Asosiy tushunchalar va tahlil usullari


Semalarning  darajasiga  ko’ra  turlari


Download 1.41 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/35
Sana05.01.2022
Hajmi1.41 Mb.
#216532
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   35
Bog'liq
sistem tilshunoslik leksikologiya fanidan (2)

Semalarning  darajasiga  ko’ra  turlari.  Semema  tarkibidagi  semalar 
darajasiga  ko’ra  ham  tasnif  qilinadi.  Darajasiga  ko’ra  semema  semalari 
birlashtiruvchi  semalarga  (integral  semalar)  va  far qlovchi  semalarga 
(differensial  semalarga)  ajratiladi.  Birlashtiruvchi,  semalar  deb  ikki  va 
undan  ortiq  leksemalarni  bir  guruh ga  birlashtiruvchi,  bir  necha 
sememalar uchun umumiy sanaluvchi semalarga aytiladi. Jumladan, [ota], 


 
56 
[ona],  [aka],  [ona]  leksema  sememalari  uchun  1)  qarindosh,  2)  qon-
qarindosh,  3)  bevosita  sarindosh,  4)  mendan  katta  kabi  birlashtiruvchi, 
umumiy  semalar  hisoblanadi.  Chunki   bu  semalar  ushbu  leksemalarining 
tarkibida  mavjuddir.  Far qlovchi  semalar  deb  ikki  leksemani  (yoki 
leksemalarning  ikki  guruhi ni)  bir-biridan  farqlovchi  semalarga  aytiladi. 
Chunonchi [ota] va [ona] leksemalari «erkak» va «ayol» semalariga  ko’ra 
o’zaro  farqlanib  turadi.  Aynan  shu  semalar  [aka]  va  [opa]  leksema 
sememalarida  ham  ko’zatiladi. 
YOK I 
[ota]  va  [ona]  leksemala ri  «I  avlod» 
semasi  asosida  birlashib,  «bir  avlod»  semasiga  ega  [aka]  va  [opa] 
leksemalari  bilan  teng  qiymatli  ziddiyat  hosil  qiladi.  Farqlovchi  sema 
vazifasini  nafatsat  at ash  semalari,  balki  ifoda  va  vazifa  semalari  ham 
o’tayveradi.  Jumladan,  [ajoyib]  va  [ralati],  [ajo yib]  va  [ajib]  leksema 
sememalaridagi  «so’zlashuv  nutqiga  xoslik»,  «kitobiy  nutqqa  xoslik» 
semalari  farqlovchi  sema  vaszifasini   bajaradi.  Shuni  aytish  kerakki, 
semalarni  birlashtiruvchi  va  far qlovchi  semalarga  ajratish  o’ta  shartlidir. 
Chunki  ko’p  hollarda,  ayniqsa,  leksemalarning  katta  guru hlaridan 
pog’onali
 
usulda  kichik,  undan  va  yana  ham  kichik  guruhlar  ajratilganda, 
ayni  bir  sema  kichikroq  guruhni  kattaroq  guruhning  boshqa  ma’no 
turlaridan  farqlaydi  (ya’ni  farqlovchi  sema  vazifasini  o’taydi).  Ayni 
vaqtda  u  ajratilgan  guruhdagi  leksemalarni  o’zaro  birlashtiradi.  Masalan, 
[tuzuk]  ,  [durust],  [yaxshi]  va  [ajoyib]  kabi  leksemalar  qatorida  1) 
«belgi», 2) «barqaror belgi», 3) «sifat belgi», 4) «baholash», 5) «umumiy 
baho»,  6)  «ijobiylik»  kabi  oltita  sema  umumlashtiruvchi,  birlashtiruvchi 
semalar  hisoblanadi.  Lekin  bu  qatorda  tom  ma’nodagi  birlashtiruvchi 
sema  «ijobiylik»  semasidir.  Chunki  «belgi»  semasi  sifat,  qisman  ravish 
va  fe’l  turkumlarini  birlashtirib,  ot  va  sonlardan   farqlaydi.  “Barqaror 
belgi»  semasi  esa  sifatlarni  fe’llardan  ajratadi  va  ularni  alo hida  guruhga 
birlashtiradi.  «Sifat  belgi»  semasi  asliy  sifatlarni  ( -roq  qo’shimchasi 
bilan  birika  olad igan  sifatlarni)  sifatning  boshq a  ma’no  turlaridan 
ajratadi  va  ularni  shu  sema  asosida  birlashgan  guru hga  kiritadi. 
«Baholash»  semasi  shaxsiy  baho  va  munosabatni  ifodalovchi  sifatlarni 


 
57 
(yaxshi,  yomon,  dono,  zukko,  sezgir,  ahmok..  .  .)  asliy  sifatlarning 
boshqa  turlaridan  farqlaydi  va  alohida  guruhga  birlashtiradi.  «Umumiy 
baho»  semasi  shu  ma’no  xususiyatiga  ega  bo’lgan  baholash  sifatlarini 
[yaxshi],  [yomon]  bo shqa  xususiy  baho  [dono],  [chaqqon],  [ahmoq]  .  .  . 
sifatlaridan  ajratadi.  «Ijobiylik”  semasi  esa  [yaxshi]  qatorini  «salbiylik» 
semasiga  ega  [yomon]  qatoridan  ajratadi  va  bu  qatorni  alohida  guruhga 
birlashtiradi.  Ko’rinib  turibdiki,  birlashtiruvchi  va  farqlovchi  semalar 
tushunchasi  o’ta  nisbiy  bo’lib,  ayni  bir  sema  bir  ji hatdan  farqlovchi, 
ikkinchi  jihatdan  esa  birlashtiruvchi  sema  vazifasi ni  o’taydi  (ma’lum  bir 
kichik  guruhni  birlashtirib,  shu  guruhni  u  kiradigan  kattaro q  guruhning 
boshqa  guruhchalaridan  farqlaydi).  Shu  bo’linishda  [tuzuk],  [durust], 
[yaxshi)], [ajoyib] leksik  paradigmasida «belgining I, II, III, IV darajasi» 
semasi farqlovchi sema vazifasini o’taydi. 
Birlashtiruvchi  va  farqlovchi  semalarning  nisbiyligi  boshqa  bir 
hodisada  ham  namoyon  bo’ladi.  Jumladan,  [ota],  [ona]  leksemalarida 
«erkak»  va  «ayol»  farqlovchi  sema  vazifasini  o’taydi.  Ammo  [bobo], 
[ota],  [aka],  [tog ’a],  [amaki],  [o’g’il]  leksemalari  q atorida  «erkak», 
[buvi],  [ona],  [opa],  [xola],  [amma],  [q iz]  qatorida  esa  «ayol»  semasi 
birlashtiruvchi sema va zifasini o’taydi. 
Birlashtiruvchi  va  farqlovchi  semal arning  ajratilishi  shartli  va  nisbiy 
bo’lganligi  uchun  semema  tarkibidagi  semalarni  joylashtirishda  alo hida 
qoidaga  rioya  qilinadi.  Kattaroq  guruhlarni  birlashtiruvchi  semalar 
kichikroq  guruhlarni  farqlovchi  va  birlashtiruvchi  semalardan  oldin 
beriladi.  Ulardan  keyin  mutanosib  ziddi1yat  hosil  qiladigan  semalar 
beriladi.  So’ng  belgining  darajasi  semalari  va  oxirida  esa  ifoda  semalari 
beriladi.  Masalan,  [padar]   leksema  sememasining  ma’no  tarkibi 
quyidagicha  berilishi  mumkin:  [padar]  =1)  predmet;  2)  shax s;  3) 
qarindoshlik;  4)  qon-qarindoshlik;  5)  bevosita;  6)  1 -  avlod;  7)  «men»  dan 
katta; 8) erkak; 9) kitobiy; 10) k o’tarinki. 
Bu  sememadagi    I—IV  semalar    maxsus      guru hlarni  farqlaydi  va 
birlashtiradi.  V—VIII  semalar  qarindoshlik  nomlari      ichida      m utanosib   


 
58 
ziddiyatlar      hosil  qiladi.  Ya’ni,  ayni  shu  belgi  bir  necha  ziddiyatda 
takrorlanadi.      Chunonchi,    «erkak»,      «ayol»,      semasi    na faqat  [ota]  : 
[ona],  balki  [bobo]    :  [buva],  [kuyov]    :    [kelin],  [amaki]      :      [amma]   
ziddiyatlarida    ham,    «1-avlod»    semasi    [ota]    :    [ona];    [tog ’a]      :  
[amaki];    [xola]    :    [amma]  va      [ o’g’il]      :      [qiz]      ziddiyatlarida  ham 
takrorlanadi
+

IX,  X  semalar    ifoda    semalari  sifatida   [padar]  leksemasini      [ota]   
leksemasidan    tom    ma’noda    farqlaydi.  Ular  farqlovchi  sema  vazifasini 
o’taydi. 
Leksema  sememasini  tarkibiy  qismlarga,  semalar ga  ajratib  taxlil  qilish 
komponent  tahlil  usuli  deb  aytiladi.  Bu  usul  s istem  tilshunoslikda  til 
birliklarining  ma’no  (mazmun)  tomonini  o’rganishda  asosiy  hisoblanadi. 
So’z  ma’nosini  tarkibiy  qismlarga  ajratib  o’rganish  usuli  nafaqat  leksik 
ma’noni,  balki  grammatik,  ma’noni  o’rganishda  ham  keng  qo’llaniladi. 
Aniqrog’i,
 
ushbu  usul  so’z  ma’nosini  o’rganishda  eng  qulay  usullardan 
sanaladi.  Chunki  bu  usul  sano qli  semalar  yordamida  son-sanoqsiz 
sememalarning  va  so’zlarning  ma’no  tarkibini  aniqlash,  izohlash  va 
tasvirlash  imkonini  beradi.  Shu  ji hatdan  u  mohiyat  e’tiboriga  ko’ra 
moddiy  dunyoda  D.  I.  Mendeleev  davriy  jadva lidagi  elementlarni 
eslatadi.  100  dan  orti qroq  turlicha  elementlarn ing  turli  usulda  birikishi 
butun  moddiy  olamni  yuzaga  keltirganide k,  100—150  semaning  birikishi 
ham  tillardagi  mikdoran  cheksiz  lek sema  va  so’z  ma’nolarini  tasvirlash 
imkonini  beradi.  Shuning  uchun  ayni  tahlil  usulining  kelajagi  ni hoyatda 
porloqdir.  Biz  tolibi  ilmlarimizga  A.  M.  Ko’znetsovning  yakunlovchi 
asari  bilan  chuqur  tanishib  chiqishlarini,  komponent  ta hlil  usulini  to’liq 
o’zlashtirib olishlarini maslahat beramiz.   
 Sememaning  xususiyatlari,  tushuncha  bilan  alo qasi,  tarkibi  kabilar 
bilan  tanishib  chiqqanimizdan  so’ng  sememaga  ta’rif  b erish  imkoniga 
egamiz.  Semema  leksemaning  ichki,  ma’no  tomoni  bo’lib,  leksemaning 

Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling