Axborot kommunikatsiya texnologiyalari
Loyiha klassifikatsiyalari
Download 1.54 Mb.
|
Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Loyihalash
- Avtomatik
Loyiha klassifikatsiyalari
Loyihani asoslash, joriy etish jarayonini tahlil etish va yakuniy baholash uchun texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha bir nechta tavsiflarini keltirish mumkin: ishning hajmi; bajarish muddati; tannarxi; iqtisodiy samarasi; loyihaning ijtimoiy qadri. Loyiha sinfi uning tuzilishi va tarkibi bilan aniqlanadi. Odatda ular: monoloyiha (alohida loyiha - u ixtiyoriy tipda, ko‘rinishda va masshtabda bo‘lishi mumkin); multiloyiha (majmuaviy loyiha - bir nechta monoloyihalardan tuzilgan va ko‘ployihali boshqaruvda joriy etiladi). Loyiha uning joriy etiladigan sohalariga ko‘ra quyidagi 5 ta turga bo‘linadi: texnik; tashkiliy; iqtisodiy; ijtimoiy; aralash. Loyihaning masshtabi budjet hajmi va qatnashuvchilar soniga ko‘ra aniqlanadi. Mayda va yirik loyihalar, bitta korxona uchun yoki korporativ loyihalar bo‘ladi. Loyihalash - bu chuqur ilmiy bilimlarga va ijodiy izlanishlarga hamda ma’lum sohada to‘plangan tajriba va ko’nikmalardan foydalanishga asoslangan, lekin sermashaqqat oddiy ishlarni bajarish zarurati bo’lgan inson bunyodkorlik faoliyatining murakkab, o’ziga xos turidir. Loyihaviy yechimlarning hammasi yoki bir qismi inson va EHMlardan o’zaro ta’siri yo’li bilan olinadigan loyihalash avtomatlishtirilgan deb, EHMdan foydalanilmaydigan loyihalash esa, avtomatlashtirilmagan loyihalash deb ataladi. Loyihalashni avtomatlashtirish deganda loyihani ishlab chiqish jarayonini bajarishning shunday usuli tushuniladiki, bunda loyihalash protseduralari va operatsiyalari loyihalovchining EHM bilan chambarchas muloqotida amalga oshadi. Avtomatik loyihalash tizimi (ALT) - avtomatik loyihalashni bajarivchi loyihalovchi tashkilot yoki mutaxassislar jamoasi bilan bog'langan avtomatik loyihalash vositalarining majmuidir. Avtomatik loyihalash tizimi (ALT) tushunchasi odatda, CAD/CAE/CAM tizimlariga nisbatan qo’llanilib, unda kompyuter yordamida loyihalash, ishlab - chiqarish va muhandislik ma’lumotlarini boshqarish masalalarini amalga oshiruvchi dasturlar to’plamiga nisbatan qo’llaniladi. Birinchi CAD – tizimlari 60-yillarda paydo bo’lgan. Aynan shu vaqtda General Motors kompaniyasida, mahsulotni ishlab chiqarishga tayyorlashning interaktiv grafik tizimi yaratilgan edi. Hozirgi kunda bir qator keng tarqalgan CAD/CAE/CAM tizimlari mavjud, xususan, CATIA, Solid Works, AutoCAD, NX Nastran, MSC ADAMS, Inventor and mechanical Desktop, Pro/Engineer, Parasolid, Solid Edge va h. k. Shu CAD/CAE/CAM komplekslari orasida Solid Edge ST mexanik detallar va konstruksiyalarni loyihalash va ishlab chiqarish jarayonlari uchun mo’ljallangan funksional modullardan tashkil topgan dasturlar to’plamidir. Download 1.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling