6

2018-2021 yillar uchun yillik ma'lumotlar MHT 2008 uslubiyatiga muvofiq qayta ko'rib chiqilgan ma'lumotlarni hisobga olgan holda berilgan .
Elektron tijorat axborot tizimlaridan foydalangan holda tuzilgan shartnomalar bo‘yicha, shu jumladan, oferta usulida, birja va auksionlar orqali hamda boshqa elektron savdo maydonlari yordamida mahsulot (tovarlar, ishlar va xizmatlar) sotishni o‘z ichiga oladi.1-jadva muvqofiq 2021-yil 2015-yilga nisbatan Axborot iqtisodiyoti va elektron tijorat sektori 0,6%ga , Axborot kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) sektori 0,1%ga , Kontent sektori va ommaviy axborot vositalari 0,11%ga, Eleron tijorat 0,6%ga oshganini ko`rishimiz mumkin.
Raqamli iqtisodiyotning eng muhim va hal qiluvchi texnologiyasi raqamli platformadir. Raqamli iqtisodiyot platformasi – iste’molchilar va ishlab chiqaruvchilarning ehtiyojlarini ta’minlaydigan funktsiyalar va xizmatlar to‘plami bilan raqamli muhit (dasturiy va apparat kompleksi), shuningdek, ular o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilish imkoniyatlarini amalga oshiradi.
Dasturiy ta’minot mahsuloti sifatida platforma barcha zarur texnologiyalarni to‘playdi, bu ko‘p sonli foydalanuvchilarga ma’lumot olish, yuqori sifatli rejalashtirish, tahlil xizmatlari va eng muhimi, bozorga (mijozlar, ishlab chiqaruvchilar, xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar va boshqalar) kirish huquqini beradi. Platformaning qiymati to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilish imkoniyatini taqdim etish va ishtirokchilar o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir o‘tkazish tartibini osonlashtirishdir. So‘nggi yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini (AKT) rivojlanishida to‘rtta holat bilan bog‘liq bo‘lgan sifatli siljishlar kuzatilmoqda :
 raqamli texnologiyalar doimiy ravishda o‘zlarining qo‘llanilish doirasini kengaytirmoqda;
 tegishli vositalarni kiritish va ulardan foydalanish xarajatlari doimiy ravishda pasayib bormoqda;
 iqtisodiy faoliyatni raqamlashtirish darajasi doimiy ravishda o‘sib bormoqda (shu jumladan, dastlabki ikki omil ta’siri tufayli);
 raqamli qurilmalarning (kompyuterlar, telefonlar, Internetga ulangan aqlli moslamalar va qurilmalar) mavjudligi va tarqalishi doimiy ravishda o‘sib bormoqda.6
Xulosa
Raqamli iqtisodiyot mamlakatning yuksak rivojiga olib boradigan eng qisqa va ishonchli yo`ldir.Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish iqtisodiy jihatdan kuchli, bozor iqtisodiyoti qonunlari toʻliq amal qiladigan demokratik davlat qurishga hamda mamlakatda, tadbirkorlik faoliyatiga keng qulaylik yaratish va uni yuritishni soddalashtirish, yangi innovatsion gʻoyalar hayotimizga tadbiq qilishga xizmat qiluvchi asosiy vositalardan biri ekanligi bilan alohida ahamiyatga egadir.
Rivojlangan mamlakatlar tajribasini o'rgangan holda shuni ayta olamizki, raqamli iqtisodiyot umumiy qilib aytganda raqamli texnalogiyalar mexnat sharoitini yaxshilash bilan bir qatorda inson omili bajara olmaydigan yoki ko'plab ishchi kuchini talab qiladigan muammolarni osongina hal eta oladi. Yuqorida ta'kidlab o'tganlarimizni umumlashtirgan holda shuni ayta olamizki raqamli iqtisodiyot bilan mamlakatimiz o'z istiqbolining cho'qqisi sari shaxdam qadamlar bilan odimlay oladi desak yanglishmagan bo'lamiz.
Raqamli iqtisodiyot tushunchasiga bir qator ta'riflar berilgan. Jumladan, iqtisodiyot fanlari doktori, Rossiya Fanlar akademiyasining muxbir a'zosi V.Ivanov "Raqamli iqtisod - haqiqatimizni to‘ldiradigan virtual muhit" - deb ta'rif bergan. «Microsoft» korporatsiyasi asoschisi axborot texnologiyalari sohasida taniqli shaxs Bill Geytsning quyidagi fikrlarni keltirgan: «Tez orada yer sharida faqat ikki tur kompaniyalar mavjud bo‘ladi: birinchisi, internet orqali biznes qiluvchilar va ikkinchisi, biznesdan chiqqan kompaniyalar». 7Bu esa, barcha davlatlarning raqamli iqtisodiyotga o‘tishi davr talabi ekanligini ko‘rsatadi.
Raqamli iqtisodiyotning mamlakatlar iqtisodiyotidagi o‘rni va jahon iqtisodiy taraqqiyotidagi ahamiyatini anglagan holda quyidagilarni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir:
raqamli iqtisodiyotda ilgarilab borayotgan davlatlarda qo‘llab-quvvatlashning yanada keng qamrovli usullarini o‘rganish;
mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotning me’yoriy-huquqiy asoslarini yaratish;
raqamli iqtisodiyot uchun zarur infratuzilmani yaratish, avvalo Internetga kirish imkoniyati cheklangan yoki umuman mavjud bo‘lmagan hududlarni tizimga ulash;
raqamli iqtisodiyot uchun zarur mutaxassis-kadrlarni tayyorlash tizimi faoliyotini takomillashtirish;
hukumatlar, fuqarolik jamiyati, akademiya, ilmiy hamjamiyat va texnologiya sohasi yangi echimlarni topish uchun birgalikda tadqiqot ishlarini rivojlantirish;
raqamli ishlab chiquvchilar strategiyalari va globallashuvning kelajakdagi konturlarini qayta aniqlashtirish uchun yangi texnologiyalardan oqilona foydalanish,sheriklik munosabatlarini mustahkamlash va intellektual yetakchilikni kuchaytirish zarur.
Xulosa o'rnida shuni aytish joizki, raqamli iqtisodiyot, raqamli texnalogiyalat nafaqat bugungi globallashgan zamonda balki, kelajakda ham Yurtimiz iqtisodiy salmog'ining ortishi, rivojlanishi va shu bilan bir qatorda iqtisodiyoti rivojlangan, jahondagi yetakchi mamlakatlar qatoridan o'rin olishiga katta omil bo'lib xizmat qiladi desak mubolag'a qilmagan bo'lamiz.


Foydalanilgan adabiyotlar

  1. 2020-yil 24-yanvardagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasiga navbatdagi murojaatnomasi

  2. G‘.M. PORSAEV, B.SH. SAFAROV, D.Q. USMANOVA RAQAMLI IQTISODIYOT ASOSLARI-2020

  3. https://lex.uz/docs/-5458249

  4. https://www.texnoman.uz/post/raqamli-iqtisodiyot-nima.html

  5. https://cyberleninka.ru/article/n/raqamli-texnologiyalar-iqtisodiy-yuksalishning-muhim-omili

  6. http://iqtisodiyot.tsue.uz/sites/default/files/maqolalar/33_Kurpayanidi_Ilyosov.pdf

  7. https://yuz.uz/uz/news/ozbekistonda-raqamli-iqtisodiyotni-rivojlantirish

  8. https://stat.uz/uz/rasmiy-statistika/raqamli-iqtisodiyot

12020-yil 24-yanvardagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasiga navbatdagi murojaatnomasi

2 https://lex.uz/docs/-5458249

3 https://yuz.uz/uz/news/ozbekistonda-raqamli-iqtisodiyotni-rivojlantirish

4 https://www.texnoman.uz/post/raqamli-iqtisodiyot-nima.html

5 https://stat.uz/uz/rasmiy-statistika/raqamli-iqtisodiyot

6 G‘.M. PORSAEV, B.SH. SAFAROV, D.Q. USMANOVA RAQAMLI IQTISODIYOT ASOSLARI-2020 .20-b

7 https://cyberleninka.ru/article/n/raqamli-texnologiyalar-iqtisodiy-yuksalishning-muhim-omili


Download 93.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling